Referat bajardi: 2201 guruh tolibi Sharipov Dilshod Shuxratovich


Download 130.77 Kb.
bet2/6
Sana04.05.2023
Hajmi130.77 Kb.
#1426133
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Referat

2201 sharipov.d
juftining o`rtacha soni, rekombinatsiya natijasida yo’qoladiganlarining o`rtacha soniga teng bo`ladi.
Nomustaqil razryad. Gazda tokning tashqi ionlashtiruvchi ta’sirida vujudga kelishiga nomustaqil gaz razryadi deyiladi. Bu jarayonni batafsilroq o`rganaylik. Aytaylik kondensator qoplamalari orasidagi bo`shliqqa ultrabinafsha nurlar ta’sir etayotgan bo`lsin Kondensator qoplamalari orasida ionlashuv jarayoni ro`y berib, qarama-qarshi zaryadlangan zarralar vujudga keladi. Agar kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish nolga teng bo`lsa, tok ham nolga teng bo`ladi, chunki hosil bo`lgan zaryad tashuvchilar betartib harakatda bo`ladi. Kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish orttirilgan sari ko`proq ionlar va elektronlar yo`naltirilgan harakatga keladi. Ular kondensator qoplamalariga etishishadi va tok kuchi ortib boradi. Kuchlanish qiymatiga erishganda hosil bo`lgan zaryadlarning barchasi qoplamalarga etib boradi va tok shu ionlashish darajasi uchun o`zining eng katta qiymatiga erishadi.

K uchlanishning qiymatgacha ortishi tok kuchini o`zgartira olmaydi. Agar ionlashtiruvchining ta’siri to`xtatilsa, ionlarni vujudga keltiruvchi boshqa manba bo`lmaganligi uchun razryad ham to`xtaydi. Shuning uchun ham bunday razryadga nomustaqil razryad deyiladi.
2201 sharipov.d
2. Kuchlanishning yanada oshirilishida tok kuchi keskin ortadi. Tashqi ionizator olinganida ham razryad davom etadi. Demak endi, gazning elektr o`tkazuvchanligini ta’minlash uchun zarur bo`lgan ionlarni razryadning o`zi vujudga keltiradi. Tashqi ionizatorning ta’siri tugagandan keyin ham davom etadigan razryadga mustaqil gaz razryadi deyiladi.
Mustaqil gaz razryadi vujudga keladigan kuchlanishga gaz razryadini yokish kuchlanishi yoki teshish kuchlanishi deyiladi.
Mustaqil gaz razryadi, elektr maydoni tomonidan tezlashtirilgan elektronlarning urilish ionlashtirishi natijasida vujudga keladi. Elektronlar maydon ta’sirida tezlanuvchan harakat qiladi va elektr maydoni kuchlarining ishi hisobiga kinetik energiyasi ortadi.
Uchinchi to`qnashuvdan so`ng elektronlar soni sakkista, to`rtinchisidan keyin – o`n oltita va hokazo davom etadi. Natijada elektronlar va ionlar oqimi hosil bo`ladi. Mustaqil razryad hosil bo`lishi uchun elektronlar va ionlar oqimining hosil bo`lishi zarur bo`lsada, lekin etarli emas. Tashqi ionlashtiruvchi uchirilgandan keyin ham anodga ketuvchi elektronlarning o`rniga yangilarini hosil qilish kerak bo`ladi. Bu elektronlar maydon ta’sirida katod tomonga harakat qiladigan musbat ionlar va fotonlar tomonidan katoddan urib chiqariladi. Katod sirtidan elektronlarni urib chiqarish hodisasiga ikkilamchii elektron emissiya deyiladi. Urib chiqariladigan elektronlarning soni ionning energiyasi va katod materialiga bog’liq bo`ladi.
Toj razryad. Agar atmosfera bosimida birining uchi uchli, birisiniki yassi bo`lgan elektrodlar yordamida bir jinslimas elektr maydoni hosil qilinsa, har birining oldida elektr maydonining kuchlanganligi turlicha bo`ladi. Uchli joyda zaryad zichligi juda katta va shuning uchun ham kuchlanish ortganda bu yerdagi kuchlanish yassi elektroddagiga nisbatan oldinroq qiymatga erishadi. Uchli elektrod oldidagi kuchlanganlik 30 ga etganda gazning



Download 130.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling