Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
20
Yuqoridagilarga asoslanib, oʻquvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish vazifalarini 
quyidagicha belgiladik:
– nutq his-tuygʻularini tarkib toptirish va rivojlantirish;
– nutq koʻnikmalari va odatlarini shakllantirish;
– soʻzning tarixiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati anglash, 
xalqimizning anʼana va urf-odatlariga amal qilgan holda nutq odobi, nutq 
madaniyati, til madaniyatiga amal qilish; 
– oʻz fikrini ogʻzaki va yozma ravishda aniq bayon eta olish, fikrini isbotlay olish, 
soʻzlashish, boshqalarni eshitish va ishontira olish koʻnikmalariga ega boʻlish;
– bilim egallashga ehtiyojni sezish va oʻz bilimi va qobiliyatini namoyon qila olish 
koʻnikmasiga ega boʻlishi; oʻqish va jamoa ishlarida faol ishtirok etish, ishga ijodiy 
munosabatni shakllantirish;
– nutq madaniyatiga nisbatan talabchan, nutqidagi kamchiliklarni bartaraf eta olish;
– nutq odobi sifatlariga ega boʻlish; mehribonlik bilan soʻzlash; 
– soʻzlash jarayonida moslashuvchanlik, kirishimlilik, soʻzga chechanlik va boshqalar.
Sanab oʻtilgan sifatlarni boshlangʻich taʼlim oʻquvchilariga singdirish uchun quyidagi 
shart-sharoitlarga amal qilish zarur:
– oʻquvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishda adabiy tilni mukammal 
oʻrganish; 
– oʻquvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishda oila, atrof-muhit amaliy 
faoliyatini tashkil etish;
– notiqlik sanʼati maʼnaviyatlilik, komillik belgisi ekanligini tushuntirish;
– oʻquvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishda dars jarayoni imkoniyatlaridan 
foydalanish;
– dars va darsdan tashqari jarayonda Mahmud Qoshgʻariyning «Devonu lugʻatit 
turk», Аlisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarlaridagi notiqlik sanʼati haqidagi 
fikrlarini oʻrganish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu fikrlarning xulosasi oʻrnida shuni taʼkidlash mumkinki, jahon hamjamiyatida 
ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar keskinlashayotgan bir sharoitda notiqlik sanʼatiga ahamiyat 
berish muhim oʻringa ega. Shu munosabat bilan boshlangʻich taʼlim bosqichi oʻquvchilarida 
nutq madaniyatini shakllantirish, uning axloqiy ongi, axloqiy faoliyatining yetuklik darajasi, 
axloqiy ehtiyojlari va axloqiy yoʻnalishlari, soʻz va ishning birlik darajasi, xullas faol hayoti 
bilan bevosita bogʻliqdir. Demak, nutq madaniyatini shakllantirish natijasida har bir kishi 
turli ijtimoiy munosabatlarga faol kirishadi. Nutq madaniyati tufayli har bir fuqaro oʻz uquvi, 
isʼtedodi, intilishi, tirishqoqligi, mehnatsevarligini namoyon etib, huquqiy-demokratik 
davlat qurishga intilayotgan yurtimiz hayotida faol ishtirok etadi. Oʻzining nutqi, fikri, 
tafakkuri bilan siyosiy tajavvuzkor kuchlarga qarshi kurashadi. Birinchi prezidentimiz 
I.А.Karimov aytganidek – «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin 
fikrlaydigan etib tarbiyalanadi». [5.18] Har bir kishi oʻz mustaqil, tanqidiy fikri bilan nafaqat 
Oʻzbekistonda balki, jahon hamjamiyatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat; diniy ekstremizm
giyohvandlik singari salbiy illatlarga oʻz munosabatini bildiradi. Xulosa qilib aytganda, nutq 
madaniyatini shakllantirish faqatgina bilim, fikr, tafakkurni rivojlantirib qolmay, balki uning 
negizida oʻsib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik sifatlariga ega qilib voyaga 
yetkazish, salbiy illatlarga qarshi faol kurasha oladigan muloqotga ega qilib tarbiyalashdir.
Adabiyotlar:
1. Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.: Oʻzbekistin, 2000. – 71 b.
2. Коммуникативность обучения - в практику школы: Из опыта работы. / Книга для учителя. - М.: Про-
свещение. 1995. – 126 с. 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling