Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
46 Agar eshitishida nuqsoni bo’lgan bola berilgan harfni rasmli kartochkadan topa olmasa, u o’zi rasmli kartochkani ochib qo’yadi. O’yin ishtirokchilaridan kimda kim shu harf bo’yicha rasm kartochkani ayta olsa, shu eshitishida nuqsoni bo’lgan bola (anor, ari kabi) kartochkasini hammaga ko’rsatib, keyin uni olib qo’yadi. O’yin keyingi darslarda yangi n yoki l harflarni ko’rsatish bilan davom etaveradi. O’yinga 7-8 minut vaqt ketadi. Har bir darsda o’yin mashg’uloti tarzida o’tilgan unli va undosh harflardan o’rtacha ikkitadan takrorlash o’tkazish mumkin. O’yinni boshqaruvchi o’yinda ishtirok etgan eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning hisobini olib boradi. Qaysi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolada to’ntarilib qo’yilgan kartochkalar soni ko’p bo’lsa, shu eshitishida nuqsoni bo’lgan bola o’yin g’olibi sanaladi, g’oliblar rag’batlantirib boriladi. Bu o’yin yangi harflarni o’rganish paytida turli variantlarda o’tkazilib turilaveradi. “Harfni esda saqlash” o’yinning yana bir variantini ko’rib o’tamiz. Bunda o’yin predmet rasmlari asosida bo’lmay balki eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning fotosuratlari asosida o’tkaziladi. O’qituvchi O-Omon, A-Alisher, L-Lola, N-Nargiza kabi nomlar yozilgan fotosuratlarni ko’rsatadi. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning har biri ko’rsatilgan harflarni diqqat bilan ko’rib oladilar. So’ngra o’qituvchi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarga tanish bo’lgan harflarni ko’rsatadi. Qaysi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolaning ismi yoki familiyasining bosh harfi ko’rsatilsa, o’sha o’rnidan turadi. Bu o’yin eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun juda qiziqarlidir, chunki eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar o’qituvchidan: “Mening ismim va familiyam bilan boshlanadigan harflarni ko’rsating” - deb iltimos qila boshlaydi. O’yin davomida eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar kishilarning ismi va familiyasi qanday aytilishini, sinfdagi o’rtoqlarining ismi va familiyalarini mufassal bilib oladilar. O’yinga atiga 5-6 minut sarflanadi. O’yinning III varianti esa quyidagi tartibda o’tishi mumkin: Bunda sinfdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarining hammasi ishtirok etadi. O’yin uchun o’qituvchida o’tilgan harflarni eslatuvchi turli predmet rasmlari, eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarda esa o’tilgan harf namunalari maxsus konvertda bo’lishi shart. O’qituvchi sinfdagi hamma eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarga a, i, n, sh tovushlariga oid rasmli kartochkani ko’rsatadi. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar konvert ichidan chaqqonlik bilan shu predmet nomi boshlanadigan harfni olib turadi. O’qituvchi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning harflarni qanday ko’rsatayotganligini ko’zatib boradi. Harflarni to’g’ri ko’rsatgan eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar o’yinni to’g’ri bajargan hisoblanib, ularga ochko soni yozib qo’yiladi. O’yin oxirida eng ko’p ochko to’plagan go’lib sanalib, u rag’batlantiriladi. Harakatli o’yinlar o’z mohiyati bilan boshqa o’yinlardan ajralib turadi. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar turli harakatli o’yin mashqlarini (sakrash, chopish, otish, o’zatish, irg’itish) bajarar ekanlar, ularning kelajakda sog’lom va baquvvat bo’lib yetishishlariga mustahkam zamin yaratadi. Bunda asosan, tez harakat qilish oldinda bo’lish, chaqqonlik, topqirlik holatlari va harakatlari amalga oshiriladi. Bu o’yinlar sezish, ko’rish, nafas olish organlari, qo’l-oyoq muskullarining yaxshi harakat qilishi va me’yorda rivojlanishiga yordam beradi. Demak, barcha turdagi o’yinlar eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning kattalar faoliyatiga qiziqishlariga, ularga taqlid qilishga intilishlariga asoslanadilar. Chunki bu o’yinlar ishtirokchilarning bir-biriga do’stona va o’zaro g’amxo’r munosabatda bo’lishga odatlantirib boradi. O’qituvchi didaktik o’yinlarni o’rgatishda didaktik o’yinchoqlar va bunga bevosita aloqador bo’lgan boshqa qo’llanmalardan foydalanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling