Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
27
Sababi oila a’zolari bola hayotining ko’p omillarini biladilar va o’z fikrlarini asoslab 
bera oladilar. 
Ota – onalar fikrini hurmat qilish, muammo va uni hal etish yo’llarini o’zaro bog’liq 
holda birga muhokama qilish sharoitida, ular mutaxassislar va reabilitatsiyalar fikrini ongli 
idrok etadilar, berilgan tavsiyalarga rioya qiladilar, o’z farzandining muammosini hal etish 
javobgarligini bo’yniga oladilar. 
– Maslahat oluvchi shaxsini hurmat qilish tamoyili bir necha sharoitlarni amalga 
oshirilishini ko’zda tutadi. Jumladan: tashxis qo’yoshning ehtiyotkorona shakli. 
Farzandining rivojlanishidagi nuqsonlari haqidagi ma’lumot ota – onada murakkab 
tuyg’ular, bezovtalik holatini yuzaga chiqarishi mumkin. Bolaga tashxis qo’yilganda 
mutaxassis va reabilitatsiya xulosasi yumshoq shaklda bayon etilishi maqsadga 
muvofiqdir. Ota – onalar bilan bo’ladigan suhbatda murakkab, kasbiy, ilmiy 
tildagi atamalardan foydalanish ota – onalarning ma’lumotini to’liq idrok etishini 
murakkablashtiradi va ularni xavotirga qo’yadi. Shuning uchun ota – onalarga bola 
xususiyatlari haqida tushunarli ma’lumot beriladi va bolaning qiziqishlarini amalga 
oshirish maqsadida qanday ishlarni amalga oshirish zarurligi tushuntiriladi. 
– Oilaning ijtimoiy – madaniy va reabilitatsiya xususiyatlarini hisobga olish. 
Maslaxatxona mutaxassislari va reabilitatsiyalari ota – onalar bilan suxbatda ularning 
ishi, ijtimoiy kelib chiqishi, madaniyatini e’tiborga olishlari zarur. Tibbiy va ijtimoiy 
ma’lumotlarni jamlashda, tekshirishda oila a’zolarining ruhiy xususiyatlari haqida 
tasavvurga ega bo’lishlari zarur. Bu ma’lumotlar muvifaqqiyatli maslaxat berish 
usullarini va metodlarni tanlashda muhim omil sanaladi. 
– Oila a’zolarining fikrini hisobga olish. 
Maslahat berishda ko’pincha ota – onalar farzandining muammosi, uni hal etish yo’llarini 
topishda bir fikrga kela olmaydilar va mutaxassis bilan alohida bu muammoni hal etishni 
xohlaydilar. Mutaxassis va reabilitatsiyalar bola qiziqishlarini himoya qilib maslaxat berish 
sirini saqlagan holda bolaning ota – onasi va qarindoshlari bilan alohida suhbatlashadi. 
Shuningdek bola ehtiyojlarini qondiradigan xulosaga kelishda barcha oila a’zolarining fikrini 
xisobga olishi maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Hozirgi kunda kelajagimiz davomchilari bo’lgan yosh avlodning barkamol rivojlanishida 
ota – onalarning reabilitatsiya – tibbiy – diagnostikasi maslaxatxona mutaxassislari va 
maslaxatchi reabilitatsiyalar bilan hamorlikdagi ish olib borishlari samarali natijalarga olib 
keladi. 
Bolani to’g’ri o’stirish uchun uning ehtiyojlarini aniqlash zarur. 
Masalani agar bola tengdoshlaridan harakatlanish doirasida orta qolmasa yoki uning nutq 
tizimida muammolari bor bo’lsa, biz butun e’tiborni huddi shu narsaga qaratishimiz, zo’r 
berishimiz kerak bo’ladi. 
Nima uchun bolani iloji boricha avvalroq ko’rikdan o’tkazish zarur?
– Bola tug’ilishidan to uch yoshigacha uning psixikasi ancha egiluvchan, ta’sirlarni 
sezuvchan va o’rnini to’ldirish qobiliyatiga ega bo’ladi. 
– Psixik va motor funksiyalarning birlamchi buzilishini barvaqt korreksiyalash 
rivojlanishidagi ikkilamchi ojizliklarning profilaktikasi bo’lib xizmat qiladi. 
– Shunday qilib biz bolalar nogironligi rivojlanishi mumkinligini ogohlantiramiz.
Bolaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish ularning rivojlanishini 
optimallashtiradi. 
– Bolani umumiy ta’limga jalb etish uchun sharoitlar yaratiladi. 
– Biz ota – onalarning boladan voz kechishlari va uni yopiq muassasalarga topshirib 
yuborishlarining oldini olish uchun bolaning oilasiga yordam ko’rsatishimiz mumkin. 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling