Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
- Bu sahifa navigatsiya:
- МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 35
Tayanch so`zlar: ijtimoiy reabilitatsiyani amalga oshirishda tibbiy-psixokorreksion maslahat
ishlar mazmuni, psixologik o’rganish, ta’lim, xotira, tahlil va sintez. Ключевые слова: содержание медико-психокоррекционной консультативной работы, психологического изучения, воспитания памяти, анализа и синтеза в осуществлении социаль- ной реабилитации. Key words: the content of medical-psychocorrective consultation work, psychological study, education, memory, analysis and synthesis in the implementation of social rehabilitation. Nogironlik, invalidlik - kasallik, shikastlanish, mayib-majruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli butunlay yoki maʼlum muddat mehnat qobiliyatini yoʻqotish. Jismoniy yoki akliy nuqsonlari borligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron hisoblanadi. Oʻzbekistonda Nogironlik Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan belgilanadi. Nogironlik mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasiga qarab 3 guruhga boʻlinib, vaqtincha (6-12 oy) yoki muddatsiz qilib tayinlanadi. 1-guruh Nogironligiga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan va boshqaning doimiy parvarishi, yordami, nazoratiga muhtoj boʻlgan shaxslar; 2-guruh Nogironiga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan, lekin boshqalarning doimiy parvarishiga muhtoj boʻlmagan, shuningdek, mehnat turidan qatʼi nazar, unda uzoq muddat ishlay olmaydigan shaxslar; 3-guruh Nogironligiga МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 35 mehnat qobiliyati sezilarli darajada pasaygan shaxslar kiradi. Nogironlar davlat nafaqasi bilan taʼminlanadi, zarur boʻlganda davolanadi, ularga protezlar beriladi, ishga, maxsus maktablarga joylashtirish uchun sharoit yaratiladi. Nogironlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish orqali faol hayotga, mehnatga jalb qilish dolzarb masala hisoblanadi. “Nogiron” atamasi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs”dan foydalanish taklif qilinmoqda. BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasini ratifikatsiya qilishning zarurligi qayd etilmoqda. O‘zbekistonda Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish maqsad qilingan. Bundan tashqari, taxminan kelgusi yilda qo‘shimcha ravishda quyidagi chora-tadbirlar qabul qilish ko‘zda tutilgan: nogironlikni tayinlash masalasi bo‘yicha hamkorlikning elektron tartibi joriy etiladi. Natijada, YIDXP orqali elektron shaklda murojaat qilish va hujjatlarni taqdim etish mumkin bo‘ladi; nogironligi bo‘lgan shaxslarning yagona elektron reyestri joriy etiladi, u o‘z ichiga ushbu shaxslar, tayinlangan pul to‘lovlari miqdori va turlari, berilgan reabilitatsiyaning texnik vositalari va protez-ortopedik buyumlar, dori-darmonlar, taqdim etilgan ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar to‘g‘risida kompleks axborotni oladi. Bu mazkur sohada ishlarning holati to‘g‘risida tezkor axborot olish, davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashishni amalga oshirish, budjet mablag‘larini maqsadga nomuvofiq sarflash va suiiste’molchilik faktlarini oldini olish imkonini beradi; nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagan yo‘lovchi transportini xarid qilish taqiqlanadi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan, shu jumladan qayta jihozlash imkoniyati bilan avtotransport vositalarini ishlab chiqarish boshlanadi; nogironlik berish va nogironlik bo‘yicha pensiya to‘lash tartibi mezonlari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu yo‘nalishda xalqaro standartlarga o‘tish amalga oshirilishi kerak; Oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar imtiyozli shartlarda o‘qishga kirishi uchun kvotalar joriy qilinadi. Loyiha Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini o‘z ichiga oladi. U 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 66 ta chora-tadbirni amalga oshirishni ko‘zda tutadi: I – nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va darajasini oshirish; II – nogironlikni profilaktika qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam va ijtimoiy reabilitatsiyaning samaradorligini oshirish; III - nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalash, ularni talab bo‘lgan kasblarga o‘qitish tartibini takomillashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni maxsus kasbiy tayyorlash va yangi kasblarga qayta tayyorlash, shuningdek ularni ishga joylashtirishga yordam berish; IV – tibbiy-ijtimoiy muassasalarni moddiy-texnik jihozlashni yaxshilash, nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi imkoniyati bo‘lgan va qulay muhitni ta’minlash. Nogironlar bilan ijtimoiy ish uchun texnologiyalar bo’yicha maslahat Nogironlarni reabilitatsiya qilishning individual dasturi asosida ijtimoiy xizmat ko’rsatish muassasalarida ijtimoiy ishlar olib boriladi, unga quyidagilar kiradi: •uydagi ijtimoiy xizmatlar (shu jumladan ijtimoiy va tibbiy xizmatlar); •ijtimoiy xizmat ko’rsatish muassasalarining kunduzgi (tungi) bo’limlarida yarim statsionar ijtimoiy xizmatlar; •statsionar muassasalarda statsionar ijtimoiy xizmatlar (pansionatlar, pansionatlar va boshqa ijtimoiy xizmat ko’rsatish muassasalari); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling