Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
18 nisbatan oʻzicha turli xil shaklda bilidiradigan ichki munosabatlardir». His-tuygʻuni boshdan kechirishning turli formulalari – emotsiya, effekt, kayfiyat, kuchli hayojanlanish. Ehtiros va nihoyat tor maʼnodagi soʻz bilan aytganda, his-tuygʻular – shaxsning emotsional sohasini tashkil etadiki, ular kishi hulq-atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manba, odamlar oʻrtasidagi murakkab va koʻp qirrali munosabatlarning ifodasi boʻlib hizmat qiladi. [3] Shuningdek, nutq his-tuygʻulari shaxsning maʼnaviy faoliyatida, kundalik hayotida, axloqiy jarayonida ham namoyon boʻladi. Nutq his-tuygʻulari kishilar xohish-irodasini axloqiy ong, axloqiy bilim asosida ifodalaydi. Nutq his-tuygʻulari insonlarning oʻz-oʻziga, jamiyatga, hayotga boʻlgan munosabatlarida koʻzga tashlanadi. Sevgi, ishonch, his qilish, qaygʻurish, koʻra olmaslik, oʻz-oʻzini sevish, gʻurur, manmanlik, oʻziga bino qoʻyish kabi ijobiy va salbiy xususiyatlarga ega boʻlgan nutq his-tuygʻulari kundalik turmushimizda koʻplab uchraydi. Demak, nutq his-tuygʻulari oʻzining kelib chiqishi va ahamiyati bilan ijtimoiy xarakterga ega. Ular ijobiy va salbiy sifatlari bilan ajralib turadi va har bir insonning maʼnaviy qiyofasini namoyon etadi. Nutq his-tuygʻulari oʻz mazmuniga koʻra ishonch, axloq, ong, bilim bilan chambarchas bogʻliqdir. Nutq his-tuygʻulari jarayonida intilish, yaxshi koʼrish, burch, masʼuliyat, or-nomus kabi hislar kamol topadi. Bunday voqea-hodisalar kishilarning tajribalarida, kundalik faoliyatlarida koʻplab uchraydi. Nutq his-tuygʻulari shaxsda odob masalalarining erkin rivojlanishiga, nutq madaniyatining shakllanishiga imkoniyat yaratadi. Shuni aytish kerakki, nutq his-tuygʻularini shakllantirish har bir kishining shaxs sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Inson oʻzini bilish yoki anglashda, boshqarishda faqatgina uning bilimi yoki odobi yetarli emas, his-tuygʻular kishi faoliyatiga nisbatan aniq bilimlarni qoʻllashga suyanishni taqozo qiladi. Nutq his-tuygʻulari insonni bilish, tushunish, tasavvur qilish kabi kishi faoliyatidagi turli-tuman ruhiy jarayonlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, shaxsning faolligini, bilimini oshiradi. Nutq his-tuygʻularini tarbiyalash oʻqituvchilardan maxsus ish olib borishni, oʻquvchi shaxsiga taʼsir etishning oʻziga xos usullaridan foydalanishni, bolalarning turmush tarzi, hayoti va nutq odobini tashkil etishni talab qiladi. Taʼlim-tarbiya jarayoni, nutq faoliyati oʻquvchi his-tuygʻularini shakllantirishning asosiy vositalari hisoblanadi. Oʻquvchilarning nutq his-tuygʻularini tarbiyalashda sogʻlom muhitni vujudga keltirish muhimdir. Chunki, shunday sharoitda oʻquvchilarda odamiylik, mehribonlik, gʻamxoʻrlik, ittifoq, xayrixohlik kabi fazilatlar kamol topadi. Inson oʻz hayotida namoyon boʻladigan xatti-harakatlarini, nutq madaniyatini onggi orqali taqqoslaydi. Shuni aytish kerakki, nutq his-tuygʻulari oʻquvchining xohish va irodasi, hayoti, jamoada oʻzini tutishi, oʻqituvchi talablarini amalga oshirishi, oʻquvchining oʻz oʻrni va mavqeini anglashida ifodalanishi bilan nutq faoliyatining asosini tashkil etadi. Bu oʻrinda oʻqituvchilarning oʻquvchilar bilan oʻtkazadigan samimiy muloqotlari muhim ahamiyatga ega. Chunki muloqot davomida oʻquvchilar nutq madaniyatiga oid bir qancha maʼlumot oladilar. Oʻquvchilar oʻqituvchilar bilan muloqotga kirishar ekanlar, oʻz onglarida kishilarning nutq his-tuygʻularini, xulqlaridagi muayyan namunalarni tasavvur qiladilar. Ijobiy va salbiy tomonlarini namuna sifatida olib oʻz xatti- harakatlari va munosabatlarini, axloqiy norma va qoidalarini shakllantiradilar. Nutq madaniyatini shakllantirishda kishining xulq-atvori muhim oʻrinni egallaydi. Xulq-atvor nutq madaniyatining muhim qismi boʻlib, u tartib-intizomda, hayot normalarini bajarishda, jamiyatga, mehnatga, odamlarga nisbatan bildiriladigan munosabatda namoyon boʻladi. Xulq-atvor va odatni shakllantirish maʼlumki, odam ongining yuksak belgilaridan biri- uning oʻzini anglashidir. Odamning oʻzini anglashi oʻz navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odam oʻz tevarak atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga taʼsir etuvchi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling