Referat Bajardi: 1-kurs 104 guruh talabasi Sultanova Sh. Badiiy matnda ma’no va mazmun Reja


(Bobur) Zamon va makon ifodalovchi birliklar


Download 44.04 Kb.
bet3/11
Sana27.01.2023
Hajmi44.04 Kb.
#1132666
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Badiiy matnda ma

(Bobur)
Zamon va makon ifodalovchi birliklar yordamida ham matnni shakllantirish va uning komponentlarini bog’lash mumkin. Badiiy asardagi voqea-hodisalar muayyan vaqt asosida ro’yobga chiqadi. Faqat badiiy asardagi vaqt tushunchasi real hayotdagi vaqt muntazamligidan farq qiladi. “Vaqt ma’noli leksemalar matn qismlarinin distant (masofasiz, bilvosita) va kontakt (masofali, bilvosita) bog’lash uchun xizmat qiladi. Ayrim temporal so’zlar leksik-grammatik bog’lovchivazifasinin bajarib, matndagi xronologik ketma-ketlik, izchillikni aks ettirib turadi”
Ertalab-chi, oyi, yomg’ir yog’di. Qattiq yomg’ir yog’di. Siz bahor yomg’irini yaxshi ko’rardingiz… Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang oftob charaqlab yotibdi…(0′.Hoshimov). Ushbu matnning shakilanishida vaqt ma’noli birliklarning alohida xizmati bor. Birinchi gapda ertalab leksemasi yordamida sutkaning shu qismida sodir bo’lgan tabiat hodisasi haqidagi xabar ifodalanyapti. Keyingi gaplarda ifodalangan hodisalar ham ayni vaqt birligida ketma-ketlikda ro’yobga chiqqan. Makonni bildiradigan leksemalar ham matnni shakllantiruvchi vosita bo’la oladi. Odatda yozuvchilar voqea sodir bo’layotgan makonni batafsil tasvirlashga harakat qiladilar. Makon ma’noli leksema keltirildimi, albatta uning tavsifi ham beriladi. Shu tarzda matn yuzaga keladi. Gaplar o’zaro kontakt va distant aloqaga kirishadi.
Bog’ juda orasta, yo’laklarga oltinrang qumlar solingan, marmar ariqlardan tiniq suvlar jildirab oqadi. Chorchamanlarda mamlakatning eng noyob gullari muattar hid taratib ochilib turibdi (P.Qodirov).

  1. Parsellyatli tuzilmalar yordamida birikish. Og’zaki nutqda, matnda ba’zan muloqot talabiga ko’ra yaxlit bir jumlada uzilish sodir bo’ladi. So’zlovchi tinglovchiga biror voqea-hodisa haqida xabar berayotganda mana shu xabar ichidagi eng muhim fikrni boshqalaridan ajratib, alohida ta’kidlab aytishga harakat qiladi. Ma’lumki, ta’kid og’zaki nutqda ohang, pauza, mantiqiy urg’u kabi vositalar yordamida amalga oshirilsa, matnda parsellyatli tuzilmalar – matn komponentlarini ekspressiv-stilistika maqsadga ko’ra qayta tartiblash orqali namoyon bo’ladi. Masalan: 1. Hurriyat va adolat uchun kurashish kerak. Yoki: 2. Kurashish kerak. Hurriyat uchun. Adoiat uchun. Birinchi gap odatdagi tartibda tuzilgan sodda gap hisoblanadi. Ikkinchi gap esa parsellyatli tuzilma hisoblanadi. Uch komponentli bu qurilmada birinchi qism – asos, qolganlari esa parsellyat bo’lak hisoblanadi. “Parsellyatli tuzilmalardagi tartib mohiyat e’tibori bilan ta’sirchan so’z tartibi bo’lib, uslubiy jihatdan betaraf tuzilmali gap qismlarini kommunikativ maqsadga muvofiq tarzda guruhlash, sintaktik jihatdan qayta o’rinlashtirish sifatida ro’yobga chiqadi. Gap tuzilmasini bu xilda qayta qurish (uning qismlarini sintaktik jihatdan ajratishga asoslanadi va o’ziga xos ekspressiv ifoda shakli hamda funksional–semantik munosabatlar tarkib topadi”.

Jalil aka deraza tagida yotardi(1). To’shakda(2). Bolishi baland(3) Unga suyanib, boshini ko’tarsa, bog’ni ko’radi(4). O’zi obod qilgan bog’u(5). (Sh.Xolmirzayev).Bu matn parchasi beshta gapdan tashkil topgan. 1-gap asos, 2-gap parsellyat. Asosdagi o’rin hoii konkretlashtirilmaganligi uchun parsellyat bo’lak sifatida ajratilgan. 3-parsellyat gap ham asosdagi o’rin holini ta’kidlashga xizmat qiigan. Shuningdek, 4-gap bifan 1-gap o’rtasidagi aloqani zichlashtirgan. Nominativ (atov) va infinitiv gaplar ham matnni shakllantiruvchi sintaktik birliklar hisoblanadi. Atov gaplar biror narsa-buyumning mavjudligini tasdiqlaydi yoki

  1. ko’rsatadi. Atov gaplar matnda yolg’iz qo’llanmaydi, ulardan keyin atov gap mazmunini ochuvchi, tavsiflovchi boshqa gap yoki gaplar keltiriladi. https://abiturtest.uz/mavzular/badiiy-matn-va-uning-qismlarini-boglovchi-vositalar/




Download 44.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling