Refarati mavzu: Tashkilotlar va ularning ichki, tashqi muhiti


Download 31.14 Kb.
bet1/3
Sana22.10.2023
Hajmi31.14 Kb.
#1715651
  1   2   3
Bog'liq
MANAJMENT 2



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI


TALABASI

G`ULOMOV UBAYDULLOXONNING


MARKETING VA MENEJMENT FANIDAN

REFARATI


Mavzu:Tashkilotlar va ularning ichki, tashqi muhiti.


Har bir tashkilotni faoliyat yuritishi va rivojlanishi ma’lum bir muhitda(ichki va tashqi) amalga oshiriladi. Tashkilot faoliyati faqat muhit uni amalga oshirishga yo‘l qo‘ygan holdagina bo‘lishi mumkin. Vaqtning har qanday paytidagi tashkilotning holati va faoliyati– uning ichki omillarining harakati va tashqi muhit omillarining ta’siri natijasidir.
Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiy kuchining man’basi bo‘ladi. U o‘z ichiga tashkilotga faoliyat yuritish va zamon, vaktning ma’lum oralig‘ida mavjud bo‘lish va yashab qolish imkoniyatini beruvchi salohiyatni oladi. Ammo u agar uning kerakligicha faoliyat yuritishini ta’minlamasa, uning muammolar va hattoki halokatining manbasi bo‘lishi mumkin.
Bozor munosabatlarini shaklanishida tashkilot ichki muhitining o‘zgarishlari, uni bozorga moslashishi sodir bo‘lishi kerak.
Tashkilotning ichki muhiti quyidagi tashkil qiluvchilarning uzviy bog‘lanishidan iborat bo‘ladi
-tashkiliy tuzilma;
-tashkilot ichidagi jarayonlar;
-texnologiya;
-xodimlar;
-tashkiliy madaniyat.
Xodimlar har qanday tashkilotning asosi bo‘ladilar Odamlarsiz tashkilot yo‘q. Tashkilot faqat unda odamlar bo‘lgani uchun yashaydi va faoliyat yuritadi. Odamlar tashkilotda uning mahsulotini yaratadilar, tashkilotning madaniyati, uning ichki muhitini shakllantiradilar, tashkilotning nima ekanligi ularga bog‘likdir. Shuning munosabati bilan tashkilotdagi odamlar menejment uchun “birinchi sonli predmet” bo‘ladilar.
Tashkiliy madaniyat -bu tashkilot a’zolari tomonidan taqsimlanadigan eng muhim boyliklar (nomoddiy), niyatlar va belgilarning yig‘indisidir.Tashkilotning hamma yoqqa kirib boruvchi tashkil qiluvchisi bo‘lgan holda, u ham tashkilotning ichki hayotiga va ham uning tashqi muhitdagi holatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tashkiliy madaniyat quyidagi tashkil qiluvchilardan vujudga keladi:



  • tashkilotni mavjud bo‘lishining ma’nosini va uning xodimlar va mijozlarga munosabatini beruvchi falsafa;

  • tashkilot asoslanadigan, va uning mavjud bo‘lish maqsadlariga yoki ushbu maqsadlarga erishish usullariga tegishli bo‘lgan ustivor qadriyatlar;

  • tashkilot xodimlariga taqsimlanadigan va tashkilotdagi o‘zaro munosabatlar tomoyillarini belgilab beruvchi hulq me’yorlari;

  • tashkilotda “o‘yin” olib boriladigan qoidalar;

  • tashkilotda mavjud bo‘luvchi va tashkilotda kanday atmosfera mavjudligi va tashkilot a’zolari tashqaridagi shaxslar bilan qanday o‘zaro hamkorlik qilishlarida nomoyon bo‘luvchi muhit;

  • tashkilotda ma’lum tadbirlarni o‘tkazish, ma’lum ifodalar, belgilar va h.k.dan foydalanishda aks ettiriladigan hulqiy urf- odatlar.


Tashkilot xodimlari ko‘proq menejment tomonidan va xususan yuqori rahbariyat tomonidan ishlab chiqiladigan va shakllantiriladigan tashkiliy madaniyatning manbalari bo‘ladilar Tashkiliy madaniyat tashkilotning barcha resurslarini uning maqsadiga erishishga jalb qilishda juda katta rol o‘ynashi mumkin. Ammo maqsadga erishish yo‘liga katta to‘siq ham bo‘lishi mumkin, ayniksa,u buning uchun o‘zgarishlar o‘tkazishni talab qilsa.
Shuning uchun menejment tashkiliy madaniyatni shakllanishi, qo‘llab quvvatlanishi va rivojlanishi masalalarini hal qilinishiga katta e’tibor qaratishi kerak.
Tashkilotning ichki hayoti ko‘p sonli har har harakatlar, jarayonchalar va jarayonlardan tashkil topadi. Tashkilotning turi, uning o‘lchami va faoliyat turiga ko‘ra bir xil jarayonlar va harakatlar unda yetakchi o‘rinni egallashlari, boshqalari yo yo‘q bo‘lishlari yoki kichikroq hajmda amalga oshirilishlari mumkin. Ammo harakatlar va jarayonlarning katta turli-tumanligiga qaramasdan, vazifaviy jarayonlarning beshta guruhlarga ajratish mumkin, ular har qanday tashkilotning faoliyatini qamrab oladilar va menejment tomonidan boshqaruv ob’ekti bo‘ladilar. Ular quyidagilardan iborat:



  • ishlab chiqarish;

  • marketing;

  • moliya;

  • xodimlarni boshqarish;

  • ekkaunting (xo‘jalik faoliyatini hisobga olish va tahlil qilish).


Menejment tashkilotda o‘tayotgan vazifaviy jarayonlarni boshqarishni amalga oshiradi, zarur bo‘lgan hollarda, tashkilotning ichki muhitini shakllantiradi va o‘zgartiradi.
Tashkilot bozor munosabatlari sharoitlarida atrof-muhit bilan har xil axborotli, ashyoviy jihatlarda o‘zaro hamkorlik qilishga qodir bo‘lgan ochiq tizimdan iborat bo‘ladi.

Download 31.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling