Akseleratsiya va uning nazariyalari
Rivojlanishdagi akseleratsiya (lotincha acceles-tezlashtirish) yoki tezlashgan rivojlanish muammosi butun dunyo biologlari, tibbiyotchilari va sotsiologlari diqqatini jalb qilgan. Bunday nom bilan er yuzining barcha joylarida oxirgi 100-150 yil davimida kuzatilayotgan xodisa atalmoqda. «Rivojlanish» atamasi keng ma’no anglatganligi sababli unga aniqliq kiritish maqsadga muvofiqdir. Biologik va ijtimoiy akseleratsiya to’g’risida gapirishga barcha asoslar mavjud.
Biologik akseleratsiya deganda, insonning biologik rivojlanishiga taaluqli barcha o’zgarishlarni tushinish kerak. Bunga odamning morfologik va funktsional rivojlanishini tavsiflovchi bir qator ko’rsatkichlar kiradi. Ushbu o’zgarishlar ma’lum bir ijtimoiy muxitda sodir bo’ladi va ko’p jixatdan ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. Ijtimoiy akseleratsiya deganda, bolalar bilimlarining xajmini ulardan 50-100 yil ilgari yashagan tengdoshlarinikiga nisbatan ortganligi tushunish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |