Referat Mavzu : Galliy guruhchasi elementlari Guruh : 2-21 myamt bosqich


Download 107.5 Kb.
bet5/6
Sana04.02.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1158850
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Alyuminiy olinishi va xossalari.

Alyuminiy. Tartib nomeri 13, atom massasi 26,9815. Barkaror izotopining massa soni 27. Elektron konfigurasiyasi KL3s23p1.
Alyuminiyli achchik tosh kadim zamonlardan beri bizga ma'lum; lekin metall xolidagi alyuminiyni dastlab Erstedt va Vyoler 1821-1827 yillarda olishga muvaffak buldilar. Alyuminiy suzi "achchiktosh"ning lotincha nomidan kelib chikkan.
Alyuminiy tabiatda tarkalganligi jixatidan barcha metallar ichida birinchi urinda turadi. U Yer pustlogining 8.8% ini tashqil etadi.
U tabiatda faqat birikmalar xolida uchraydi.
Alyuminiyning olinishi: Erstedt va Vyoler alyuminiy xloridga metall xolidagi kaliy ta'sir ettirib alyuminiy olganlar:
AlCl3 + 3K --> Al + 3KCl

  1. Alyuminiy birikmalari, olinishi xossalari.

Alyuminiy olish uchun 1886 yilda Geru va Xoll topgan elektroliz usulidan foydalaniladi. Bu metod nazariyasi P.T.Fedotyev tomonidan taklif etilgan. Bunda xom-ashyo sifatida boksit (Al2O3nH2O)dan foydalaniladi. Avval boksiddan alyuminiy oksid olinadi, sungra alyuminiy oksidning suyuklantirilgan kriolitdagi eritmasi elektroliz qilinadi. Suyuk aralashmada 6-8% Al2O3, 92-94% Na3AlF6 buladi. Suyuklangan kriolitdan foydalanishning sababi shundaki, Al2O3 bilan Na3AlF6 962°S da suyuklanadigan evtektik kotishma xosil qiladi: bu evtektik kotishma tarkibida 10% Al2O3 buladi. Shu sababli elektrolizni pastrok xaroratda olib borish mumkin. Elektrolitning suyuklanish xaroratsini yanada pasaytirish maksadida unga turli ftoridlar qushiladi. Elektroliz prosessi 900°S atrofida olib boriladi. Anod sifatida grafit tayokchalar va katod sifatida esa presslangan kumir yoki grafit ishlatiladi. Suyuk aralashmadagi alyuminiy oksid Al+3 va O2- ionlariga parchalanadi.
Al2O3 = 2Al+3 + 3O2-
Tok berilganida Al3Q ionlari katodda zaryadsizlanadi:
2Al3+ + 6e- --> 2Al
O2- ionlari esa anodda zaryadsizlanadi
3O2- --> 1 O2 + 6
Anodda ajralgan kislorod kumir bilan reaksiyaga kirishib CO va CO2 xosil qiladi.
Elektrolizer tubiga suyuk xomaki alyuminiydan anod urnida, toza alyuminiydan esa katod sifatida foydalanib, tarkibida 99.99% Al bulgan toza maxsulot olinadi.
Alyuminiy - kumushsimon ok yengil metall. U 658.6°S da suyuklanadi, 2447°S da qaynaydi; Uning issiklik utkazuvchanligi misning issiklik utkazuvchanligining kariyb 50% ini, elektr utkazuvchanligining 65% ini tashqil qiladi. Alyuminiy nixoyatda plastik modda, sovukda xam, issikda xam alyuminiyga mexanik ishlov berish kulay. Undan yupka varaka va ingichka simlar tayyorlash mumkin.
Alyuminiy kimyoviy jixatdan juda aktiv metall: u kislorod bilan birikish kobiliyati nixoyatda kuchli bulganligi sababli, uning sirti uzluksiz zich parda bilan koplanadi: bu parda metallga juda maxkam yopishgan bulib, alyuminiyni xavoda, suv ta'sirida kizdirganda yemirilishdan saklaydi.
Kukun xolidagi alyuminiy xavoda kizdirilganda yonadi:
4Al + 3O2 --> 2Al2O3 + 798 kkal
Ximoya pardasi kuchirilgan alyuminiy suvdan vodorodni ajratib chiqaradi. Alyuminiy deyarli barcha kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi, kons. sovuk nitrat kislotada passivlanadi.
Alyuminiy ishqorlarda erib alyuminatlarga aylanadi: bunda reaksiya natijasida vodorod ajralib chikadi:
2Al + 2NaOH + 6H2O --> 2Na[Al(OH)4] + 3H2
Kislotalarda eriganda xam vodorod ajralib chikadi:
2Al + HCl --> 2AlCl3 + 3H2
Alyuminiy odatdagi xaroratda galogenlar bilan birikib alyuminiy gologenidlarni xosil qiladi. Masalan alyuminiy kukunining yod bilan aralashmasiga bir tomchi suv qushilganda issiklik va yoruglik chikadigan kuyidagi reaksiya sodir buladi.
2Al + 3J2 --> 2AlJ3


  1. Download 107.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling