Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


ESHITISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNI O’RGANISHDA


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

ESHITISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNI O’RGANISHDA 
KORREKSION RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIK TA’LIMNI
DIDAKTIK USULLARI
Tayanch so`zlar: diagnostikasi va reabilitatsiya qilishda eshitishida nuqsoni bo’lgan bola va 
ularning ota – onalari bilan bog’liq muammolar, eshitish, tahlil va sintez.
Ключевые слова: слух, анализ и обобщение проблем слабослышащих детей и их родите-
лей в процессе диагностики и реабилитации.
Key words: hearing, analysis and synthesis of problems related to hearing impaired children and 
their parents during diagnosis and rehabilitation.
Boshlang’ich ta’lim umumiy ta’limning asosiy poydevori hisoblanadi. Shu boisdan 
boshlang’ich sinflarda beriladigan bilimlar har jihatdan puxta o’ylangan, eshitishida nuqsoni 
bo’lgan bolalarni qiziqtiradigan bo’lishi va darslar o’yin mashg’ulotlarini o’z ichiga olib,
eshitishida nuqsoni bo’lgan bolaga ma’naviy – estetik ozuqa beradigan tarzda uyushtirilishi 
kerak.


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
44
O’yin orqali eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar faoliyati mukammallashadi, ular 
jismonan sog’lom bo’ladilar. O’yin jarayonida qiyinchiliklarni, har qanday to’siqlarni 
yengib o’tishga o’rganib boradilar.
O’yin eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar faoliyatining asosiy turi. Eshitishida nuqsoni 
bo’lgan bolalar o’yin orqali materiallarning ko’rinishi, rangi, to’zilishi, turli o’simlik va 
hayvonot olamidagi o’zgarishlarni anglaydilar.
O’yin bu eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun o’qish, mehnat qilish tarbiya 
vositasidir. O’yin elementlari va o’yin harakteridagi topshiriqlar eshitishida nuqsoni 
bo’lgan bolalarning dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni o’zlashtirishlariga qarab 
belgilanadi.
Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar faoliyati turli xil o’yinlarga to’la. Eshitishida 
nuqsoni bo’lgan bola hayotining asosiy turi o’yindir ,, Eshitishida nuqsoni bo’lgan bola 
uchun o’yin voqelikdir , – deb yozgan edi K.D.Ushuniskiy, - binobarin tevarak- atrofdagi 
voqelikdan ko’ra ancha qiziqroq voqelikdir. U eshitishida nuqsoni bo’lgan bolaga xususan 
tushunarli bo’lgani uchun qiziqdir, o’yin eshitishida nuqsoni bo’lgan bolaga shuning 
uchun tushunarliki unda qisman eshitishida nuqsoni bo’lgan bola yaratgan narsa bor ”1 . 
eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarda o’yin faoliyati maktabgacha yoshda paydo bo’lib, 
o’z taraqqiyotida oddiy taqlid qilishdan murakkab rolni bosib .o’tadi: bu o’yin dastlab 
kishilarning predmetlar bilan bog’lik faoliyatini, so’ngra esa insiniy munosabatlarini, 
ijtimoiy xulq- atvor normalari va qoidalari aks ettiriladi.
Kichik yoshdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tayyorlashning bosh yo’llaridan 
biri o’yindir. Shuning uchun ham eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar muassasalarida 
tarbiya yo’llarini ishlab chiqishda o’yinni tarbiyaviy imkoniyatga ega muhim omil 
sifatida qaraladi.
O’yin har eshitishida nuqsoni bo’lgan bolaning faoliyati kabi o’z qonuniyatlari 
bo’yicha rivojlanib boradi. O’yin o’sib borayotgan eshitishida nuqsoni bo’lgan bola 
organizmining zaruriy ehtiyojidir va u orqali eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarda 
tashkilotchilik ko’nikmalari tarbiyalanadi. 
Shunday o’yinlar ham borki, ular eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarda mustaqillikni, 
odillikni, bir-biriga yordam berish hissini tarbiyalashda judda katta ahamiyatga ega 
bo’ladi.
Eng yaxshi didaktik o’yinlar mustaqil faoliyat prinsipi asosida to’zilgan bo’lib, u 
eshitishida nuqsoni bo’lgan bolani bilim olish va mahorat egallashga undaydi. Shuning 
uchun eshitishida nuqsoni bo’lgan bola hamisha, hatto, muhim mashg’ul bo’lgan paytda 
ham o’yin bilan shug’ullanishi kerak. Agar o’yindan eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar 
hayoti va faoliyatini uyishtirib, uni shakllantirish maqsadida foydalansa, u juda muhim 
omili bo’lib qoladi.
Psixologik olimlar o’yinlarni to’rt gruppaga bo’ladilar:
1. Funksional o’yinlar. Bu o’yinlar eshitishida nuqsoni bo’lgan bola organizmining 
har tamonlama rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Bu kichik yoshdagi eshitishida 
nuqsoni bo’lgan bolalar uchun harakterli bo’lib, unda eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar 
nimadandir shug’ullanadilar, turli predmetlar bilan tanishadilar.
2. Qoidali o’yinlar bu o’yinlarda eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar asosan tevarak 
– atrof va muhitdagi voqealarni idrok etish bilan kifoyalanadilar. Bunda ko’rish, eshitish, 
his qilish kabi sezgi organlari ishtirok etadilar. Rasmlarni ko’rish, ovozlarni farqlash 
kabilar bu o’yinning asosiy mazmunini tashkil qiladilar.
3. Rolli o’yinlar. Bu o’yinlarda eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar o’zlarini ma’lum 
bir rolni, qandaydir kasb egasi ( vrach, o’qituvchi, haydovchi, quruvchi kabi ) vazifasini 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling