7. O’rta maktab yosh davri. Bu davr 12 yoshdan to 15 yoshgacha davom etadi. Bu davr jadal o’sish va tana vaznini ortishi bilan tafsiflanadi. Tana proportsiyalari sekin– asta voyaga etgan inson ko’rsatkichlariga yaqinlashadi. Jinsiy voyaga etish (o’g’il bolada 13-14, qiz bolada 11-12 yosh) va jinsiy bezlar gormonlarining tasirini ortishi ostida qalqonsimon bezning funktsiyalari kuchayadi, timus qayta rivojlanishga (involyutsiyaga) uchraydi. Bosh miya katta yarim sharlarining qobig’i «organizmning barcha funktsiyalarini bosh boshqaruvchisi va taqsimlovchisi» sifatida faoliyat ko’rsatadi. Qo’zgalish va tormozlanish jarayonlari muvozanatlasha boradi, farqlash va umumlashtirish funktsiyalari, ayniqsa, ikkinchi signal tizimini rivojlanishi tufayli murakkablashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |