Referat Bajardi: 1-kurs 104 guruh talabasi Sultanova Sh. Badiiy matnda ma’no va mazmun Reja


Badiiy matn qismlarini bog’lashda quyidagi leksik-grammatik vositalarning alohida ahamiyati bor


Download 44.04 Kb.
bet2/11
Sana27.01.2023
Hajmi44.04 Kb.
#1132666
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Badiiy matnda ma

Badiiy matn qismlarini bog’lashda quyidagi leksik-grammatik vositalarning alohida ahamiyati bor:

  1. Takrorlar yordamida birikish. Birinchi gapda qo’llangan ayrim affikslar, so’z, so’z birikmasi yoki gaplarning keyingi komponentlar tarkibida takroran qo’llanishi orqali matn shakllantirilishi mumkin. Takror usulidan aytilayotgan fikrni alohida ta’kidlash, tasdiqlash, kengroq, batafsilroq ifodalash maqsadida foydalaniladi. Nutqning ta’sirchanligi ortadi. «Leksik takrorlar, olmoshlar va sinonimlar yordamida hosil qilinadigan aloqa zanjirli aloqa, bir xil grammatik formalar bilan boshlanuvchi yoki tugallanuvchi komponentlar yiglndisidan tashkil topadigan aloqa parallel aloqa deyiladi». Quyidagi matnda grammatik jihatdan bir xil shakllangan so’z, so’z birikmasi va gaplar takrorlanib, parallel aloqani yuzaga keltirgan:

  • Iste’dodsiz iste’dodsizni yomon ko’rsa, nima bo’ladi? – Hech nima bo’lmaydi!

  • Iste’dodsiz iste’dodlini yomon ko’rsa, nima bo’iadi? – Hech nima bo’lmaydi!

  • Iste’dodli iste’dodsizni yomon ko’rsa, nima bo’ladi?

  • Hech nima bo’lmaydi!

  • Iste’dodli iste’dodlini yomon ko’rsa, nima bo’ladi? -Fojia bo’ladi(O’.Hoshimov)

Takrorning bir necha ko’rinishlari bor, ular ham matn tashakkulida uslubiy vazifa bajaradi: Alliteratsiya, assonans, anafora, epifora kabilar. Alliteratsiya deb undosh tovushlarning uslubiy maqsadlarda takrorlanishiga aytiladi. Assonans esa unli tovushlarning takrorlanishidir. Anafora deganda so’z yoki so’z birikmalarining she’riy misralar boshida takrorlanishi tushuniladi. Epiforada esa misralar oxiridagi so’z yoki qo’shimchalarning takrorlanishi nazarda tutiladi. Bularning bari matnning kompozitsion butunligi uchun xizmat qiladi.Dastlab takrorianuvchi birlikning tarkibiga ko’ra o’zgarishli va o’zgarishsiz takrorlarni farqlab olishimiz kerak. Bu takrorning barcha ko’rinishlari uchun taalluqli xususiyat hisoblanadi. Takrorlar qo’llanish o’rniga ko’ra gorizontal va vertikal takrorlarga bo’linadi. Bunday takrorlar ayniqsa, she’riy matnlarda o’ziga xos ohangdoriikni yuzaga keltiradi. Shuningdek, takrorlanuvchi birlikning qaysi turkumga mansubligiga ko’ra ot takrori, sifat takrori, olmosh takrori, fe’l takrori kabilarga bo’linadi. Sintaktik tabiatiga ko’ra so’z birikmasi takrori va jumla takrori ham farqlanadi. Mazkur birliklarning joylashish o’rni va o’rtadagi masofaga ko’ra kontakt (masofasiz, yaqin o’rinli), distant (masofali, uzoq o’rinli) takrorlarga ajratiladi. Takrorning yana bir ko’rinishi xiazm deb ataladi. Xiazm ikki qismdan iborat bo’lib, ikkinchi qism birinchi qismning teskarisi hisoblanadi:
Uzun tunlar bunchalar mahzun, Mahzun tunlar bunchalar uzun… (I.Mirzo) Mumtoz adabiyotimizda takrorning bu turiga alohida san’at sifatida e’tibor beriladi. Quyidagi misolda birinchi baytning har bir so’zi ikkinchi baytda o’zgarishsiz holda teskari takrorlangan. Ham ohangdorlik, ham poetik jihatdan mukammal kompozitsiya yuzaga kelgan:
Balodur manga hajring, davodur manga vasling, Itobing manga ofat, hadising manga darmon.
Darmon manga hadising, ofat manga itobing, Vasling manga davodur, hajring manga balodur.

Download 44.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling