Raqamli iqtisodiyotning oddiy iqtisodiyotdan farqi nimada?
Masalan, qaysidir xaridorga poyabzal kerak. Uni bozorga tushib, o‘zi tanlasa va naqd pulga sotib olsa, bu an’anaviy iqtisodiyot sanaladi. Telegramdagi biror-bir savdo boti orqali o‘ziga ma’qul tovarni tanlab, tovar egasiga pulni elektron to‘lov tizimi orqali to‘lash va tovarni yetkazib berish xizmati orqali olishga raqamli iqtisodiyot, deyiladi.
Aslida, hammamiz anchadan buyon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz. Xususan, oylik maoshimiz plastik kartaga tushadi, elektron to‘lov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet hamda boshqa mahsulot va xizmatlarga to‘lov qilamiz, elektron tarzda soliq deklaratsiyasi topshiramiz, kartadan kartaga pul uzatamiz, uyga taom buyurtma qilamiz va hokazo.
Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo‘lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellarini yaratish, ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish, degani.
Belgilari:
Yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;
Buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi;
CRM (mijozlar bilan o‘zaro munosabat tizimi) mavjudligi;
Qulayliklari:
1. To‘lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo‘lkira va boshqa resurslar tejab qolinadi).
2. Tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumot olinadi.
3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyati kengayadi.
4. Fidbek (iste’molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi.
5. Tezroq, sifatli, qulay tamoyili yorqin namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunda ko’plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot va ularni rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta’sir o’tkazmoqda ,shuningdek jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o’ynaydi. Ushbu maqolada siz raqamli iqtisodiyot haqida “Raqamli iqtisodiyot nima?”, “Raqamli iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari”, “Raqamli iqtisodiyotni O’zbekistonda rivojlanishdagi to’siqlar” kabi savollarga javob topishingiz mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |