Referat I bajardi : Xushnudova Sh Tekshirdi : Igamova a mavzu: Xujayra biotexnologiyasi


Download 87.92 Kb.
bet3/9
Sana14.11.2023
Hajmi87.92 Kb.
#1772933
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Endoplazmatik to`r sitoplazma kanalchalarini yadro va qo`shni hujayralar bilan bog`laydi. Moddalar almashinuvi mahsulotlari ham shu sistema bo`ylab tarqaladi va hujayraning turli qismlariga oqib boradi.Hujayraning diktiosoma yoki 
Golji apparati deb ataladigan alohida organoidlari ham endoplazmatik to`r bilan funksional bog`langan. Ular ancha murakkab tuzilgan bo`lib, go`yo devorlari plazmatik membranadan tuzilgan yassi sisternalar paketiga o`xshaydi. Golji apparatida organik moddalar vaqtincha to`planadi va keyin hujayraning boshqa qismlariga tarqaladi.Elektron mikroskopda qaralganda, endoplazmatik to`r kanalchalarining tashqi yuzasida va bevosita sitoplazma qavatida yumaloq mayda tanachalarni ko`rish mumkin. Bular ribosomalar deb ataladi. Ular ribonuklein kislotaning (RNK) spiralsimon shaklli bir nechta molekulasidan tashkil topgan. RNK spirali o`rami orasida oqsil mulekulalari joylashadi va ular oqsil moddalarini sintezlab, muhim vazifani bajaradi. Oqsil sintezlanishi uchun ribosomalardagi RNK molekulalari hujayra yadrosidagi DNK molekulalaridan ajraladigan informasion RNK ning alohida molekulalari tomonidan aktivlashtirilishi kerak. Muayyan organizm oqsillarining o`ziga xos xususiyati ribosomalar tufayli kelib chiqadi, chunki “kodlangan” tegishli axborot muayyan tarkibga ega bo`lgan oqsillar sintezi uchun matrisa bo`lib xizmat qiladi. Ribosomalar tomonidan sintezlangan oqsillar endoplazmatik to`rga o`tadi va hujayraning turli qismlariga tarqaladi. O`simliklar hujayrasining sitoplazmasida kalta tayoqchalar shaklidagi mitoxondriyalar bo`ladi. Ularning bo`yi 0,2-2,0 mkm gacha bo`lib, ko`pincha 0,6-0,8 mkm orasida o`zgarib turadi. Mitoxondriyalarning soni hujayrada juda ko`p bo`lib, o`rta hisobda 2-2,5 mingtani tashkil etadi.
Mitoxondriyalar 60-70% oqsil moddalar, 25% gacha lipidlar, kam miqdorda RNK va anorganik birikmalardan tuzilgan. Ular ancha murakkab tuzilgan bo`lib, tashqi tomonida ikki qavat membranasi bor. Membrananing tashqi qavati mitoxondriyani sitoplazmadan ajratib turadi, membrananing ichida esa kristallar deb ataladigan juda ko`p qirrali o`siqlar chiqadi. Bular mitoxondriyaning ichki yuzasini birmuncha kattalashtiradi. Uning ichki kamerasi tarkibida eruvchan oqsillar bo`lgan ancha bir xil suyuq massa bilan to`la bo`ladi.Mitoxondriya bu hujayraning energiya manbaidir. Bunda moddalar almashinuvi turli xil mahsulotlarining achishi natijasida ajralib chiqadigan energaya hisobiga adenozintrifosfat kislota (ATF) sintezlanadi. Bu ATF o`ziga xos energiya akkumulyatoridir. Keyin u bir qancha ximiyaviy o`zgarishlarga uchraydi, oqibatda ko`plab energiya ajralib chiqadi va u kechadigan turli xil jarayonlarga sarflanadi.Mitoxondriyalar, odatda harakatda bo`ladi. Ular yadro, xloroplast va boshqa hayotiy prosesslar tez kechadigan organoidlar atrofida to`planadi. Mitoxondriya o`simlik va hayvon hujayrasining bo`lishi lozim bo`lgan tarkibiy qismidir.
PLASTIDALAR faqat o`simlik hujayralarida bo`ladi. Ular tashqaridan ikkita membrana bilan qoplangan. Beradigan rangiga qarab plastidalar 3 xil bo`ladi. Bular xloroplast, xromoplast, leykoplast.

Download 87.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling