Referat I bajardi : Xushnudova Sh Tekshirdi : Igamova a mavzu: Xujayra biotexnologiyasi
HUJAYRANISH TUZILISHI VA UNING KOMPONENTLARI
Download 87.92 Kb.
|
HUJAYRANISH TUZILISHI VA UNING KOMPONENTLARI.
Hujayra, asosan 3 qismdan: tashqaridan o`rab turuvchi hujayra po`sti, markazida joylashgan vakuola va hujayra shirasi – protoplastdan iborat. Hujayra po`sti va vakuola uning o`lik qismi, protoplast esa tirik qismidir. Protoplast o`z navbatida sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Protoplastning faoliyati tufayli hujayra po`sti va hujayra shirasi ishlab chiqariladi. Hujayra shirasi turli organik va mineral moddalarning suvdagi eritmasidir. Hujayraning har bir qismi organoid deb ataladi va ma`lum bir vazifani bajaradi. Uning tirik bo`lmagan qismi (po`sti va shirasi) ham tegishli vazifani bajaradi. SITOPLAZMA bu shilimshiq, rangsiz suyuqlikdir. Uning tarkibida 90 % gacha suv bo`lsada, asosan murakkab organik birikmalar, ko`pincha oqsillardan tashkil topgan. Shuningdek unda nuklein kislotalar (DNK, RNK) va moysimon moddalar – lipidlar, uglevodlar, fermentlar, gormonlar, alkaloid va boshqa organik hamda mineral moddalar bo`ladi.Sitoplazmada, shuningdek, anorganik birikmalar: uglerod (10%), kislorod (70%) va vodorod (10%) bo`ladi. Bulardan tashqari kalsiy, kaliy, azot, fosfor, oltinguturt, kremniy, xlor, temir va boshqa ko`plab ximiyaviy elementlar bor.Sitoplazmaning ximiyaviy tarkibi turg`un emas. Modda almashinuvi jarayonida oddiy moddalar birikib murakkab moddalar hosil qiladi. Hosil bo`lgan moddalar ba`zan zahira holida to`planadi, ba`zida esa qaytadan oddiy moddalarga parchalanadi.Yosh hujayralarda sitoplazma uni butunlay to`ldirib tursa, qari hujayralarda esa vakuola (vakuum – bo`shliq) deb ataluvchi bo`shliqlar bo`ladi.Sitoplazmaning hujayra devoriga taqalgan qavati plazmolemma, vakuolaga taqalgan qavati esa tonaplast deyiladi.Plazmolemma bilan tonoplast yopishqoq parda bo`lib, plazmatik membrana deb yuritiladi. U hujayraga moddalar tushishi, ya`ni tanlab o`tkazishni boshqaradi, hujayraning oziqlanishi uchun muhnm rol o`ynaydi.Sitoplazmaning asosiy massasi – gialoplazma ancha bir xil tuzilgan. Uni ko`plab mayda kanalcha, naycha, pufakchalarnini rivojlangan to`ri teshib o`tadi. Ularning devori ham plazmatik membranadan tuzilgan. Tarmoqlangan bu to`r endoplazmatik to`r yoki endoplazmatik retikulum deb ataladi. Download 87.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling