Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
28 Nimadan boshlash kerak? – Ko’rikni o’tkazishdan avval bolaning sog’lig’ini nisbatan yaxshiligi, qorni to’qligi va uyqusi kelmayotganligiga ishonch hosil qiling – Ko’rik o’tkaziladigan vaziyat bola o’zi ko’nikkan sharoitda bo’lishi yoki hech bo’lmaganda qo’rquv va ishonchsizlikni sezmasligi maqsadga muvofiqdir. – Diagnostikani olib borayotgan mutaxassis bola bilan yaxshi xissiy aloqa o’rnatishi juda muhim. Buning uchun ko’rikni o’tkazish protsedurasiga o’yin shaklini berish bolani diagnostic maqsadlarda foydalaniladigan predmetlar bilan qiziqtirish mumkin – Bolani mutaxassis ko’rsatmasini olgan onasi ko’rikdan o’tkazgani maqul. Uch yoshgacha bo’lgan bolaning o’sishi qanchalik beshikast ekanligini aniqlash uchun bolaning psixoijtimoiy rivojlanish xaritasidan foydalaniladi. Xarita o’zida muayyan yoshdagi bolaga xos bo’lgan axloq shakllarining ro’yxatini aks ettiradi. Ulardan ba’zilarini toppish qiyinchilik tug’dirmaydi (masalan, tabassum). Ba’zi tushuntirishlar zarur bo’lgan hollarda ular xaritadan keying “tushuntirish” bo’limida keltirilgan bo’ladi. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarda psixodiagnostika o’tkazish uslubiyati. Reabilitatsiya – diagnostikasi tadqiqotlarning sifati eksperimentda qo’llaniladigan metodikalar soniga bog’liq bo’ladi. Lekin bog’cha bilan maktab yoshidagi bolalarda tadqiqot o’tkazganda ularning tez charchashini hisobga olish zarur. Ta’kidlash lozimki, nutqida birlamchi kechikmagan eshitishida nuqsoni bo’lgan bolaning og’ir buzilishlari bor. Bolalar ko’rsatilgan vazifalarni (voqealarning ketma – ketligi xususiyatlarida) me’yorida rivojlanayotgan tengdoshlariga qaraganda birmuncha yomonroq bajaradilar. Bu, avvalombor nutq boshqarish funksiyalarining zaiflashuvi va og’zaki belgilashlarsiz ko’rish obrazlari miqdoridagi muhim operatsiya qiyinchiliklari bilan bog’liq. Shunga qaramasdan ko’proq vaqt sarflab va qayta – qayta takrorlab, ular vazifaning uddasidan chiqadilar. Bu vazifalarni bajarishning yaxshigina darajasi intellectual kechikishning yo’qligini va nutqiy rivojlanishning muvaffaqiyati uchun zarur bazaning saqlanganligini ko’rsatadi. Adabiyotlar: 1. Nishonova Z., Qurbonova Z., Abdiyev S. “Psixodiagnostika” Toshkent Tafakkur – bo’ston, 2011 2. Pevzner M.S. Lyuboskiy V.I., “Dinamika razvitiya detey oligofreno” 1987 3. Po’latova N.M. “Maxsus pedagogika” Toshkent 2005 РЕЗЮМЕ Ushbu maqolada diagnostikasi va reabilitatsiya qilishda eshitishida nuqsoni bo’lgan bola va ularning ota – onalari bilan bog’liq muammolar bo’yicha ishlarning samaradorligini oshirishga ilmiy yondashuvlar asosida nutq faoliyati motivatsiyasini boyitish. РЕЗЮМЕ В данной статье мотивация речевой деятельности обогащается на основе научных подходов к повы- шению эффективности работы над проблемами, связанными со слабослышащими детьми и их родителями при диагностике и реабилитации. SUMMARY In this article, the motivation of speech activity is enriched based on scientific approaches to increase the effectiveness of work on problems related to hearing impaired children and their parents during diagnosis and rehabilitation. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling