Referat fan: Muhofazani boshqarish Mavzu: Atrof-muhit xavfsizligini boshqarish: printsiplar va usullar Bajardi: 2-bosqich talabasi Abdullayeva Nasiba Habubullo qizi Tekshirdi: Yusufjanov T. Toshkent 2023 Reja: Kirish


Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlikni ta’minlash


Download 145.57 Kb.
bet2/11
Sana30.10.2023
Hajmi145.57 Kb.
#1734122
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Muhofazani boshqarish 2

Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlikni ta’minlash — atrof-muhit sifatini tirik organizmlar uchun yetarli darajada ushlab turadigan, qayta tiklaydigan va oshirib boradigan xalqaro munosabatlarni shakllantirishni taqozo qiladi. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun esa, albatta, butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining bir me’yorda rivojlanishi, ekologik siyosat tizimida davlatlarning integratsiyalanishini talab qiladi. Bu borada BMТ, davlatlararo va nodavlat tashkilotlarining egallagan o‘rni va ularning ekologik masalalarining yechimini topishdagi ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda.
Hozirgi zamon xalqaro ekologik hamkorlik uch yo‘nalishda amalga oshirilmoqda:
1) atrof-muhitni muhofaza qilishning davlatlararo va millatlararo hamkorligi hamda ulardagi ijobiy tajribalarni keng tar­g‘ib qilish;
2) mintaqada (regionda) yoki cheklangan zonalarda tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amaliy tatbiq qilish;
3) global ekologik muammolarning yechimini topishda xalqaro hamjamiyatning universal yo‘llarini ishlatish.
2. Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish prinsiplari va manbalari.
 
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir huquq sohasi jamiyatdagi muayyan munosabatlarni tartibga solishda aniq qoida-prinsiplarga yondashadi. Milliy qonunchilikni ishlab chiqish va shakllantirishda bu prinsiplar har bir millat yoki davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’rifiy-madaniy, milliy holati va an’analariga asoslangan tarzda belgilansa, xalqaro huquqda esa ikki va undan oshiq millat, xalq yoki davlatlarning umumiy manfaatlariga, inson huquqlariga yondashadi.

Download 145.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling