МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
94
Rasulova D.R.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi
Tayanch so’zlar: ta’lim, tarbiya, axloqiy mezonlar, pedagogik muloqot, o’qituvchi burchi,
ta’lim quvonchi.
Ключевые слова: образование, воспитание, этические критерии, педагогическое обще-
ние, педагогический долг, радость образования.
Key words: education, upbringing, ethical criteria, pedagogical communication, teacher duty,
joy of education.
O’QITUVCHI VA O’QUVCHI MUNOSABATLARINING
AXLOQIY MEZONLARI
МИЛЛИЙ ИДЕЯ ҲӘМ РУЎХЫЙЛЫҚ
ТИЙКАРЛАРЫ, ТАРИЙХ, ФИЛОСОФИЯ
O’qituvchilar ta’lim va tarbiyaviy ishlar orqali o’quvchilarga ta’sir ko’rsatadi. Ushbu
ta’sir tufayli o’qituvchi o’ziga xos ishonch, g’amxo’rlik va obro’li mavqega ega deb
hisoblanadi. Bu esa o’qituvchilarning halollik, mas’uliyat va professionallik kabi yuqori
standartlarga rioya qilishini nazarda tutadi. Aksariyat o’qituvchilar o’z burchlari va kasbiy
ma’suliyatlarini tushunib, o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarida axloqiy mezonlarga
rioya etishadi. Ayrim o’qituvchilar o’z kasbiy ma’suliyatlarini anglab yetgan bo’lsalar-da,
kasbiy chegaralarning ochiq va doimiy ravishda buzilishi o’quvchilar bilan o’rnatiladigan
ijobiy munosabatlarga xavf tug’diradi.
Buyuk mutafakkirimiz Abu Ali ibn Sinoning fikricha, “O’qituvchi matonatli, sof
vijdonli, rostgo’y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam
bo’lmog’i lozim. O’qituvchi o’quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o’rganib, uning
aql qatlamlariga kirolmog’i lozim. Ushbu fikrlar ham bugungi kunda o’z dolzarbligini
yo’qotmasdan, ta’lim muassasalari o’qituvchilari ega bo’lishlari lozim hisoblangan shaxsiy
xislatlarini o’zida mujassam etgan.
Ta’lim muassasalari o’qituvchilarining shaxsiy sifatlarining asosiysi bu o’quvchilarga
bo’lgan mehribonlikdir, shuningdek o’qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari qatoriga
quyidagilar kiradi:
– O’qituvchining o’z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik
ruhida tarbiyalash istagi;
– O’z yurti, ona tili, o’z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatning
mustaqilligi g’oyasida yashashi;
– Ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |