Referad ishi
Rivojlanishning davrlari va ta’rifi
Download 323.98 Kb.
|
Abulova D refarat
Rivojlanishning davrlari va ta’rifi.
Odam organizmini rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson hayotining barcha davrida davom etadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning harakterli xususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari va kelgusi davrning kurtaklari paydo bo’ladi. Bu davrlarda organizm ketma-ket morfologik biokimyoviy va fiziologik o’zgarishlarga uchraydi. Bu o’zgarishlar o’sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog’langan. Bola organizmi voyaga etgan organizmdan bir qator belgilari bilan farq qiladi. Tana vaznining ortishidagi, alohida azolar va to’qimalarning kattalashuvidagi eng jadal o’zgarishlar bola xayotining birinchi yilida va bolalik davrida amalga oshadi. Voyaga etgan davrda organizmning o’sishi to’xtaydi, lekin funktsional differintsiyalashuvi va reflekter faoliyati takomillashuvi ichki kortikal aloqalarni rivojlanishi va murakkablashuvi hisobiga davom etadi. Qarish jarayoni o’ziga xos bo’lib, bir qator qayta rivojlanish bilan bog’liqdir. Bolaning rivojlanish davrlari tana va azolar og’irligi va kattaligi, skelet suyaklarini qotish darajasi, tishlarni paydo bo’lishi, ichki sekretsiya bezlaridagi birlashtiruvchi to’qimalarni rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va boshqa belgilar asosida aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha, yoshga oid davrlarni tizimlashtirish uchun asos bo’ladigan universal umumiy biologik funktsional va morfologik belgilarning to’liq ro’yxati aniqlangani yo’q. Yoshga oid davrlar tizimi N.P.Gundobin tomonidan tavsiya qilingan bo’lib tizimlashtirishda bir tomondan organizmning asosiy rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va o’smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilish masalalari hisobga olingan. Shuning uchun quyidagi: yasli, bog’cha, boshlang’ich, o’rta va yuqori maktab yosh davrlarini pedagogik davrlar deb ham yuritsa bo’ladi. Bolalik davrining tizimi quyidagicha tavsiya etilgan Download 323.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling