Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
33 topshiriqni tо‘g‘ri bajarayotganini kuzatib turadi. Keyin bolalar о‘z о‘rnini almashadilar. 4. Ikkita bola bir-birininig qarshisida turadi. Ulardan biri biror bir xarakatni bajaradi, boshqasi esa uning xarakatlarini og‘zaki bayon etib turadi. Keyin ular о‘rin almashadilar. Didaktik о‘yinlar va topshiriqlar: 1. Bolaga rasmlar beriladi, bu rasmlarda tasvirlangan narsalarni о‘ng tomonga qolganini esa chap tomonga terish buyuriladi. 2. Stol atrofida о‘tirib, о‘ng va chap tomonini aniqlash sо‘raladi. A) Aylananing о‘ng tomonga, tо‘rtburchakni chap tomonga qо‘yish. B) Nuqta chizish sо‘raladi, nuqtaning о‘ng tomoniga aylana, chap tomoniga tо‘rt burchak, yuqorisiga uchburchak chizish. C) Oq qog‘ozga katta kataklar chiziladi, bolaning qо‘liga aylana berib uni kataklar bо‘ylab yо‘naltirish og‘zaki aytib turiladi, masalan: о‘nga chapga, yuqoriga, pastga. D) Kiyimining о‘ng va chap yengini aniqlash. Shimining о‘ng va chap chо‘ntagini aniqlash Bolalarga bir xil va har xil shakllar beriladi, ulardagi о‘xshash va bir biridan farqli tomonlarini aniqlash sо‘raladi. Shakllarni tahlil qilish, ularni bir xil va har xil ekanligini topish, bolaning diqqatini jamlashga va fazodagi predmetlarning tomonlarini tо‘g‘ri idrok etishga о‘rgatadi. Bolalar fazoda mо‘ljal olishni о‘rganishi davomida turli topshiriqlarni bajarib boradilar. Masalan, shakllarni kо‘chirib chizadilar sо‘ng rasmga qarab bu shakllarni о‘yinchoqlardan yasaydilar. Shuningdek quyidagi malakalarni rivojlantirish ham zarurdir. Bir xil predmetlarni va tasvirlarni tanlab olish buyuriladi. Oldin bolalar predmetlarni joylashtirishni mо‘ljalga olish о‘zlashtiriladi, sо‘ng bolalarga raqamlarni joylashtirish tartibini aniqlash bо‘yicha topshiriqlar beriladi. Korreksion ish avval fazoviy tushunchalarni tushuntirish, sо‘ng esa bolalar tomonidan ularni qо‘llanilishini о‘rgatishdan boshlanadi. Eng avval, bola pedagog kо‘rsatmasiga kо‘ra barcha turdagi harakat va predmetli manipulyatsiyani bajaradi. 1.Stolning ustida yashik qopqog‘i bilan turibdi. Bolaga kartondan qilingan aylana (dumaloq shakli) beriladi, aylanani yashikni ustiga, ichiga, tagiga, orqasiga, oldiga, qо‘yish taklif qilinadi. Stolningn ustida yashik qopqog‘i bilan turibdi. Pedagog aylanalarni yashikni ustiga, ichiga, tagiga, orqasiga, oldiga joylashtiradi va boladan aylanalarni kо‘rsatma asosida olishni sо‘raydi. Aylanani yashik ichidan ol. Aylanani yashikdan ol. Aylanani yashik tagidan ol. Yashik tagida yotgan aylanani ol va h.k. Pedagog bolaning kо‘z oldida aylanalarni ikkita yashikka joylashtiradi, gapning boshini talaffuz etadi, о‘quvchilar esa u gapni tugatishi kerak: Masalan, men aylanani solaman (yashikni ichiga, yashikni ustiga, yashikni tagiga, yashiklar orasiga, yashikdan oldin). Men aylanani olaman (yashikni ichidan, yashikni tagidan, yashikdan va h.k.) “Ruchkani qо‘y” о‘yinida bolaga ikkita har xil predmet taklif qilinadi, masalan ruchka va penal, u defektologning kо‘rsatmasini bajarishi kerak: ruchkani penaldan о‘ngga, chapga, penalning ichiga ustiga qо‘y. “Qalam qayerda turibdi?” о‘yinida qalamni daftarning ustiga qо‘ying va boladan qalam daftarga nisbatan qanday holatda turganligini aniqlashini taklif qilinadi. Qalamni daftarni tagiga, ichiga, daftarga nisbatan chapga, daftarni ustiga qо‘yish yoki daftarning orqasiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling