Referad ishi
Geliogen tezlanish nazariyasi –
Download 323.98 Kb.
|
Abulova D refarat
Geliogen tezlanish nazariyasi – muallifi doktor Kox (1935 y.), u amaliyotga «akseleratsiya» tushunchasini kiritgan, uning nazariyasiga ko’ra, o’sishning tezlanishini chakiruvchi birlamchi qo’zg’atgich quyosh hisoblanadi. Yaxshi turmush sharoitlari va yoritilganlik, ochiq havoda uzoq muddat bo’lish, kaloriyali ovqatlanish, bola organizmini D vitamini bilan ta’minlanganligi va jadal insolyatsiya, akseleratsiya sodir bo’lishiga yordam beruvchi omillar hisobdanadi. Lekin, ushbu nazariya shahar va qishloq bolalari, yaxshi va kam ta’minlangan oilalardagi bolalar o’rtasidagi rivojlanish tezligi darajasidagi farqlanishni tushuntira olmaydi.
Lents bildirgan fikrga ko’ra, oxirgi 100 yil davomida AQSh va Evropa mamlakatlarida go’sht va yog’ni iste’mol qilishning ortishi rivojlanishni tezlashishga olib kelgan asosiy sababdir. Oqsillar va yog’larning akseleratsiyani chaqiruvchi ta’siri Lentsning fikricha gipofiz va qalqonsimon bezning ishtirokida amalga oshiriladi. Lekin, tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, antropometrik ko’rsatkichlarning kattalashishi ushbu mahsulotlarni iste’mol qilishga nisbatan ortiqdir. Ikkinchi jahon urushi paytida va undan keyingi davrda shahar va qishloqda yashovchi bolalar bir xil ovqatlangan, ayrim hollarda qishloq bolalari yaxshirok ovkatlanganlar, lekin shunga qaramasdan shaharlik bolalar yirikroq bo’lganligi aniqlangan. Demak, ovqatlanish muxim omil bo’lgani bilan akseleratsiyaning yagona sababi sifatida qaralmaydi. Olovli Er aholisi orasida «Ona» deb nomlangan qabila bo’lib, ularning bo’yi 175sm, boshkasi Yaxgan nomli qabilalarning bo’yi esa 158 sm dan oshmaydi. Ushbu ikkala qabila bir xil klimatik sharoitlarda yonma-yon yashaydilar va ovqatlanishida ham kam farqlanadi. Download 323.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling