2201 sharipov.d
teshilishi ro`y berib, elektrod atrofida tojga o`xshash chaqnash hosil bo`ladi. Shuning uchun ham unga tojli razryad deyiladi.
Tabiatda tojli razryad, atmosfera elektr maydoni ta’sirida daraxtlarning, kema machtalarining uchlarida va boshqa uchli narsalarning oldida hosil bo`lishi mumkin. Shuningdek uni yuqori kuchlanishli elektr energiya uzatuvchi simlar oldida ham kuzatish mumkin. Texnikada tojli razryad sanoatda ishlatiladigan, gazlarni qattiq va suyuq aralashmalardan tozalash uchun foydalaniladigan elektrfiltrlarida foydalaniladi.
Uchqun razryad.Kuchlanish ortishi bilan tojning o`rniga yanada kuchliroq elektron oqimlari hosil bo`ladi, nurlanayotgan shoxchalar paydo bo`lib tojli razryad shoqilali razryadga o`tadi. Agar kuchlanish yanada orttirilsa, shoqilaning shoxchalari o`sib yanada uzunlashadi va ulardan birortasi ikkinchi elektrodga etganida oraliqdagi gaz teshilib uchqun hosil bo`ladi. Uchqun razryad uzilish xarakteriga ega, chunki gazning teshilishidan keyin elektrodlardagi kuchlanish keskin kamayadi, ya’ni elektrodlar o`rtasidagi oraliqda qiska tutashuv ro`y beradi. Uchqunli razryad yo’qoladi, kuchlanish yanada ortadi va teshilish jarayoni takrorlanadi.
Biz tabiatda ko`zatadigan chaqmoq tabiiy ulkan elektr uchqunidir. Ma’lumki Yerning sirtida elektr maydoni bo`lib, momaqaldiroqdan oldin u juda kuchayadi. Bunga sabab bulutlardagi elektr zaryadlaridir. Odatda bulutning pastgi, Erga qaragan qismida manfiy, yuqori qismida esa musbat zaryadlar bo`ladi. Chaqmoq yoki bulutlar orasida, yoki bulut va Er orasida hosil bo`ladi. Chaqmoqning ba’zi razryadlari mikrosekundlar davomida ro`y berib, tok kuchi 500 000 A etadi. Chaqmoq bo`lishidan oldingi kuchlanish V gacha bo`lishi mumkin. Chaqmoqda havoning kuchli qizishi ro`y berib kuchli tovush to`lqini momoqaldiroq vujudga keladi.
Turli binolarni chaqmoqdan himoya qilish uchun chaqmoq qaytargichlar qo`yiladi. Ular uchli metall langarlardan iborat bo`lib, himoya qilinadigan
Do'stlaringiz bilan baham: |