Referat I Topshirdi: Qabul qildi: Toshkent-2023


Boshlang‘ich- tugatish operatsiyalari bilan quyidagilar bog‘langan


Download 34.28 Kb.
bet2/10
Sana22.03.2023
Hajmi34.28 Kb.
#1286716
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amaliy buxgalteriya 2023

Boshlang‘ich- tugatish operatsiyalari bilan quyidagilar bog‘langan:
yuk ortish va tushirish stansiyalarida yuklar va vagonlar bilan ishlash bo‘yicha xarajatlar (yuklarni jo‘natish uchun qabul qilish va topshirish; vagonlar va konteynerlarni tashishga tayyorlash; vagon va tarozi uskunalarini saqlash; yopiq va izotermik vagonlarni yuvish; maxsus tashishlar uchun yuk vagonlarini moslashtirish);
stansiyalarda manyovr ishlari bo‘yicha qisman xarajatlar; shuningdek poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha xarajatlar;
manyovr lokomotivlarining ishi bo‘yicha xarajatlar; boshlang‘ich va tugatish operatsiyalari davomida yuk vagonlarining turishida ularning ta’miri va amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar;
ortish-tushirish yo‘llarini saqlash, yo‘lning ustki qismidagi materiallarni almashtirish va yo‘llarning amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlari; bino, inshootlar, qurilmalar va yuk operatsiyalari uchun inventarlarni saqlash bo‘yicha xarajatlar;
oraliq stansiyalarda vagonlarni ulash va uzish bo‘yicha poyezd lokomotivlari bilan manyovr ishlarini bajarish va ularning turib qolishi bilan bog‘liq xarajatlar;
SSB va aloqa qurilmalarini saqlash va amortizatsiyasi bo‘yicha qisman xarajatlar; boshqaruv apparatini saqlash hamda yuk ortish va tushirish stansiyalarida tarkiblarni tuzish va tarqatish bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda boshqa moddalar xarajatlari .
Yirik yuk, saralash va uchastka stansiyalarida harakat (siljish) operatsiyasi qabul qilish-jo‘natish yo‘llariga vagonlarni uzatish bilan boshlanadi va keyingi stansiyada bu yo‘llardan vagonlarni yig‘ishtirish bilan tugallanadi. Bundan tashqari harakat (siljish) operatsiyasiga poyezdlarni harakat yo‘lida tuzish va tarqatish bo‘yicha operatsiyalarning ma’lum bir qismi: tuzish yo‘liga uzatish vaqtidan va qabul qilish-jo‘natish yo‘llariga uzatilganga qadar; qabul qilish-jo‘natish yo‘llaridan yig‘ishtirish vaqtidan yuk ortish, tushirishga uzatilish vaqti boshlanganga qadar bajariladigan ishlar kiradi. Oraliq stansiyalarda harakat (siljish) operatsiyasi poyezd lokomotivlarining manyovr ishlari tugagan vaqtidan boshlanadi va keyingi stansiyada manyovrlarning boshlanish vaqti bilan tugaydi.
Harakat operatsiyasi bilan tarmoq xo‘jaliklari xarajatlarining katta qismi bog‘liq: lokomotiv, vagon, yo‘l, elektrifikatsiya va elektr ta’minot, SSB va aloqa xo‘jaligining asosiy guruh xarajatlari; o‘tib ketuvchi poyezdlarda yuklarni to‘g‘ri ortilgani va mahkamlanganligini tekshirish bo‘yicha yuk va tijorat ishlari xo‘jaligining qisman xarajatlari; tashish xo‘jaligining qisman xarajatlari – poyezdning harakatlanish yo‘lidagi stansiyalarda manyovr ishlari, poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha xarajatlar; yuk vagonlarini joriy, depo va kapital ta’miri va amortizatsiyasi bo‘yicha vagon xo‘jaligi xarajatlarining katta guruhi; yuk va tijorat ishlari xo‘jaligidan tashqari tarmoq xo‘jaliklarining ishlab chiqarish binolari va inshootlarini joriy saqlash va ta’mirlash bo‘yicha xarajatlar; AJ va uzellarning boshqaruv apparatini saqlash bo‘yicha qisman xarajatlari.

Download 34.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling