Referat I mavzu: Rilizing omillarining endokrin bezlar faoliyati boshqarilishidagi ahamiyati Bajardi: S. Nazirova
Download 0.73 Mb.
|
Nazirova Sevaraxon 101-ped fak 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
ADTI Pediatriya fakulteti 101 A guruh talabasi Nazirova Sevaraxonning Fiziologiya fanidan tayyorlagan R E F E R A T I Mavzu: Rilizing omillarining endokrin bezlar faoliyati boshqarilishidagi ahamiyati Bajardi: S. Nazirova Tekshirdi: Sh.Q.Qodirov Mavzu: Rilizing omillarining endokrin bezlar faoliyati boshqarilishidagi ahamiyati Reja: 1. Endokrin tizimi haqida umumiy tushuncha. 2. Gipotalamus haqida. 3. Rilizing omillarining gormonlarga taʼsiri. Endokrin bezlar haqida umumiy tushuncha. Endokrin bezlar nerv tizimi bilan bir qatorda organizm faoliyatini boshqarishda juda katta ahamiyatga ega. Endokrin tizimga o'zaro mustaqil bo'lgan uchta bo'lakdan iborat gipofiz, jinsiy bezlar, buyrak usti bezining po'stloq va mag'iz qismlari, me'da osti bezining Langergans orolchalaridagi hujayralar, qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezlari, epifiz, hazm a'zolari shilliq pardasidagi inkretor hujayralar kiradi. Endokrin tizim maxsus moddalar – gormonlar yordamida ta'sir qiladi. Gormon ishlab chiqaruvchi endokrin bezlarning chiqaruv yo'llari yo'q. Sintezlangan moddalar to'g'ridan-to'g'ri qonga o'tadi. Garmonlarning o'ziga xos bir nechta xususiyatlari bor. 1. Har bir gormon muayyan ixtisoslashgan bezda ishlab chiqariladi. 2. Har bir gormon muayyan a'zo va faoliyatlarga ta'sir etib, ularda o'ziga xos o'zgarishlar paydo qiladi. 3. Gormonlar yuqori biologik faollikka ega (1 g adrenalin 10 mln ajratib olingan baqayuragining ishini tezlashtira oladi). 4. Gormon ishlab chiqaradigan bez bilan u ta'sir qiladigan nishon a'zo orasida odatda ma'lum masofa bo'ladi (distant ta'sir). 5. Gormonlar hujayra membranalaridan o'tish qobiliyatiga ega. 6. Gormonlar nisbatan tez parchalanadi. Yarim parchalanish davri bir necha sekunddan (peptid gormonlar) bir necha kunni (yodtironinlar) tashkil qiladi. 7. Ko'pchilik gormonlarning turga oid spetsifik xossalari yo'q. 8. Gormonlar faqat hujayralarda yoki ularning faol tuzilmalarida ro'y beruvchi jarayonlarga ta'sir etadi. Kimyoviy tuzilishiga ko'ra gormonlarni bir necha guruhga bo'lish mumkin. Bular: aminlar, yodtironinlar, kichik peptidlar, oqsillar, glikoproteinlar va steroidlar. Amin gormonlar guruhini dofamin, noradrenalin, adrenalin va melatonin tashkil qiladi. Yodtironinlar tiroksin (T4) va triyodtironindan (T3) iborat. Peptid gormonnlar guruhiga antidiuretik gormon (ADG), oksitotsin, melanotsitlarni rag'batlantiruvchi gormon (MSG), tireotropin-rilizing gormon (TRG), gonadotropin-rilizing gormon (GnRG), somatostatin (SRIF), kortikotropin-rilizing gormon (KRG), somatokrinin (STG-RF), angiotenzin kiradi. Gormonlar guruhlari orasida oqsil gormonlar eng kattasidir. Uni quyidagi gormonlar tashkil qiladi: insulin, glyukagon, o'sish gormoni, platsentar laktogen, prolaktin, paratgormon, enkefalin, kalsitonin, adrenokortikotrop gormon, sekretin, xoletsistokinin, gastrin, me'daning ingibirlovchi peptidi. Glyukoproteid gormonlarga follikullarni rag'batlantiruvchi, lyuteinlovchi, qalqonsimon bezni rag'batlantiruvchi gormonlar va xorionik gonado-tropin kiradi. Glyukokortikoidlar, estrogenlar, testosteron, progesteron, aldosteron steroid goormonlardir. Vazifasiga ko'ra gormonlarni uch turga bo'lish mumkin: I. Nishon-a'zolarga bevosita ta'sir qiluvchi gormonlar (effektor-gormonlar). II. Effektor gormonlarning sintezi va ajralishini boshqaradigan gormonlar (glandotrop gormonlar). III. Gipotalamusning nerv hujayralarida sintezlanuvchi va glandotrop gormonlarning ajralishini boshqaruvchi rilizing-gormonlar va ingibitor-gormonlar. Shu gormonlar tufayli endokrin tizim markaziy nerv tizimi bilan bog'lanadi. GORMONLAR (yun. hormanino — qoʻzgʻataman) — ichki sekretsiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va toʻqima suyuqligiga oʻtadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli aʼzo hamda toʻqimalarning faoliyatini boshqaradi. Baʼzilari muayyan aʼzolarga, masalan, tireotrop gormon asosan qalqonsimon bezta, adrenokortikotrop gormon (AKTG) buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatiga, estrogenlarbachadonga taʼsir etadi va h. k. Boshqalari (qalqonsimon bez G. i, kortikosteroidlar, oʻsishgormoni va b.) organizmning hamma toʻqimalariga (umumiy) taʼsir koʻrsatadi. Gormonlarning oʻziga xos taʼsir etishi turlicha kimyoviy tuzilganligiga bogʻliq; mas, insulinuglevodlar almashinuviga taʼsir etadi, testosteron va b. androgenlar assimilyatsiyajarayonlarini kuchaytiradi, organizmda azottoʻplanishiga sabab boʻladi, glyukokortikoidlarmoddalar almashinuvini oʻzgartirib, jigarda glikogen hosil boʻlishini, ayniqsa biriktiruvchi va limfoid toʻqimada oqsillarning parchalanishini, estrogenlar bachadonda fosfolipidlar bilan oqsil sintez boʻlishini kuchaytiradi, oʻsish gormoni (somatotrop Gormonlar) yogʻ, fosforva kalsiy almashinuviga taʼsir etadi. Gormonlar hujayraning genetik apparatini stimullash, fermentlarni faollashtirish va fermentativ reaksiyalar tezligini oʻzgartirish yoʻli bilan moddalar almashinuviga taʼsir koʻrsatadi. Ular oqsilning tuzilishini belgilab beradigan informatsion ribonuklein kislotasining hosil boʻlishini kuchaytirib, oqsillar biosinteziga taʼsir etadi. Oʻsish va jinsiy Gormonlar organizmning oʻsishini, balogʻatga yetishini boshqaradi. Zarur paytda organizm imkoniyatlari Gormonlar ishtirokida safarbar qilinadi. Mas, xavf-xatar taxdid qilganda va shu munosabat bilan muskullarga zoʻr kelganda adrenalin koʻproq chiqib, qondagi glyukozani koʻpaytiradi, yurakva miyaga qon borishini kuchaytiradi; organizmga zararli taʼsir ortganda AKTG koʻproq chiqadi. Organizm normal yashab, ishlab turishi uchun Gormonlar ehtiyojga yarasha ishlanib chiqishi kerak. Nerv, gumoral va gormonal omillar oʻzaro taʼsir etib, shunga yordam beradi. Baʼzan nerv sistemasi ichki sekreksiya bezlari bilan bevosita bogʻlanadi. Korin nervi taʼsirlanganda buyrak usti bezlarining magʻiz qavatidan adrenalinning koʻplab chiqishi shundan dalolat beradi. Baʼzan qoʻzgʻalish nerv tolalari orqali gipotalamusa boradi, bu yerda rilizing gormonlar (gipofiz G. ni ajratuvchi omillar) degan moddalar hosil boʻladi, shu moddalar gipofizga kirib, gipofizar (trop) G. ning qoʻshimcha chiqishiga sabab boʻladi, bular esa periferiyadagi ichki sekreksiya bezidan Gormonlar chiqishini kuchaytiradi. Organizmda kandaydir biror sabab bilan Gormonlar koʻpayib ketsa, gipotalamusdan rilizing gormon chiqishi toʻxtaydi, natijada gipofiz tegishli trop Gormonlarni kamroq chiqaradi, shundan keyin periferiyadagi ichki sekretsiya bezidan Gormonlar chiqishi ham kamayadi. Qonda biror Gormonlar kamayib ketsa (mas, toʻqimalarda Gormonlar tez parchalanganda) rilizing Gormonlar chiqishi kuchayadi, gipofiz trop Gormonlarni koʻproq ishlaydi, shundan keyin periferik bez G. ni ortiqroq ishlab chiqaradi. Gipotalamusda gipofizning baʼzi Gormonlar ini ingibirlovchi neyrogormonlar (prolaktostatin, melanostatin, samotostatin) ham ishlab chikariladi. Ular taʼsirida tegishli gipofiz Gormonlar ining hosil boʻlishi kamayadi. Qondagi Gormonlar miqsori oʻz-oʻzidan ham boshqariladi. Mas, glyukozakoʻpayib ketganda u glikogenning parchalanishini tezlatib, glyukoza miqdorini orttiruvchi adrenalin konsentratsiyasini kamaytiradi. Organizmda natriy tuzlari yetishmasa, buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatidan aldosteron chiqishi kuchayadi, natijada buyrak kanalchalarida natriy tuzlari koʻproq qayta soʻrilib, organizmda ushlanib qoladi. Demak, Gormonlar maʼlum miqdorda ishlanib chiqib, moddalar almashinuvini va organizmning boshqa funksiyalarni boshqaradi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling