Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
47
O’qituvchi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’yin uchun zarur bo’lgan narsalar 
bilan o’yin boshlashdan oldin, qoidaga muvofiq holda tanishtiradi. O’qituvchi eshitishida 
nuqsoni bo’lgan bolalarga predmatlar va o’yinchoqlarni ko’rsatib, ularning roli va ular bilan 
ular bilan qanday muomalada bo’lish keraqligini tushuntiradi. Ammo shunisi ham borki, 
o’yin boshlash oldidan bunday qisqacha tushintirishlar hamisha ham barcha eshitishida 
nuqsoni bo’lgan bolalar uchun tushunarli bo’lavermaydilar. Shuning uchun eshitishida 
nuqsoni bo’lgan bolalarni o’yinning mazmuni va shu o’yin zarur bo’ladigan manbalar bilan 
ancha ilgariroq tanishtirish maqsadga muvofiqdir.
Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarda o’zaro yordam, hamkorlik munosabatlarini, o’z 
o’rtoqlariga ko’maklashish, yordam kerak bo’lganda uni himoya qilishga tayyor turish, 
o’yinda qatnashayotgan o’rtoqlarining qiziqishlari va fikrlarini e’tiborga ola bilishni
o’yinlarni bajarish jarayonida tarbiyalab borish lozim.
Didaktik o’yin protsessida shunday holatlar ham tez-tez bo’lib turadiki, eshitishida 
nuqsoni bo’lgan bolalardagi eng yaxshi o’yin kayfiyati birdan sho’xlik, notinchlik va 
intizomsizlik bilan almashib qoladi.
Bunday paytlarda o’qituvchi ayrim eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarga tanbeh 
berishga majbur bo’ladi va bu boshqalarning o’yin kayfiyatini tushiradi. Agar shunday 
vaziyat sodir bo’lgan bo’lsa u holda o’qituvchi intizom prinsipini ham o’yin qoidasi bilan 
qo’shib tushintirsa metodik jihatdan to’g’ri bo’ladi. 
O’qituvchi o’yin o’tkazishga kirishishdan oldin eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalardagi 
mavjud bilimlarga asoslanib qolmasdan, balki olgan bilimlarini mustahkamlashga hamda 
yangi bilimlar bilan qurollantirishga yordam beradigan o’yinlar tanlashga e’tibor berilishi 
kerak.
“Didaktik o’yinlarni tanlash uni o’tkazish va tashkil qilish usullarning qanchalik 
to’g’riligi uning ta’sir kuchidagi muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning hal qiluvchi omili. 
Chunki didaktik o’yinni o’tkazishdagi xato noto’g’ri usul uni quruq mashqqa aylantirib 
qo’yishi mumkin.”1 Didaktik o’yinni muvaffaqiyatli tashkil qilishning eng muhum 
shartlaridan biri – eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning bajariladigan o’yiniga aktiv 
qatnashishi va qiziqishi hisoblanadi. Buning uchun barcha tashkiliy choralarni ana shunga 
bo’ysundirishi lozim. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning o’yinga qiziqishi va boshqa 
didaktik vazifalarni hal qilishda o’qituvchi o’zini ularning birinchi yordamchisi ekanini 
unutmasligi lozim. Shuning uchun ham didaktik o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishdagi 
eng muhim shartlarga alohida e’tibor beriladi. 
O’yinni tashkil qilish hamda eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tanlash bir-biri bilan 
o’zviy bog’liq bo’lib, bunda tarbiyachi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalardan qaysilari 
o’yinga qatnashishi keraqligini oldindan belgilab oladi. Eshitishida nuqsoni bo’lgan 
bolalarni tanlash turlicha bo’lishi mumkin. O’qituvchi ba’zan o’yinni butun sinf eshitishida 
nuqsoni bo’lgan bolalari ishtirokida o’tkaziladi. Bunday paytda o’yin mashg’ulot bilan rejali 
tarzda qo’shilib ketadi. Lekin o’qituvchi mashg’ulot jarayonida didaktik o’yinni eshitishida 
nuqsoni bo’lgan bolalarning faqat ma’lum bir guruhi didaktik o’yin bilan mashg’ul 
bo’lsa qolgan guruhga boshqa bir mashg’ulot (rasm chizish, narsa yelimlash kabi) bilan 
shug’ullanadi.
Adabiyotlar:
1. Raxmanova V. S. Ona tili o’qitish maxsus uslubiyati. (ma’ruza matni), Nizomiy nomli TDPU, Toshkent 
2001 y.
2. Аbdullаеvа G. «Sаvоd o’rgаtish». T.,1996 y.
3. Rахmоnоvа V.S. «Dеfеktоlоgiya vа lоgоpеdiya аsоslаri». T., 1991 y.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling