Referat bajardi: 2201 guruh tolibi Sharipov Dilshod Shuxratovich
Download 130.77 Kb.
|
Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quvchi bilishi kerak
- Mavzuning maqsadi
22-01 REFERAT Bajardi:2201 guruh tolibi Sharipov Dilshod Shuxratovich Gazlarda elektr toki . Mustaqil va nomustaqil razryadlar. Plazma . Reja: 1. Gazlarda elektr toki. 2. Mustaqil va nomustaqil razryadlar. 3. Plazma haqida tushuncha. O’quvchi bilishi kerak: Gazlarda elektr toki. Mustaqil va nomustaqil razryadlar. Plazma haqida tushuncha. Gaz razryadlari, rekombinatsiya, mustaqil va nomustaqil razryadlar, tojli razryad, uchqunli razryad, elektr yoyi, yonqinli yoy, plazma, palzmaning xossasi, plazmaning qo’llanilishi, plazma va koinot. Mavzuning maqsadi: O’quvchilarda Gazlarda elektr toki. Mustaqil va nomustaqil razryadlar. Plazma haqida tushunchalar berish. Mavzuning bayoni: 1. Gaz razryadlari. Uncha yuqori bo`lmagan temperaturalarda gaz elektr tokini o`tkazmaydi. U o`tkazuvchan bo`lishi uchun molekulalarining biror qismi bo`linib, ionlar va erkin elektronlarga ajralishi kerak. Buning uchun esa gazga biror ionlashtiruvchi ta’sir ko`rsatilmog`i zarur. Ionizator ta’sirida atom yoki molekulalarning elektron qobig`idan bir yoki bir nechta elektronlarning uzilib chiqishi ro`y beradi. Bu esa gazda erkin elektronlar va musbat ionlar vujudga kelishiga olib keladi. Elektronlar ham o`z navbatida neytral atomlar yoki molekulalar bilan birikib manfiy zaryadlangan ionlarni vujudga keltiradi. Demak ionlashgan gazda erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar mavjud bo`ladi. Gazdan elektr tokining o`tishiga gaz razryadi deyiladi. Rekombinatsiya Gazda ionlashish jarayoni bilan birga, rekombinatsiya-ionlarning neytral atomlar yoki molekulalarga aylanish jarayoni ham ro`y beradi. Agar tashqi ionizatorning ta’siri to`xtasa gazning o`tkazuvchanligi yomonlasha boradi. Ionizatorning quvvati o`zgarmaydigan bo`lsa, ionlashish va rekombinatsiya jarayonlari o`rtasida dinamik muvozanat vaziyati vujudga keladi. Bunda ionlashish natijasida vujudga keladigan zaryadlangan zarralar Download 130.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling