6. Kichik maktab yoshi davri. Bu davr 7 yoshdan to 12 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o’sish va skelet suyaklarini qotishi davom etadi, oyoqlarning o’sishi hisobiga tana proportsiyalari o’zgaradi, mushaklar jadal rivojlanadi, katta yarim sharlar po’slog’ining integratsiyalovchi roli ortadi, tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Jigar, buyraklar, o’pka, yurak va boshqa mazolar hamda to’qimalarning strukturaviy va funktsional differentsiyalashuvi yakuniga etadi. Timus bezini qayta rivojlanishi boshlanadi. Qalqonsimon bez va gipofizning funktsiyasi kuchayadi. Jinsiy bezlarning gormonal tasiri boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |