Referad ishi


Rivojlanishning uzluksizligi


Download 323.98 Kb.
bet3/17
Sana05.01.2022
Hajmi323.98 Kb.
#208731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Abulova D refarat

Rivojlanishning uzluksizligi. O’sish va rivojlanish jarayonlari uzluksiz sodir bo’lishi aniqlangan va u organizmning o’zgarishlarida, yani uning yangilanishida, yangi hujayralarning paydo bo’lishida, funktsiyalarning va faoliyat turlarining murakkablashishida hamda takomillashishida namoyon bo’ladi. Yurishning boshlanishi va motorikaning keyingi rivojlanishi, birinchi so’zlar va nutq funktsiyasining keyinchalik rivojlanishi, jinsiy balog’atga etish davrida bolani o’spiringa aylanishi, markaziy asab tizimini va birinchi galda bosh miya po’stlog’ini uzluksiz rivojlanishi hamda reflektor faoliyatini murakkablashuvi-rivojlanishning bu bosqichlari organizmdagi ko’p qirrali va turli xildagi uzluksiz o’zgarishlarning bir qisminigina tashkil qiladi. Bunda barcha a’zolar va to’qimalarning rivojlanishi ularning funktsional jixatdan takomillashuvi bilan bir vaqtda sodir bo’ladi.

Uzluksiz rivojlanish qarilik chog’ida ham kuzatiladi va u involyutsion tavsifga ega. Qarilik chog’ida organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlar juda murakkab va ushbu muammo buyuk allomalarni juda qadimdan o’ziga jalb qilganligiga qaramasdan xali etarlicha o’rganilgani yo’q.

Rivojlanishning individualligini bolaning aqliy rivojlanishi misolida ko’rish mumkin. Bunga ayrim hollarda bolaning aqliy jihatdan orqada qolishi bo’lsa, boshqa hollarda shaxsning nisbatan tez o’sib ketishi sabab bo’ladi. Birinchi holda bu xususiyatning ustunligi kichik maktab yoshidagi bolalarga xos bo’lsa, boshqa holatda o’qituvchining dars berish mahoratiga ham bog’lliqdir. Ikkinchi xolatda o’kuvchi o’z sinfdoshlaridan uzib ketgan xolda, u mustaqil bo’lishga va o’zbilarmonlikka berilib o’qituvchiga ham bo’ysunmay qoladi. Shuning uchun bolalarni nisbatan uzib ketishiga nisbiy munosabatda bo’lish kerak bo’ladi. Bolalarni individual o’sish va rivojlanishini e’tiborga olmasdan turib ta’lim – tarbiya ishlarini amalga oshirish mumkin emas. Bolalarning yoshlariga nisbatan akliy kamol topishi ularning shaxsiy qobiliyatiga va atrof – muxit sharoitiga ham bog’liqdir. Ularning aqliy va psixologik rivojlanishi bolalarni o’rab turgan muxitga va o’quv – tarbiyaviy ishlarga ham bog’liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bolalarni nisbatan bir necha yil bir xil sharoitda yashashi ularning shaxsiy o’sish tempiga ta’sir etadi. Shu bilan birga kichik maktab yoshidagi bolalar o’rtasida o’ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi. Bularni vunderkindlar (nemis tilida sexrli bolalar) deyiladi. Ko’pgina atoqli kishilarning yoshligidanoq katta qobiliyatga ega bo’lganliklari bizga ma’lum. Jumladan, buyuk allomalarimizdan Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy va Abu Ali ibn Sinolarni misol keltirishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sino 16 – 17 yoshidanoq mashxur tabib – hakim bo’lib tanilgan. Dunyoning birinchi vunderkindi deb italiya yozuvchisi Torkvato Tasso e’lon kilingan. U 13 yoshida Balon universiteti talabasi bulgan. Viktor Gyugo esa 12 yoshida Frantsiya Akademiyasining rag’batnomasini olgan. Yana buyuk kompozitor Motsartni misol qilishimiz mumkin. U 4 yoshida musiqa yozgan. Xozirgi davrda bunday bolalarga mamlakatimizda katta e’tibor berilmokda. Ular uchun maxsus litsey va gimnaziyalar tashkil etilgan.

Bolalarning jismoniy, aqliy va jinsiy jixatdan rivojlanishida yuqorida aytib o’tilganidek, irsiy faktorlar bilan bir qatorda turmush sharoiti, maktabdagi mexnat faoliyati, jismoniy mashqlar, kasalliklar bilan og’rigani muxim aham iyatga ega.

Bundan tashqari, ob–havo sharoiti, iqlim sharoiti, quyosh radiatsiyasi ham ularning o’sishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bolalar yoz faslida (iyul–avgust) xususan tez o’sadi. Agar bola kichikligidan muntazam ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullansa u sog’– salomat o’sadi, uning organlari uyg’un rivojlanadi. (Masalan, bola nafas organlarining takomillashuvi yurak – qon tomir tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.)


Download 323.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling