Referat bajardi: G’afforov Shaxriyor Tekshirdi: O’lmasova Oygul Mavzu: Davlatning iqtisodiy roli Reja
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILALI IQTISODIYOT : OZIQ-OVQAT VA RESURSLAR IQTISODIYOTI 1-KURS 222-GURUH REFERAT Tekshirdi:O’lmasova Oygul
Reja
1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar.
2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning va ob’yektiv asoslari
3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsad va vazifalari
4. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari.
5. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning roli va chegaralari.
Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, uning darajasi ko‘p jihatdan iqtisodiyotdagi dav- lat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog‘liq. Chunki milliy iqti- sodiyotning yuqori samaradorligiga asosan quyidagi yo‘llar orqali erishiladi:
iqtisodiyotni tartibga solishning bozor usullarini qo'llash;
iqtisodiyotni faqat davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarish;
takror ishlab chiqarish jarayoniga davlatning aralashuvi va bo- zor usullarini uyg‘unlashtirish. Hozirgi davrda O‘zbekistonning milliy iqtisodiyo’li rivoji uchun ko‘proq uchinchi yo‘l xususiyatli hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda birinchi marta A. Smit tomonidan ko‘rib chiqilgan. Uning «Xalqlar boyligi- ning tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida» (1776) nomli asarida iqtisodiyotning bozor usullari orqali o‘zini o‘zi tartibga solishining zarurligi ta’kidlab o‘tilgan.
Davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda birinchi marta A. Smit tomonidan ko‘rib chiqilgan. Uning «Xalqlar boyligi- ning tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida» (1776) nomli asarida iqtisodiyotning bozor usullari orqali o‘zini o‘zi tartibga solishining zarurligi ta’kidlab o‘tilgan.
A. Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to'liq ozod bo‘lishi zarur. Ana shundagina iste'molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqa- rishni tashkil qilish imkoni mavjud bo'ladi.
Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz, ishlab chiqaruvchi- lami butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |