Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
24
Ko‘rib chiqanimizdek, hikoyasi yashirin maʼno mavjud, shunga koʻra, adib ijodini 
“polifonik badiiy tafakkurga ega”, [3] deyish mumkin.
Adibning yana boshqa hikoyalariga e’tibor beramiz. “Ko‘z qorachig‘idagi uy”. Ushbu 
hikoya tushunilishi anchayin qiyin hikoyadir. Asar voqealarida Sohib va Sohiba deb 
ataluvchi qahramonlarning yashash tarzlari, shahardagi hayot tasvirlanadi. Sohib va Sohiba 
shovqinlardan chunonan zerikkanki, ularga bolalarning chug‘ur-chug‘uri, mashinalarning 
harakati, umuman har qanday shovqinar yoqmaydi. Bizning bosh qahramonimiz esa 
shovqinlar hayotning, tiriklikning belgisi ekanligini ta’kidlaydi. 
Bugungi kun o‘zbek nasrida va ayniqsa, hikoyanavislik borasida qatorida Xurshid 
Do‘stmuhammadning ham o‘rni o‘zgachadir.
U o‘z uslubiga, betakror tiliga ega ekanligini hozirda uning kitobxonlari, muxlislari 
tan olishadi, asarlarini o‘qishadi. Adabiy tanqidchilikda ham uning asarlari xususida turli 
xil ijobiy fikrlar bildirilmoqda, anjumanlarda bahs-munozaralarga sabab bo’lyapti. Adib 
asarlarining badiiy xususiyatlari to‘g‘risida talaygini ijobiy fikrlar bildirish mumkin. 
Umuman olganda Xurshid Do‘stmuhammad ijodini o‘rganish mustaqillik adabiyotimizda 
yangicha talqin va munosabatni rivojlantirishi mumkin. Chunki adib ijodi kitobxondan 
an’anaviylikdan voz kechishni, insonni mushohadga majbur qiladi. Zero, bugungi 
kunimizda hayot tarzimiz juda tez sur’atlarda o‘zgarayotgan ekan, shunday badiiy asarlar 
ham vujudga keladi, shunday asarlar vujudga kelar ekan, uni tahlil qilish yo‘llari, izohlash 
jarayonlari ham mavjud bo‘lishi kerak, fikrimizcha. 
Adabiyotlar:
1. Xurshid Davron “Xurshid Do‘smuhammadni o‘qib” www.kh-davron.uz 
2. Хуршид Дўстмуҳаммад. Беозор қушнинг қарғиши. – Т.: Шарқ 2006.
3. Qo‘chqorova M. Hozirgi o‘zbek nasrida ramz va metafora. “Sharq yulduzi”. 2011. 2-son
РЕЗЮМЕ
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida hikoyachiligi, hikoyalardagi ramziylik, Xurshid Do’stmuhammad 
hikoyalarida ramziylikning qo‘llanilishi, ramzlarning bildirgan ma’nolari haqida fikr yuritеiladi.
РЕЗЮМЕ
В данной статье обсуждается повествование в узбекской литературе, символизм в рассказах, использо-
вание символизма в рассказах Хуршида Достмухаммада и значения символов.
SUMMARY
This article discusses storytelling in Uzbek literature, symbolism in stories, the use of symbolism in Khurshid 
Dostmuhammad’s stories, and the meanings of symbols.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling