Referat I mavzu: Rilizing omillarining endokrin bezlar faoliyati boshqarilishidagi ahamiyati Bajardi: S. Nazirova


Download 0.73 Mb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi0.73 Mb.
#232751
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nazirova Sevaraxon 101-ped fak 3

Buyrak usti beziga taʼsiri. Glyukokortikoidlarning qondagi miqdori mahsus mexanizmlar tufayli nisbatan barqaror saqlanadi. Bu murakkab mexanizm faoliyatini quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Gipotalamusniing gipofizotrop sohasidan rilizing-gormon ajralib, qon orqali adenogipofizga yetib keladi. Uning ta'sirida AKTG qonga o'tib, buyrak usti bezining po'stloq qismiga ta'sir qiladi. Natijada glyukokortikoidlarning qondagi miqdori oshadi.

Qalqonsimon bez garmonlariga taʼsiri. Tireoid gormonlarning qondagi miqdori barqarorligini gipofizning tireotrop gormoni ta'minlaydi. Bu trop gormonning qonga o'tish tezligi, o'z navbatida, rilizing gormonlarning faolligiga bog'liq. Tireoid gormonlarning qondagi miqdori kamaysa yoki

organizmning bu gormonlarga ehtiyoji oshsa (masalan, organizmga sovuq ta'sir qilganda), gipotalamusning gipofizotrop sohasidan tiretropin-rilizing-gormonning adenogipofizga o'tishi tezlashadi. Qonda TTG miqdori oshib, follikullardan tireoid gormonlarning qonga o'tishi tezlashadi. Agar triyodtironin va tiroksinning qondagi miqdori oshsa, rilizing-gormonning faolligi pasayadi, tiretropin miqdori ham kamayadi, natijada qalqonsimon bez gormonlarining qondagi miqdori kamayadi. Demak, qalqonsimon bez faoliyatini boshqarishda ham manfiy qaytar aloqa tamoyili katta rol o'ynaydi.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling