Referat ishi. Mavzu: Zilzila va vulqon. Reja


Maydonli turkumidagi vulqonlar


Download 240.34 Kb.
bet2/4
Sana28.03.2023
Hajmi240.34 Kb.
#1302347
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Uteniyozov A -11 tema

Maydonli turkumidagi vulqonlar. Hozirgi vaqtda bunday vulqonlar uchramaydi yoki ular mavjud emas. Bunday vulqonlar yer po‘sti, hali unchalik qalin bo‘lmagan vaqtlarida vujudga kelgan. Maydonli vulqonlar arxey va proterozoy yeralarida yerning protopusti rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Darzlik turkumidagi vulqonlari. Ular Yer yuzasiga yirik yer yoriqlari bo‘ylab otilib chiqib. Vulqon apparati ochilib qolgan yoriq shaklida bo‘ladi. Darzliklardan chiqadigan asosiy magma - bazalt mahsulotlari suyuq bo‘lib, Yer betiga bir tekisda uyilib, bora - bora qalqonsimon shaklni oladi.
Hozirgi vaqtda darzlik vulkanizmi Islandiyada (Laki vulqoni), Kamchatkada (Tolbachi vulqoni), Yangi Zelendiyaning Bipa orolida rivojlangan.
Markaziy turkumdagi vulqonlar. Bu effuziv magmatizmning eng keng tarqalgan turkumidir. Markaziy vulqonlar doimo bir kanaldan otilib turadi. Ular konus shaklida, yonbag‘ri 30-400 li qiyalikka ega bo‘ladi. Markaziy vulqon kraterlarining diametri ko‘pincha 500 - 2000 metr bo‘lib, ba’zan 25 - 75 km.gacha (Afrikada), chuqurligi esa bir necha 100 metrga boradi. Hozirgi vaqtda Yer sharida rivojlangan, harakatdagi va so‘ngan vulqonlarning ko‘pchiligi markaziy turkumdagi vulqonlardir.
Vulqon mahsulotlari. Vulqonning qattiq mahsulotlari - chaqiq jinslari qattiq mahsulotlarni tashkil etadi. Chaqiq jinslarga; shisha zarrachalari – tuffitlar, mayda qumlar (tuf- qumtosh), yong‘oqdek keladigan shag‘al va lapillalar - vulqon brekchiyasi, vulqon shag‘allari - vulqon konglomerati, vulqon bombalari kabi jinslar kiradi.
Suyuq vulqon mahsulotlariga turli tarkibli lavalar kiradi. Lavaning kimyoviy tarkibi asosan kremnezem, alyuminiy, temir, kalsiy, magniy, natriy, kaliy oksididan iborat.
Lavalarning kimyoviy tarkibiga asoslangan holda Gavay, Stromboli, Vezuviy, Mon-Pele, Krakatau va boshqa xil vulqonlar ajratilgan. Gavay orollaridagi Mauna-Loa va Kilauea vulqonlar tipik qalsonsimon vulqonlardir. Ular sekin otiladilar, halokatli darajada portlashlar ro‘y bermaydi, vulqon yon bag‘rilarining oqish burchagi 5° dan oshmaydi, lavalari tarkibida gazlar miqdori uncha ko‘p bo‘lmay, portlagandan so‘ng bazaltli jinslar vujudga keladi. Mauna-Loa vulqoni dengiz yuzasidan 4168 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, Tinch okeanning 5000 metr chuqurligidan ko‘tarilgan. Demak, bu vulqonning umumiy balandligi 9168 metr. Mauna-Loa vulqoni 1832-yilda paydo bo‘lgan va taxminan 40 marotaba uyg‘onib harakatga kelgan.
Stromboli vulqoni «yovvosh» vulqonlar xiliga kirsa ham uning ichidan «snaryadlar» kabi otilib chiqan lavalar 1000, 2000 va hatto 3000 metr keladigan balandliklargacha ko‘tarilganligi ma’lum. Oddiy portlashlar yuz berganda esa vulqon massalarining balandliklari 200—300 metrdan oshmaydi. Shuning uchun ham otilib chiqadan massalar vulqon krateri atrofida katta maydonni egallagan amfiteatrlarni vujudga keltiradi.
Malayya arxipelagida 128 vulqon borligi ma’lum. Shulardan biri 1927-yilda paydo bulgan Anak Krakatau vulqonidir. Aslida bu vulqon 1883-yilda otilgan bo‘lib, shu vaqtgacha harakatda. Bu vulqonning balandligi 800 metr, uzunligi 9 km., kengligi 5 km., gaz va changsimon moddalari 11 km. balandlikkacha ko‘tarilib, portlash davrida esa 200 km. masofagacha eshitilgan.
Vulqon otilishdan hosil bo‘lgan shakllar xilma-xildir. Masalan: Maar tipidagi vulqon kraterining atrofi tuf yoki vulqon kulidan iborat bo‘ladi. Vulqon kraterining diametri 250 metrdan 1 km.gacha bo‘lib, uning shakli voronkaga o‘xshash, krat yeri ko‘pincha suv bilan to‘lib ko‘l hosil bo‘ladi. Gaz va bug‘ning juda ko‘p to‘planib qolishi natijasida ba’zan juda kuchli portlash yuz berib, vulqon tepasida katta botiqlik-kalderalar vujudga kelishi mumkin. Ular aylana shaklda bo‘lib, chetlari tik, ichki devorlari vertikal bo‘lishi mumkin. Ularning o‘rtasida, keyin paydo bo‘lgan yosh konuslar bo‘lishi mumkin. Kalderalarning diametri 10-15 km.gacha va undan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Keyinchalik kalderalar katta ko‘lga aylanadi.

Download 240.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling