Radioto’lqinli nazariyasini 1941 yilda Treyberg ilgari surgan. Unga ko’ra, odam gavdasi kattaliklarini ortishini boshlanishi 2-yillarning boshida radiostantsiyalarni ko’rishni boshlanishi bilan to’g’ri keladi. Lekin, shu ham ma’lumki garchand radio to’lqinlari saqlanib tursa ham atrof muxitni noqulay sharoitlarida (urush, ocharchilik, epidemiya) o’sish tormozlanadi. Er sharida rentgen moslamalarini keng tarmog’ini o’rnatilganligi hamda odamzotni radioktiv nurlanishi darajasini ortishi akseleratsiyaga ko’maklashishi mumkin.
Va, oxir oqibatda, ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaxshilanishi, keng joriy qilingan gigiena tadbirlari, ovqatlanishning yaxshilanishi va boshqa ko’pchilik omillar shunga olib keladiki, nasliy asos solingan sifatlar to’liq o’zini realizatsiya qildi. Bunday imqon iyat yomon ijtimoiy- maishiy shariotlarda mavjud bo’lishi mumkin emas.
F. Yarda nasli genetik omil keyingi avlodlarning o’sishini tezlashishini belgilaydi. Agar yashash sharoitlari yaxshi bo’lsa (ovqatlanish va klimat), ushbu nasliylik xususiyat sifatida o’sishni tezlashishini ta’minlaydi. Bunga, Geterozis nazariyasini ham ko’rsatish mumkin. XIX asrda, ayniqsa, XX asrda ijtimoiy, diniy, irqiy va millatlararo chegaralarni buzilishiga olib kelgan keskin ijtimoiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Buning oqibatida millatlararo oila qurishlar oddiy holga aylandi. Hozirgi vaqtda, turli dinga mansub odamlarni turmush qurishiga qarshilik qilish to’siq bo’lmay qoldi. Oila qurishda geografik chegaralar ham keskin kengaydi. Buning ham masi nasliylikni keskin o’zgarishiga olib keldi va uning oqibatida rivojlanish akseleratsiyasi sodir bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |