Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
32
chap qо‘llari yordamida kо‘rsatishni mashq qilish kerak. Bu mashqlarning ushbu tarzda 
bajarish yaxshi samara beradi. О‘ng qо‘li bilan о‘ng tomondagi tana qismilarini, chap 
qо‘li bilan chap tomondagi tana a’zolarini solishtirish kerak. Ayniksa, quydagi mashqlarni 
bajarish yaxshi samara beradi. Chap qо‘li bilan о‘ng tirsagini ushla, о‘ng oyog‘iningni chap 
tizzangga qо‘y.
Bola turli xil xarakatlarning о‘ylab topadi va kо‘rsatadi, sо‘ng bu xarakatlarni og‘zaki 
sо‘zlab beradi.
Bola oynaga qarab turib, yuzini о‘rtasida nima borligini aniqlaydi, masalan burun, 
sо‘ng defektologning talabiga kо‘ra bayroqchani yuqoriga va pastga xarakatlantiradi. Shu 
bilan birgalikda qaysi tana a’zodan bayroqcha о‘tganligi sо‘raladi.
«Pastroq-balandroq»tushunchasini tana a’zolari bо‘yicha tushuntirishda qizning 
og‘zidan pasrog‘ida qaysi a’zo joylashgan? Qizning burnidan yuqorisida qaysi a’zo 
joylashgan? Kim qoshining tepasida qaysi a’zo joylashganing aytadi? Topshiriqlar oldin 
defektolog tomonidan beriladi, sо‘ng о‘rtoqlari tomonidan beriladi. Bolalarning о‘zlari 
tomonidan beriladigan savollar va topshiriqlar saqlanayotgan malakaning muhim bosqichi 
hisoblanadi , shu orqali yuz tuzilishni fazoviy tasavurlari bolalarning faol nutqida qо‘llanadi.
Defektolog bolalarga topshiriklar beradi sо‘ng bolalar о‘zlari topshiriqlar о‘ylab 
topadilar. «Men yuzimning qaysi qismini о‘yladim!” , “Yomg‘ir” о‘yinlaridan foydalanish 
mumkin. Defektolog yomg‘ir dog‘lari qolgan kiyim qismlarining aytadi. Sо‘ng bolalar juft-
juft bо‘lib о‘ynaydilar.
Atrofdagi fazoda mо‘ljal olishni rivojlantirish.
Maqsad: Fazoda mо‘ljal olishni ongli ravishda idrok qilishni rivojlantirish vazifalari:
► atrofidagi fazoni о‘rganishda о‘z tanasidan foydalanish malakalarini mustaxkamlash.
► obyektlar tamonini о‘z tanasini kо‘rib aniqlashni о‘rgatish.
► bolalarga qarshisida turgan о‘rtog‘ining tana tuzilishi bilani tanishtirish.
► tashqi fazoni anglashni, bola orqasida, tepasida, pastida, о‘ngida va chap tomonida 
nima borligini anglashdan boshlash kerak. 
Bolalarga fazoda mо‘ljal olish malakalarini shakllantirgandan sо‘ng о‘z tana a’zolariga 
qarab obyektlar tomonini mо‘ljal olishga о‘rganadilar. 
Ko’zi ojiz bolalarda qarshisida turgan odamlarning fazoviy xarakatining idrok qilishi bir 
muncha qiyinchilik tug‘diradi, shuning uchun ko’zi ojiz bolalar qarshisida turgan odamning 
tana qismlari unikidan butulay teskari ekanligini, ya’ni uning о‘ng tomoni chap tomon ,chap 
tomoni о‘ng tomon ekanligini tushuntirish va о‘rgatib borish kerak. Natijada о‘quvchilarni 
hayolan boshqa kishining о‘rniga qо‘yib kо‘rishini, narsalarni uning kо‘zi bilan kо‘rishini 
va muhimi ularni tо‘g‘ri nomlashini о‘rgatish kerak.
Eng muhimi bola о‘z his-tuyg‘ularini va xarakat yо‘nalishlarini og‘zaki tasvirlab borishi 
kerak. Bajarilgan xarakatning og‘zaki bayon etishdan tashqari bolaga bajarmoqchi bо‘lgan 
rejalarini ham bayon etishni о‘rgatib borish kerak. Keyinchalik bola boshqa bolalarning 
xarakatlarini izohlashni о‘rganadi, shundan sо‘ng fazoviy aloqalar haqidagi tasavvurlarini 
sо‘zlab berishga, predmetlarni kо‘rmasdan tasvirlashga о‘rganadi. Masalan, xonasidagi 
mebellar joylashuvini sо‘zlab berish, uyidagi xonalarning joylashuvini aytib berish.
Didaktik о‘yinlar va mashqlar. 
1. Bola geometrik figuralarni о‘z tanasining tomonlariga qarab aylana oldinga, kvadratni 
orqaga, uchburchakni о‘ng tomonga, tо‘rburchakni chap tomonga joylashtiradi. Keyin ular 
qayerda joylashganini aytib beradi. 
2. Bola xuddi shu shakllarni о‘rtog‘i tanasininig tomonlariga joylashtiradi va nima 
qayerda turganini og‘zaki aytib beradi.
3. Ikkita bola bir-birining qarshisiga turadi. Bitta bola xarakatlarni о‘ylab topadi va 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling