Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
26 Reabilitatsiya bola bilan alohida suhbatlashayotganda savollarni uning yoshiga moslab, individual xususiyatlarini inobatga olgan holda berishi kerak. Eksperimental tekshiruvlarni o’tkazishda ushbu tamoyillarga tayanish lozim: – Reabilitatsiya ta’limni modellashtirish, bola buni hayoti davomida amalga oshiradi; – Bolaga beriladigan vazifa uning yoshiga va bilishiga tayangan holda bo’lishi kerak; – Tahlil samarali bo’lishi uchun bolaning barcha ruhiy holatini ko’rish zarur, o’zining faoliyatiga va natijalariga munosabati, uni bajarish va davomiylik sur’ati va xokazo. Eksperiment o’tkazishdan oldin reabilitatsiya bola haqida oldindan ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Bola ishonchini qozonib, o’zini bo’sh qo’yish va o’zini bemalol erkin tutishga imkoniyat yaratish kerak. Buni eshitishda, ko’rishida, nutqida, tayanch harakati a’zolarida nuqsonlari bor, hamda maktabga moslasha olmayotgan, fazoda mo’ljal ololmaydigan bolalarda o’tkazish kerak. Bola uchun qiziqarli bo’lishi uchun soddaroq vazifalardan boshlab, murakkabroq topshiriqlarga o’tish mumkin. Bolada charchash, sustlik kuzatilsa darhol osonroq topshiriq berish kerak yoki biroz dam oldirish kerak. Bolaning ruhiy rivojlanishi va nuqsoniga qarab (eshitishida, ko’rishida, tayanch harakat a’zolarida nuqsoni bo’lgan bolalarga maxsus apparatlar yordamida) sharoit yaratishi lozim. Reabilitatsiya – tibbiy – diagnostikasi maslahatlarda eshitishida nuqsoni bo’lgan bolaga to’g’ri tashxis qo’yish, unga mos keluvchi ta’lim – tarbiya, mehnat shart – sharoitlarini belgilashda ota – onalarga to’g’ri maslaxat berish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun quyidagilar amalga oshirilishi zarur: – Ota – onalarga farzandning ruhiy rivojlanishining faqat zaif tomonlarini emas, balki uning ichki imkoniyatlari, hamda uni barytaraf etishdagi ahamiyatini ko’rsata olish, ota – onalar va oila a’zolariga bola muammosini hal etishda o’z javobgarligi, kuchi va imkoniyatlarini xis etishga o’rgatish, bola xususiyatlari va imkoniyatlariga mos keluvchi ta’lim sharoitlarini belgilash, oilaning tibbiy, ijtimoiy – reabilitatsiya bilimlarini bola bilan munosabat malakasini, bola muammosini o’zaro muhokama qilish orqali umumiy tarbiyalashdan xabardor bo’lish ko’nikmasini oshirish, ota – onalar farzandining hayoti, uning muammolari yuzasidan oilaga hayotiy qarorlarini tanlashga yordam berishini ta’minlash; Bola rivojlanishining buzilish muammolari bo’yicha oilaga maslaxat berish jarayonida quyidagi tamoyillarga ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir: – Bolaning qiziqishlariga e’tibor berish, mutaxassis va maslaxatchi reabilitatsiyalar ishining o’ziga xosligi faqat bolaga emas, balki uning ota – onasiga va oila a’zolariga maslaxat berish yo’li bilan belgilanadi. Ayrim ota – onalar turli sabablarga ko’ra bola rivojlanishi buzilishi darajasini oshirib yuboradilar, muammolarini juda qiyin va og’ir qabul qiladilar. Ba’zi bir ota – onalar reabilitatsiya – tibbiy – diagnostikasi maslahatga shifokor, pedagog yoki qarindoshlari ta’siri natijasida kelgan bo’lsalarda, o’z farzandining muammosini tan olishni istamaydilar, bola rivojlanishidagi archa buzilishlarini rad etadilar. Maslaxatxona mutaxassislari va reabilitatsiyalari bolaning qiziqishlari va ruhiy rivojlanish buzilishlarini hisobga olgan holda unga mos ta’lim – tarbiyaviy shart – sharoit mohiyatini aniq, ravshan ochib beradilar. Sababi, maslahatchi reabilitatsiya bola oila a’zolariga yoqadigan yo’lni emas, balki bola rivojlanishi uchun zarur va foydali bo’lgan yo’l – yo’riqni ko’rsatadilar. – Maslahat oluvchi shaxsni hurmat qilish. Bu tamoyil mutaxassislar fikrini majburan qabul qildirmaslik, bola rivojlanishi muammolariga mutaxassislarni bee’tibor bo’lmasliklarini ko’zda tutadi. Maslaxatxona mutaxassislari va reabilitatsiyalari ota – onalar bilan farzandi muammosini hal etishda ular bilan bir xil huquqga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling