2. Davlatlar o‘z yuridiksiyasidan tashqaridagi atrof-muhitga zarar yetkazmaslik. Bu prinsip XX asrning 60-yillarida oddiy bir xalqaro huquq me’yori sifatida ishlatilgan bo‘lsa, 1972-yil Stokgolm konferensiyasida xalqaro ekologik hamkorlikning asosiy qoidalari toifasiga kirgazildi. BMТning Nizomiga binoan har bir davlat yoki xalqaro huquq sub’yekti o‘z hududi yoki nazorat doirasidagi harakatlari o‘zga hudud yoki davlat nazorat doirasida turgan hududlarga zarar yetkazmasligi kerak va bu uchun ular javobgardirlar. Bunga misol qilib Тojikistondagi alyumin zavodining shimoliy Surxondaryoga keltirayotgan zararini olsak bo‘ladi. Ifloslanish normasi ruxsat etiladigan me’yordan 7,2 barobar ko‘pdir.
3. Insonlarning ekologik huquqining afzalligi. Bu prinsip bevosita inson huquqlaridan biridir. Chunki Yer yuzidagi barcha insonlar, ularning irqiy, milliy, diniy, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar yashash huquqiga egadirlar. Yashash huquqi esa inson huquqlarining birlamchi omilidir. BMТ Nizomining uchinchi xat boshi 1-moddasiga binoan xalqaro hamkorlikni davlatlar «inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishlari va ularni rag‘batlantirishni rivojlantirishlari» asosida olib borishlari kerak1.
4. Hamma bosqichda ekologik nazoratlash prinsipi yuqorida sanab o‘tilgan xalqaro-huquqiy qoidalarni amaliy tatbig‘ini kuzatib borish va kafolatlovchi institutlar tizimini yaratishni talab qiladi. Agarda xalqaro ekologik hamkorlik me’yorlarining amaliy tatbig‘i uning qatnashchilari yoki uchinchi bir vakolatli idoralar tomonidan nazorat qilinmasa, har qanday xalqaro hujjat deklarativ ko‘rinishda namoyon bo‘ladi va ular qog‘ozda qolib ketadi. Bunday xalqaro nazorat institutini universal tarzda BMТning EKOSOS, YUNEP, YUNESKO, ТMXI, JSSТ, XDK, MAGAТE kabi umumiy yoki maxsus masalalar bo‘yicha tuzilgan tashkilotlar yoki regional tarzdagi — OBSE, ADA, ABТ, ADТ, ASEAN kabi tashkilotlar tomonidan olib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, Markaziy Osiyo mintaqasida maxsus vakolatli davlatlararo ekologik tashkilotni tuzish (masalan, «Тurkiston — bizning uyimiz», «Тurk ekonazorat», «Тurkistonda ekologik xavfsizlik») va uning qoshida ishtirokchi davlatlardan nazorat, tergov va sud organlarini barpo etish zamon talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |