Referat fan: Muhofazani boshqarish Mavzu: Atrof-muhit xavfsizligini boshqarish: printsiplar va usullar Bajardi: 2-bosqich talabasi Abdullayeva Nasiba Habubullo qizi Tekshirdi: Yusufjanov T. Toshkent 2023 Reja: Kirish
Download 145.57 Kb.
|
Muhofazani boshqarish 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyo okeanlari
Fazo — havo basseynidan farqli, biron-bir davlat yuridiksiyasiga kirmaydigan xalqaro huquq ob’yekti hisoblanadi. Bu o‘rinda 1963-yil BMТ Bosh Assambleyasining «Kosmik kenglikdan foydalanishda davlatlar faoliyatining huquqiy prinsiplari Deklaratsiyasi» va 1967-yildagi «Fazo kengligi, Oy va boshqa osmon jinslaridan foydalanish va ularni tadqiq qilishda davlatlar faoliyatining prinsiplari to‘g‘risida»gi kelishuvlarni misol qilib olsak bo‘ladi. Bu xalqaro me’yoriy hujjatlarga muvofiq fazo umuminsoniyat boyligi hisoblanadi, undan foydalanish faqatgina tinchlik yo‘lida amalga oshiriladi hamda fazoni ifloslantirish va unga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ammo hozirgi kunda fazoni «zabt etgan» mamlakatlar undan militaristik yo‘lda foydalanishni to‘xtatayotganlari yo‘q. Fazoda minglab harbiy-shpion fazo kemalari uchib yuribdi. Kosmosda 3,5 mln dan oshiq turli ko‘rinishdagi fazoviy chiqitlar mavjud va ular erkin harakatdadir.
Dunyo okeanlari Yer sharining 2/3 qismini band etgan holda, butun suvlarning 97%ini o‘zida mujassamlashtirgan. Ular nafaqat arzon va qulay transport yo‘li, balki oziq-ovqat maskani va Yerdagi hayotni ushlab turuvchi yetakchi omil hamdir. Chunki atmosfera havosidagi 70—80% kislorod okeanlardagi fitoplanktonlarning fotosintez jarayonlarida qatnashuvi orqali yuzaga keladi. Dunyo okeani suvning ekologik tizimdagi katta aylanishi jarayonida faol qatnashadi va u «tozalovchi filtr» bo‘lib xizmat qiladi. Dunyo okeanlaridan foydalanish muayyan davlatning yuridiksiyasiga kirmaydi va shuning uchun ham uning muhofazasi xalqaro-huquqiy me’yorlarning amaliy samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Dunyo okeanlarini huquqiy muhofazalash shu kunda quyidagi to‘rt yo‘nalishda olib borilmoqda: 1) kimyoviy va radioaktiv moddalardan, neft va neft mahsulotlaridan okeanlar ifloslanishining oldini olish; 2) harbiy maqsadlarda okeanlardan foydalanishni to‘xtatish; 3) okean faunasi va florasini saqlab qolish, qayta tiklash va takroriy ishlab chiqarish; 4) okean resurslaridan o‘ta samaradorlik bilan foydalanish. 1963-yilda qabul qilingan «Atom qurolini sinovdan o‘tkazishni uch sferada taqiqlash to‘g‘risida»gi shartnomaga binoan hech bir davlat okeanda o‘z qurollarini sinashi mumkin emas. 1954, 1962, 1969, 1971, 1972-yillarda qabul qilingan dunyo okeanini muhofaza qilishga qaratilgan bir qator konvensiya va qaydnomalarga binoan kemalardan inson va umuman jonli mavjudotga ta’sir qiluvchi neft va boshqa mahsulotlarni oqizish va tashlash qat’iyan man qilinadi, ularga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun esa javobgarlik belgilangan. Keltirilgan zararni iqtisodiy qoplash maqsadida xalqaro normalarga muvofiq har bir kema va kompaniyalar sug‘urtalanishi va moliyaviy hujjatga ega bo‘lishlari kerak. 1990-yildan boshlab AQSH dengiz portlariga faqatgina ikki qavatli korpusga ega bo‘lgan neft tankerlarining kirishiga ruxsat beriladi. Chunki dengiz va okeanlarning ifloslanishida neft tankerlarining «xizmati» juda kattadir. Masalan, 1973-yili talafotga uchragan «Amoko Kazus» supertankeridan 220 ming tonna, 1989-yili Ispaniya supertankeridan 217 ming tonna neft okeanga oqizilgan. 1989-yil Alyaska qirg‘oqlarida dengiz riflariga urilgan «Ekosan Valdiz» kemasidan oqizilgan neftni tozalash uchun 2 mlrd Amerika dollari sarf qilingan. 1967-yilda Liberiya tankeri falokati Angliya va Fransiya davlatlarining 180 kilometrlik masofada qirg‘oq bo‘yini ifloslantirgan. Okeanlar uchun yana bir katta xavf tug‘dirayotgan ifloslanish omili — radioaktiv chiqitlarni okeanlarga tashlash va joylashtirish. Atom floti va atom sanoati yo‘lga qo‘yilgan mamlakatlar tomonidan yiliga minglab tonna miqdorida o‘ta xavfli bo‘lgan radioaktiv chiqitlar dunyo okeanlariga tashlanmoqda. Download 145.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling