4. Temir yo‘l jamoalari ishining sifatini aniqlovchi omillar.
Bu omillar guruhi kadrlar siyosatining holati va sifati, mehnatni tashkil etish va moyillashtirish tizimini; xodimlar soni, uning malakasi, texnik asoslangan ishlab chiqarish me’yorlarini o‘z ichiga oladi.
Bu omillar guruhining ta’siri mehnat unumdorligini o‘sishi, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarning kamayishi, xodimlarning moddiy va ijtimoiy holati yaxshilanishida aks etadi. Jamoalar ishining sifati harakatlanuvchi tarkibdan foydalanishning sifat ko‘rsatkichlari orqali baholanishi mumkin, ularning miqdori alohida temir yo‘llar bo‘yicha farqlanadi.
Turli omillarni tashish tannarxiga ta’sir etishini baholashda ularning o‘zaro bog‘langanini hisobga olish lozim. Texnik jihozlanganlik va harakatlanuvchi tarkibdan foydalanishning sifat ko‘rsatkichlari o‘rtasida korrelyatsion bog‘liqlik mavjud va hokazo. Shu sababdan temir yo‘l xarajatlariga alohida omillarni ta’sirini baholashga majmuaviy yondashish zarur.
Investitsion resurslar cheklangan va temir yo‘llarning asosiy vositalarini yuqori darajada eskirishi sharoitida dolzarb va kuchli iqtisodiy muammo ekspluatatsion xarajatlarni temir yo‘llarning asosiy fondlari bilan aloqasini, ularni xarajatlarning alohida moddalariga o‘zaro ta’siri darajasini, ayniqsa asosiy fondlarning faol guruhi bo‘yicha o‘rganish hisoblanadi.
Temir yo‘llarning ekspluatatsion xarajatlari va tashish tannarxiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri tashish hajmi hisoblanadi.
Xarajatlar va tashish tannarxini ish hajmiga bog‘liqlik darajasi bog‘liq va shartli-doimiy xarajatlarning solishtirma ulushi nisbati bilan aniqlanadi.
Xarajatlarni bu guruhlarga bo‘linishi shartli ravishda, chunki haqiqatda barcha xarajatlar ish hajmiga bog‘liq bo‘ladi, va uzoq vaqt davomiyligida va har qanday sharoitda o‘zgarmasdan qolmaydigan xarajatlar bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa ham ba’zi xarajatlar u yoki bu darajada ish hajmiga proporsional o‘zgaradi, boshqalarning o‘zgarishi esa juda sekin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |