Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
19
subʼektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning uchun obʼektdir. 
[2.126] Kishining nutqi qay darajada madaniyatli shakllanganligini uning xulq-atvoridan 
bilish mumkin. Pedagog olim T.X.Xasanov fikricha, oʻquvchining xulq-atvor madaniyatini 
shakllantirish oʻqituvchidan axloqiy tarbiya ishlarini toʻgʻri olib borishni talab qiladi. 
Аlbatta, bunda oʻqituvchi oʻquvchi xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashda uning onggining 
rivojlanganligiga, bilim saviyasiga, dunyoqarashiga, oiladagi tarbiya va sinf jamoasiga 
tayanishi kerak. Shu asosda oʻquvchining nutq faoliyatini toʻgʻri tashkil etish samarali natijalar 
beradi. Bunda kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda xulq-atvor madaniyatini tarbiyalash - 
ularni doimo nazorat qilish, xatti-harakatlariga alohida ahamiyat berish bilan birga, doimiy 
talabchan boʻlish ham maqsadga muvofiqdir. [4.113]
Xulq-atvor oʻquvchining nutq faoliyati davomida mustahkamlanadi. Uning nutqiy 
faoliyatida biz ijobiy va salbiy, sodda va murakkab boʻlgan xulq-atvorini koʻrishimiz mumkin. 
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, oʻquvchilarning xulq-atvori nutq bilan belgilanmaydi. 
Chunki, bilimlar va tushunchalarning oʻzigina oʻquvchilarning xulq-atvori yaxshi boʻlishining 
mezoni boʻla olmaydi. Ichki xulq-atvorning nutq madaniyatiga asoslashishi va oʻz xatti-
harakatida qoʻllashi oʻquvchining eng yuksak darajasi hisoblanadi. Shunday paytda oʻquvchi 
bilimlarni oʻzlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatda oʻzini madaniyatli tarzda tuta bilishi 
axloqiy tarbiyalanganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham oʻqituvchining vazifasi har bir 
oʻquvchidagi bilim va madaniyatini chuqur anglab, ularni kundalik hayotda amal qilishlariga 
erishishda koʻmaklashishi lozim. Xulq-atvor oʻquvchining yurish-turishi va hatti-harakatini 
tarbiyalanganlik darajasini koʻrsatadi.
Nutq madaniyatining maʼrifiy ahamiyati katta. Nutq madaniyatining ahamiyati oddiy 
bilim bilan cheklanmay, maʼrifatni, yaʼni bilishning eng oddiy martabasini ham oʻz ichiga 
oladi.
Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson boʻlib yetishishi uchun juda koʻp narsalarni 
bilishi kerak. U boshlangʻich taʼlim bosqichida oʻziga kerakli bilimni anglab, eshitib va oʻqib 
oʻrganadi. Eshitib va oʻqib oʻrganish til hamda nutq vositasida amalga oshadi. 
Nutq madaniyatining maʼrifiy ahamiyati shundaki, u tufayli jamiyat aʼzolarining bilimi 
ommalashib boradi va rivojlantiriladi. Undan tashqari, nutq tufayli bilim avloddan avlodga 
ogʻzaki va yozma tarzda oʻtib boradi. Natijada yangi avlod oʻtgan avlodning ishini yangidan 
boshlamasdan, uni davom ettiradi. Shu sababli taraqqiyot taʼminlanadi va rivojlanadi.
Yozma nutq madaniyati tufayli eng qadimgi maʼlumotlarga ega boʻlamiz, hatto kelajakka 
oid maʼlumotlarni ham olamiz.
Oʻqish faoliyati kichik maktab yoshidagi oʻquvchining aql-idroki, sezgirligi, 
kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun muhim 
shart-sharoitlar yaratadi. Har bir oʻquvchi asosiy bilim manbaini maktab taʼlimidan oladi. 
Аlbatta bu bilimlar ogʻzaki va yozma nutq tufayli amalga oshiriladi. 
Nutq madaniyatini oʻrganish va oʻrgatishning xususiyati shundaki, soʻz yordamida 
mavjudotni oʻrganib umumiy tushunchalar hosil qilinadi. Nutq madaniyati tufayli biz haq 
bilan nohaqni, yaxshi bilan yomonni bir-biridan farqlashni oʻrganamiz. Shunday jihatdan 
olganda, nutq madaniyati katta maʼrifiy ahamiyatga ega. 
Nutq madaniyati – bu oʻquvchilarda xulq-atvorning ijtimoiy qimmatli sifatlarini 
shakllantirishni va ularning oʻzaro bir-birlariga, oilaga, boshqa insonlarga, Vatanga, mehnatga, 
jamiyatga munosabatlarini aniqlaydigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan faoliyatdir
Nutq madaniyati nafaqat oʻquvchilarda axloqiy bilimlarni hosil qilishni koʻzda tutadi, 
balki bu meʼyorlarni shaxsning qarashlariga va eʼtiqodlariga aylanib, uning odatidagi xulq-
atvor shakllari sifatida belgilanishini nazarda tutadi. Nutq madaniyatining maqsadi - nutqiy 
axloqni tarkib toptirishdan iboratdir.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling