Referat I bajardi : Xushnudova Sh Tekshirdi : Igamova a mavzu: Xujayra biotexnologiyasi


Download 87.92 Kb.
bet6/9
Sana14.11.2023
Hajmi87.92 Kb.
#1772933
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YADRO VA HUJAYRANING BO`LINISHI. Hujayra oddiy usulda, ya`ni bo`linib ko`payadi. Bunda bitta ona hujayradan 2 ta qnz hujayra hosil bo`ladi.
Hujayralar uch xil: to`g`ri, ya`ni amitoz, noto`g`ri, ya`ni mitoz va reduksion, ya`ni meyoz yo`l bilan ko`payadi.
AMITOZ bo`linish ayrim tuban o`simliklarda (bakternyalar va zamburug`lar) sodir .bo`ladi. Uning mohiyati shundan iboratki, dastlab hujayraning yumaloq yadrosi cho`zilib, uzunchoq shaklga kiradi. Keyin belidan ingichkalashib ikkiga bo`linadi. So`ngra sitoplazma ham xuddi shunday bo`linadi.
MITOZ (kariokinez) vegetativ hujayralarga va ko`pgina tuban o`simliklarga xosdir. U to`rt faza: profaza, metafaza, anafaza va telofazaga bo`linadi.
Profazada tinim holatidagi yadro bo`rtib kattalashadi. Undagi xromosomalar bu davrda ip shaklida bo`ladi, Xromosomalar xromatik moddalar (DNK molekulalarining oqsil bilan birikmasi) protofibrillalardan hosil bo`ladi. Profaza oxirida yadroning hamma moddasi xromosoma va yadro shirasiga ajraladi. Bunda har qaysi xromosoma o`zining yonida xuddi o`ziga o`xshagan xromosoma sintezlaydi.
Metafazada yadro po`sti erib ketib, yadro shirasi bilan sitoplazma ajralib ketadi. Xromosomalar yo`g`onlashib, kalta tortadi va o`simlik o`ziga xos shaklga kiradi. Xromosomaning har bir jufti hujayraning o`rtasida nchiga botiq tomonlari bilan joylashadi. Shuningdek, hujayrada axromatin duk deb ataluvchi bir qutbdan ikkinchi qutbga cho`zilgan rangsiz iplar hosil bo`ladi. Xromosomalar ana shu dukning o`rtasida joylashib duklarning bir qismi hujayralarga birikadi. Metafaza oxirida xromosomalar ikkiga ajraladi va ularning soni ikki marta ortadi.
Ajralgan qiz xromosomalar anafazada xromatin dukning ikki uchiga shunday tarqaladiki, bunda hujayraning qutblarida hujayra bo`linayotgan davrdagi xromosomalar soniga teng miqdorda xromosoma bo`ladi.
Hujayraning qutblariga borib joylashgan xromosomalar telofazada kam seziladi, chunki ular xromatik moddaning protofibrillalariga ajraladi, YAdrocha, yadro po`sti qayta tiklanib, hujayra po`sti rivojlana boshlaydi, Demak, telofaza profazaning aksidir.
MEYOZ bir yillik o`simliklar hayotida bir marta, ko`p yillik o`simliklar hayotida har yili gullash davrida sodir bo`lishi bilan mitozdan farq qiladi. Tashqi ko`rinishidan meyoz mitozga o`xshaydi, lekin reduksion bo`linishda bir-biri bilan tez almashinadigan ikki bo`linish sodir bo`ladi. Profazada ham xromosomalar hosil bo`lishi kuzatiladi, lekin uzun xromosoma iplari avval tartibsiz joylashadi, keyin juft xromosomalar yaqinlashadi, ular yo`g`onlashib, kalta tortadi va bir-biriga parallel holda zich tutashadi. Ular bir-biri bilan shunchalik zich joylashadiki, go`yo yadroda qo`sh xromosoma emas, faqat bitta xromosoma bordek tuyuladi va ular bivalent deb yuritiladi.
Keyingi faza – metafazada yadro po`sti yo`qolib, bivalent hujayraning ekvatorial qismida joylashadi va bo`linishning axromatik duki hosil bo`ladi. Juft xromosomalar tarqaladi.
Anafazada gomologik xromosomalarning o`zaro bog`liqligi buzilib, ular hujayralarning qutblariga tarqaladi. Bunda har bir xromosoma ikkita xromatindan tuzilgan bo`ladi. Mitozda esa qutbdagi bitta xromatidli xromosomalar tarqaladi.
Telofaza esa juda qisqa bo`lib, bu fazada birinchi bo`linish prosessi tugaydi va ikkinchi bo`linish metafazasi boshlanadi. Bunda har bir xromosoma yana qaytadan ikkita va yakka xromatidga bo`linadi, ular yana qaytadan qutblarga tarqaladi. Ikkinchi telofazada yadro po`sti va yadrochasi bo`lgan to`rtta yangi yadro vujudga keladi. Xullas, meyozda bitta ona hujayradan to`rtta qiz hujayra hosil bo`ladi.
Yadro bo`linganda hosil bo`ladigan xromosomalar soni o`simlikning har qaysi turida doimiy bo`ladi. Masalan, qattiq bug`doyda xromosomalar 28 ta, g`o`zada 26 ta, makkajo`xorida 20 ta, no`xatda 14 ta bo`ladi. Hujayra bo`linayotganda hosil bo`ladigan bu xromosomalar soni diploid son deyiladi va 2n bilan ifodalanadi.
Xromosomalar soni ikki marta kamayadigan reduksion bo`linishdan keyin yadro gaploid bo`ladi, ya`ni xromosomalar to`plami ikki marta kam bo`ladi va n bilan ifodalanadi. Reduksion bo`linishning biologik ma`nosi ham ana shundan iborat, chunki bunday bo`linishsiz xromosomalar soni diploid bo`lgan jinsiy hujayralar qo`shilganda to`rtta, keyingi bo`linishda sakkizta xromosomalar to`plami hosil bo`lar edi.
Reduksion bo`linish har xil o`simliklarda ular hayotining turli davrlarida sodir bo`ladi. Gulli o`simliklarda bu jarayon ular urug`lanishidan bir oz ilgari, jinsiy hujayralar shakllanayotganda kuzatiladi. Paporotnik va qirqbo`g`imlarda esa reduksion bo`linish bilan urug`lanish orasida uzoq vaqt o`tadi va o`simlik hayotida xuddi ikki davr bordek tuyuladi: biri reduksion bo`linishdan urug`lanishgacha, ikkinchisi urug`lanishdan yangi reduksion bo`linishigacha bo`lgan davr. Keyingi holda o`simlik hayotida ikkita bir xil bo`g`in: biri jinsiy, ya`ni gametofit, ikkinchisi jinssiz, ya`ni sporofit paydo bo`ladi va ular doim bir-biri bilan to`g`ri almashib turadi.
Gametofit hujayralar doim gaploid bo`ladi, ular hosil qiladigan jinsiy hujayralar ham gaploid. Jinsiy prosessda ikkita jinsiy hujayraning qo`shilishidan zigota deb ataladigan diploid hujayra hosil bo`ladi. Zigota ko`p marta bo`linishi natijasida jinssiz bo`g`in, ya`ni sporofit rivojlanadi. Sporofit hayotining oxirida reduksion bo`linish sodir bo`lib, spora deb ataladigan gaploid hujayralar hosil bo`ladi. Sporalar ona hujayralardan ajralgan alohida hujayralardir: ulardan keyingi jinsiy bo`g`in, ya`ni gametofit rivojlaiadi. Ba`zan tabiatda yadrodagi xromosomalarning soni ko`p marta ortishi kuzatiladi. Bu hodisa poliploidiya deb ataladi. Agarda xromosomalar soni gaploid yadrodagiga nisbatan 3 marta oshsa – triploid, 4 marta oshsa – tetraploid yadro deyiladi va hokazo.
O`simliklarning poliploid formalari, ko`pincha o`zida qimmatli xo`jalik belgilarini tutib, ular keyingi tanlash va ko`paytirish uchun xizmat qiladi.
Ma`lumki organizmlar irsiy belgilarining nasldan-naslga o`tishida xromosomadagi DNK molekulalari to`plami va ularning tarkibi asosiy rol o`ynaydi. Irsiyatni belgilaydigan barcha irsiy omillar yig`indisi genotip, organizm va uning belgilarining rivojlanishida bu omillarning amaliy namoyon bo`lishi fenotip deyiladi.

Download 87.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling