Referad ishi
Yuqori maktab yoki o’spirinlik yosh davri
Download 323.98 Kb.
|
Abulova D refarat
8. Yuqori maktab yoki o’spirinlik yosh davri. Bu davr qiz bolada 13 yoshdan to 18 yoshgacha, o’g’il bolada 15-16 yoshdan to 19-20 yoshgacha davom etadi. Ushbu davr jinsiy bezlar funktsiyasini kuchayishi, ikkilamchi jinsiy yakunlanishi bilan tavsiflanadi. Boshqa ichki sekretsiya bezlarining, ayniqsa, gipofiz va qalqonsimon bezning funktsiyalari ham kuchayadi. Timus bezi bundan mustasno, uning involyutsiyasi davom etadi. Barcha azolar va tizimlar funktsiyasi, uzluksiz rivojlanish oqibatida, sezilarli darajada takomillashadi.
Iqlim va iqtisodiy sharoitga qarab qizlarda jinsiy etilish taxminan 12-14 yoshdan boshlanib, 16-18 yoshlarda tugaydi, o’g’il bollalarda 13-15 yoshdan boshlanib, 18 –20 yoshlargacha davom etadi. Eng avvalo jinsiy belgilar paydo bo’ladi: qovga va qo’ltiqda jun chiqa boshlaydi, qizlarda sut bezlari kattalashadi, o’g’il bolalar ovozi durillab qoladi. Jinsiy bezlarning etilganlik alomati: qizlarda xayz ko’rish , o’g’il bolalarda ixtilom boshlanadi. O’smirning vazni ortadi, bir yilda taxminan 3-5 kg semiradi. O’smirlar uchun tez o’sish, gavda proportsiyasining buzilishi harakterli. Ularning bo’yi bir yilda taxminan 10 sm o’sadi, o’g’il bolalarga qaraganda qizlarning zo’r berib o’sishi ertaroq boshlanadi. O’smirlarda gavda, to’qima va a’zolarning barcha qismlari tez o’sadi va rivojlanadi, lekin ularning uzunlashishi yaqqol seziladi. O’g’il bolalarning tanasi, qo’l, oyoq va chanoq ko’ndalangiga biroz o’sgach cho’ziladi. Yuz o’zgaradi, ko’krak qafasi shakli kattalarnikiga o’xshab qoladi. Gavdaning ayrim qismlarini notekis o’sishi harakatlar uyg’unligining vaqtincha buzilishiga olib keladi. O’smir beso’naqay va qo’pol bo’lib qoladi. 15-16 yoshdan so’ng bu hodisalar sekin-asta o’tib ketadi. Bu davrda o’smirlarning partada to’g’ri o’tirishiga ahamiyat berish kerak, chunki gavdasini noto’g’ri tutib o’tirish, umurtqa pogonasi qiyshayib kolishiga olib keladi. Chin tovush boylamlari xayotning birinchi yilida va 14-15 yoshda ayniqsa tez o’sadi. 12 yoshdan boshlab tovush boylamlari o’g’il bolalarda qizlarga nisbatan uzun bo’ladi, o’g’il bolalarning ovozi do’rillashi shu bilan izohlanadi. O’smirlarda o’pka tez o’sadi, umumiy hajmi kengayadi, 12 yoshga etganda uning o’pkasi chaqaloqnikiga qaraganda 10 marta kattalashadi. O’smirlarning turli a’zolarida funktsonal o’zgarishlar kuzatiladi. Yurak xajmi kattalashadi, «yoshlar yuragi» yoki «o’smir yuragi» hosil bo’ladi, quloq solganda shovqin eshitiladi. Ko’pchilik holatlarda qon bosimining oshishi (yoshlar geppertoniyasi), yurak kuchlirok tepadi, tomirninng tez urishi kuzatiladi (bazan bosim pasayib, puls siyraklashadi), xansirash, chakka soxasi og’rishi mumkin. Ayrimlarida to’satdan qisqa muddat bosh aylanishi, xushdan ketish (ko’pincha qizlarda), meda ichak yo’llarining har xil bo’limlarida qisilish holati kuzatiladi. Uzoq vaqt tik turganda, qimirlamay o’tirganda bosh aylanishi, yurak va qorin sohalarida noxush sezgi paydo bo’ladi. Majburan uzoq vaqt tik turganda ayrim o’smirlar xushidan ketishi va qusishi mumkin. Ularning rangi oqaradi, qo’l barmoklari muzdek bo’lib qoladi, ba’zan ko’kimtir rangga kirishi ham mumkin. Bu xodisalaring barchasi yotgandan so’ng o’tib ketadi. Bunday o’smirlarda juda ko’p terlash, qizil dermografizm (teriga tirnoq bilan chizganda qizil yo’l qoladi), kayfiyatining darrov o’zgarishi kuzatiladi. Bunday hodisalarga shu yoshga xos vegetativ asab tizimi va endokrin tizimning beqarorligi, ruhiy va jismoniy zo’riqish sabab bo’ladi. Yosh ulg’ayishi bilan bu alomatlar, odatda o’z-o’zidan o’tib ketadi, ammo shunday hodisalar paydo bo’lganda uning xaqiqiy sababini aniqlash uchun, albatta, vrachga uchrashi lozim . Moskvada yosh fiziologiyasi va jismoniy tarbiya instituti tomonidan 1965 yilda yoshga oid davriylik muammolariga bag’ishlab o’tkazilgan simpozium barcha ilmiy, talim, davolash va boshqa tashkilotlarga quyidagi yoshga oid davriylik sxemasidan foydalanishni tavsiya qilgan: 1. Yangi tug’ilgan – birinchi 10 kun; 2. Go’daklik yoshi- 1 yoshga qadar; 3. Ilk bolalik - 1 yoshdan to 3 yoshgacha qadar; 4. Birinchi bolalik – 4 yoshdan to 7 yoshga qadar; 5. Ikkinchi bolalik- o’g’il bolalar 8 dan 12 yoshga qadar, qiz bolalar 8dan 11 yoshga qadar; 6. O’spirinlik yoshi- o’g’il bolalar13 dan16 yoshga qadar, qiz bolalar 12 dan 15 yoshga qadar; 7. Navqironlik yoshi- o’g’il bolalar 17 dan 21 yoshga qadar, kiz bolalar 16 dan 20 yoshga qadar; 8. Etuklik yoshi-birinchi davr: erkaklar 35 yoshga qadar, ayollar 21dan 35 yoshga qadar; ikkinchi davr: erkaklar 36 dan 60 yoshga qadar, ayollar 36 dan 55 yoshga qadar; 9. Qarilik yoshi-erkaklar 61 dan 71 yoshga qadar, ayollar 56 dan 74 yoshga qadar; 10. Keksalik yoshi-erkaklar va ayollar 90 yoshga qadar; 11. Uzoq umr ko’ruvchilar- erkaklar va ayollar 90 yosh va undan yuqori. Keyinchalik har bir yoshga oid davrni eksperimental asoslash paytida ushbu davriylikka aniqlik kiritilishi mumkin.
Download 323.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling