Referat azizova S. I. Sirdaryo viloyati Sirdaryo stansiyasidan uzunligi28 km LI temir yo’l uchastkasi qurilishini tashkil etish loyihasini ishlab chiqish. Tayanch iboralar


Download 0.67 Mb.
bet3/25
Sana16.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1517253
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Azizova S Diplom ishi tahrir

1.2 Qurilish sharoitlari
Quriladigan yangi temir yo‘l uchastkasi A stansiyasidagi mavjud bo‘lgan temir yo‘lga ulanib, trassa uzunligi 28,0 km tashkil qiladi.
Temir yo‘l uchastkasi ning 0km dan 10km gacha qum va 10 km dan 28,0 km gacha loyli qum, zahiradagi gruntlar ko‘tarma barpo etishga yaroqli. Trassa bo‘ylab gruntlar guruhi ekskavatorlar uchun I guruh, skreperlar uchun II.
Kichik sun’iy inshootlar uchastkaning PK 5+061 da 2TBTBQ tirqishi d=2.5m, PK 12+228da 3DTBQ tirqishi d=2m, PK 18+748 da TBBQ tirqishi 2x3 m, PK20+547da TBBQ tirqishi 2x3m, PK24+175da 2TBTBQ tirqishi d=3m bo‘lgan quvurlar joylashgan.
Temir yo‘l izining yuqori qismi uzunligi 25m li R-65 relslar, yog‘och shpallar zvenosidan iborat. Ballast qismining 0,2m ni qumli to‘shama, 0,25m ni shag‘alli qatlam tashkil etadi. Qumli ballast kareri A stansiyadan 65 km uzoqlikda joylashgan. Yangi ochiladigan ballast kareri trassaning 15 km dan 20 km uzoqlikda joylashgan. Karerdagi shag‘alning hajmi 450 ming m3, qatlam qalinligi 6.0 m , qirqib olib tashlanadigan qatlam qalinligi 8.2 m. Bir kunda yetkaziladigan shag‘alning hajmi 1100-1600m3 gacha. Raz’ezd stansiya maydonining minimal uzunligi 1450m, oraliq stansiya uzunligi -1650m bo‘lib, qabul qilish va jo‘natish yo‘llarning ko‘ndalang joylashishi qabul qilingan.Yo‘llar orasidagi masofa 5,3m, foydali uzunligi 1050m ni tashkil etadi.
Temir beton konstruksiyalar zavodi A stansiyasidan 10 km masofada joylashgan. Kichik sun’iy inshootlar va quriladigan binolar uchun A stansiyasi yonida yig‘ma temir beton konstruksiyalar poligoni quriladi. Poligonga qum st. A dan 20km da joylashgan karerdan olinadi. Poligon uchun bug‘ mahalliy qozonxonadan, siqilgan xavo – ko‘chma kompressor yordamida yetkaziladi.
Elektr energiya A stansiyasida joylashgan pasaytirish stansiyasidan ta’minlanadi. Razezdlarda ko‘chma elektr stansiyalar joylashtirilgan bo‘ladi. Kichik sun’iy inshootlar quriladigan joylarga qurilish ashyolari, temir beton konstruksiyalari IV sinf trassa orqali, uzunligi bo‘yicha 40% da avtoyo‘l orqali, shuningdek qishloqlar aro o‘tgan yo‘llar bo‘yicha olib boriladi.
Xo’jalik ichimlik suv mavjud skvajina, ariqlar va quduqlardan ta’minlanadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling