Referat I mavzu: Rilizing omillarining endokrin bezlar faoliyati boshqarilishidagi ahamiyati Bajardi: S. Nazirova
Download 0.73 Mb.
|
Nazirova Sevaraxon 101-ped fak 3
Gipotalamus
GIPOTALAMUS (gipo... va yun. thalamos — xona,) gipotalamik soha — miyadagi koʻruv boʻrtigʻining ostki qismi; unda vegetativ nerv sistemasining markazlari joylashgan; gipofiz bilan uzviy bogʻlangan. Gipofizda nerv hujayralarining 30 juftdan ortiq toʻplamlari — yadrolari bor. Shu nerv xujayralari vazopressin va oksitotsin degan hamda gipofizdan chiqadigan neyrogormonlarni, shuningdek, gipofiz taʼsirida gormonlarning ajralishini kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi rilizing-omillarni hosil qiladi. Ular gipofizga taʼsir koʻrsatadi va uni turli xil murakkab gormonlar ajratishga majbur etadi. Gipofiz temperaturaning salgina oʻzgarishini, organizmdagi qand, tuz, suv, gormonlar va b. moddalar miqdorining andak boʻlsada, oʻzgarishini sezadigan reseptorlar bilan taʼminlangan. Gipofiz moddalar almashinuvini, yurak-tomir, ovqat hazm qilish, ajratish sistemalari va ichki sekresiya bezlari faoliyatini, uyqu, sergaklik, xayajonlanish mexanizmlarini boshqaradi. Nerv va endokrin sistemalar oʻrtasida aloqa bogʻlaydi. Gipofizning glandotrop gormonlarini va o'sish gormonini qonga o'tishini gipotalamusning gipofizotrop sohasi boshqaradi. Bu sohadagi kichik neyrosekretor hujayralar gipofizning oldingi bo'lagidan (adenogipofizdan) gormonlarning sintezlanishi va qonga o'tishini tezlashtiradigan rilizing-gormonlarni (liberinlarni) va bu jarayonlarni tormozlaydigan ingibitor omillarni (statinlarni) ishlab chiqaradi. Liberin va statinlarni adenogipofizga qon yetkazadi. Yuqori gipofizar arteriya gipotalamusning gipofizotrop sohasida mayda kapillyarlarga bo'linib, neyrosekretor hujayralar atrofida mayda to'r hosil qiladi. Bu kapillyarlar to'ridan qon oqib o'tayotganda gipofizotrop gormonlar unga o'tadi. Kapillyarlar yig'ilib, gipofizning portal tomirlarini hosil qiladi. Portal tomirlardagi qon adenogipofiz hujayralariga liberin va statinlarni olib keladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling