Referat bajardi: «Patentshunoslik» yo’nalishi 1 bosqich talabasi A. Ne’matov Tekshirdi
Download 62.65 Kb.
|
REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korporativ axborotlar tizimi
- Axborot texnologiyalari globallashuvning o`ziga xos husussiyatlari.
Hududiy axborotlar tizimi – bu ichki kommunikatsiyalar vositasida tashkilot faoliyatini ta’minlovchi quyi axborotlar tizimlarining birlashmasidir.
Hududiy (ichki) axborotlar tizimi quyidagi tizimosti axborotlar tizimlaridan tashkil topadi: • ma’muriy-taqsimlovchi tizimosti axborotlari; • ishlab chiqaruvchi tizimosti axborotlari; • moliyaviy tizimosti axborotlari; • iqtisodiy tizimosti axborotlari; • tijoratli tizimosti axborotlari; • innovatsion tizimosti axborotlari; • strategik axborotlar dasturi; • ijtimoiy axborotlar dasturi. Korporativ axborotlar tizimi – bir korxonaning turli hududlarda faoliyat ko’rsatuvchi ob’ektlari ichki kommunikatsiyalarini o’zida mujassamlashtiradi. Global axborotlar tizimi – chegaralanmagan miqdorlardagi foydalanuvchilar (korxonalar,tashkilotlar)ni ta’minlovchi tashqi kommunikatsiyalar hisoblanadi. Tashqi kommunikatsiyalar asosida faoliyatlar ko’rsatadigan zamonaviy axborotlar tizimiga internet komp`yuter tizimi misol bo’la oladi. Tashqi axborotlar tizimlari (Global axborotlar tizimi- GAT) quyidagilar: • Jamoat bilan axborotlar tizimlari; • Iste’molchilar bilan axborotlar tizimlari; • Hududiy tarkiblar bilan axborotlar tizimlari; • Federal tarkiblar bilan axborotlar tizimlari; • Xalqaro tarkiblar bilan axborotlar tizimlari. Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar. Axborot texnologiyalari globallashuvning o`ziga xos husussiyatlari. Hozirgi davrda axborot jamiyati texnogen tsivilizatsiya rivojlanishining muayyan bosqichi bo`lib, kishilik tarixining XV-XVII asrlarida evropada shakllana boshladi va keyingi davrlarda, ayniqsa globallashib jahonning turli mintaqalariga tarqaldi. Bu tsivilizatsiya G`arb tsivilizatsiyasi degan nom oldi. Mazkur tsivilizatsiya tarixining keyingi davrida ijtimoiy hayotda, ekstensiv rivojlanish o`rnini intensiv taraqkiyot egalladi, innovatsiyalar boylikka aylandi. Uyg`onish davrida antik madaniyatning aksariyat yutuqlari tiklandi va yangi vujudga kelgan an`analar bilan uyg`unlikda texnogen tsivilizatsiyaning madaniy negizi yaratildi. Falsafiy adabiyotlarda bu tsivilizatsiyani shartli ravishda ikki bosqichga – intustrial va postindutrial yoki axborot bosqichlariga ajratishda intellektual omil asosiy mezonga aylandi. Fan, texnika va texnologiyaning rivojlanishi odamlar hayoti va faoliyatining muhim negiziga aylandi. Hozirgi zamon industrial jamiyat to`g`risidagi ratsional ta`limotlar (Dj. Bell, U.Rostou,Z.Bjezinskiy va boshqalar) doirasida ilgari surilgan. Uning mualliflari O.Toffler, e.Masuda, Dj. Pelon, Dj. Martin va boshqalar hisoblanadi. Bu mualliflar insoniyat hayot tarzi modelini an`anaviy - industrial (sanoatlashgan) va postindustrial ko`rinishda qarab, so`nggi bosqich kelajagini axborotli - texnikaviy yoki axborotli – ekologik tarzda yuz berishini bashorat qilganlar. Inson jamiyati o`z rivojlanishida industrial jamiyatdan postindustrial jamiyatga o`tib bormoqda. Ma`lumki, industrial jamiyatning asosiy rivojlanish manbai – energetik manbalar va energiyani ishlab chiqarish, tarqatish imkoniyatlari mavjudligidir. Axborotlashgan jamiyatda esa ishlab chiqarishning manbai bilimni to`plash texnologiyalari, axborotni qayta ishlash va simvolik kommunikatsiyalarga bog`liq bo`lib, jamiyat rivojlanishida bilim va axborot uzviy holda tadqiq etiladi. Ya`ni, bilim va axborot hozirgi kunda jamiyat rivojlanishining asosiy manbai hisoblanadi. Rivojlanishning industrial yo`nalishida unumdorlik manbai – energetik manbalarni ishga solish, ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarida energiyadan foydalanishni markazlashtirishdan iborat bo`lsa, axborotlashtirilgan yo`nalishda esa unumdorlik manbai – bilimlarni yaratish, axborotlarga ishlov berishdan iboratdir. Rivojlanishning har qanday turida bilim va axborot shubhasiz o`ta muhim omillar hisoblanadi, chunki ishlab chiqarish jarayoni hamisha bilimning muayyan darajasi va axborot ishloviga asoslanadi. Axborotlashuv jarayonida axborot madaniyatiga ega bo`lgan inson tanlab olingan axborotlar bilan ishlay olishi, axborotlarni tizimlashtirish, umumlashtirish, tarkibiy qismlarga ajrata bilish hamda ularni boshqalarga tushunarli tarzda ifodalay olish malakasiga ega bo`lishi zarurdir. Bu talab ya`ni, televizor va radiopriyomniklarning, fotolaboratoriya va virtual kutubxonalarning, telefon va fakslarning qo`shaloq vazifalarini bajara oladigan, shu bilan birga hisoblash vazifalarning klassik dastasiga ega bo`lib, Internet tarmog`iga tezlik bilan ulanishni ta`minlovchi ko`pqirrali mul`timedia tizimida o`z aksini topmoqda. Bu jarayonning eng muhim sabablaridan biri bo`lgan Download 62.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling