Referat mavzu : alisher navoiyning axloqiy


“Axloq shaxsning og’ir baqolig’ libosidir va libos


Download 227.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.05.2023
Hajmi227.24 Kb.
#1433699
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
TEMIROVA NAFOSAT

“Axloq shaxsning og’ir baqolig’ libosidir va libos 
jismning sangin debosi. Shuning bilan birga 
odamni bezaydigan ham axloqdir”. 
Alisher Navoiy asarlarining umuminsoniy, axloqiy 
tarbiya g’oyasi- insonparvarlik, xalqparvarlik
adolatparvarlik, do’stlik, mehr va sadoqat, ma’rifatlilik 
kabi go’zal tuyg’ularning yuksak badiiy shaklda ifodalashi 


orqali o’zbek adabiyoti shuhratini dunyo miqyosiga olib 
chiqdi.
Mutafakkir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya va 
axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb hisoblaydi. 
Odobli, axloqli bo’lish insonga atrofdagi kishilar o’rtasida 
muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo’lishga 
yordam beradi. Alisher Navoiy o’zining umuminsoniy 
tarbiya to’g’risidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol 
inson obrazini yaratish yo’li bilan bayon etdi. Uning 
asarlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Dilorom, Qays, 
Shopur kabi ijobiy qahramonlar umuminsoniy tarbiya va 
axloq asosida tarbiyalangan kamtarin, odobli, or-nomusli 
insonlardir. Bu qahramonlar orqali yoshlarni ulardan 
ibrat olishga chorlaydi. 
Alisher Navoiy o’z asarlarida axloqiy-ta’limiy qarashlarni 
bayon etgan va bu jabhada ulkan meros qoldirgan. Uning
bir qancha asarlari, “Hayrat ul-abror”, “Farhod va 
Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlarining ayrim 
boblarini shu masalaga bag’ishlaydi. “ Hayrat ul-abror” 
(Yaxshi kishilarning hayratlanishi) asarining bir necha 
boblari odob-axloq va ta’lim-tarbiya masalasiga 
bag’ishlangan. Navoiy bu dostonning oltinchi maqolatida 
odob va kamtarlikni ulug’lab, ta’lim tarbiyaga oid 
qimmatli fikr-mulohazalarni bayon qiladi. “ Farhod va 
Shirin” dostonida shoir chin sevgi va vafo, do’stlik va 
sadoqat, mehnat va ijodkorlik, vatanparvarlik hamda 
qahramonlik g’oyalarini tarannum etadi.


Alisher Navoiyning 1500-yilda yaratgan “ Mahbub ul-
qulub “ (Ko’ngillarning sevgani) asari ijtimoiy-siyosiy 
va axloqiy-ta’limiy qarashlari bayon etilgani bilan
qiziqarlidir. Navoiy bu asarida sabr, qanoat, 
kamtarinlik (Muqbil va Mudbir), vafo, hayo, karam 
(muruvvat), saxovat, himmat, oliyjanoblik, do’stlik, 
shirinso’zlilik, odob-axloq, rostgo’ylik kabi fazilatlarni 
ulug’laydi. Bir so’z bilan aytganda, Alisher Navoiyning 
barcha asarlari zamirida mana shunday odob, axloq, 
ta’lim va tarbiya yotadi, desak, mubolag’a bo’lmaydi. 
 

Download 227.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling