Referat Mavzu : Galliy guruhchasi elementlari Guruh : 2-21 myamt bosqich
Download 107.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Borning birikmalari, olinishi, xossalari.
Bor, olinishi, xossalari.
Bu gruppa elementlari V-AL-Ga-In-TL ushbu katorda ion radiuslari kattalashadi, metallik xossalari esa kuchayib boradi, shu sababli ularning asosli xossalari xam shu kator buyicha kuchayib boradi. Lekin bu xossaning kuchayishi juda sustlik bilan sodir buladi:chunki, AL(OH)3-amfoter modda, Ga(OH)3 xam amfoter, In(OH)3 da ozgina asosli xossa namoyon buladi, lekin baribir u xam amfoter modda: TL(OH)3 da amfoterlik xossa nixoyatda kuchsiz ifodalangan. III gruppaning r-elementlarining bunday xossalarga ega bulishi ularning atom va ionlari tuzilishiga boglik. B, AL, Ga, In, Tl element atomlarining sirtki qavat tuzilishi bir-birinikiga uxshaydi; Xammasida xam s2p-elektronlar bor. B+3, AL+3 ionlarining tuzilishi inert gaz atomlari tuzilishiga uxshaydi. Bu ikkala ionning sirtki qavatida sakkiztadan elektron bor; lekin Ga+3, In+3 va TL+3 ionlarining sirtki qavatida 18 tadan elektron bor; bu 18 elektronning 10 tasi d-elektron, 6 tasi r-elektron va ikkitasi s-elektronlardir. Yana shuni aytib utish kerakki, bu gruppaning r-elementlari ichida talliy aloxida vaziyatni egallaydi. Uning TlOH tarkibli gidroksidi kuchli asos. Bu yerda talliyning oksidlanish darajasi +1 ga teng bulishining sababi shundaki, atom radiusi ortgan sari s-elektronlar bilan r-elektronlar orasida energetikaviy ayirma kuchaya boradi. Shunga kura,talliyning p-elektroni birinchi navbatda valent elektronga aylanib ketadi. Ammo indiyda xam galliyda xam bu xodisa sodir bulmaydi. Shuning uchun galliy ioni kuchli kaytaruvchi bulgani xolda, Tl+3 ioni kuchli oksidlovchidir. TlOH tarkibli gidroksidning kuchli asos bulishining sababi esa Tl+ ionining katta radiusli va kichik zaryadli ekanligidan kelib chikadi. Borning birikmalari, olinishi, xossalari. Bor. Tartib rakami 5 Atom ogirligi 10,811 tabiiy barkaror izotoplarining massa sonlari 10 (tabiatdagi V ning 18.45%) va 11 (tabiatdagi borning 85%). Elektron konfigurasiyasi K2s22r1. Borni dastlab Gey-Lyussak va Tenar 1808 yilda olishga muvaffak buldilar. Toza borning uchta kristall shakl-uzgarishi ma'lum: tetragonal sistemadagi borning solishtirma ogirligi. d=2.31 g/sm3: rombik borning sol.og. 2.35 g/sm: kristall bor 2300°S da suyuklanadi, 2550°S da qaynaydi. Bor yarim utkazgich bulib, uning uy xaroratsidagi elektr karshiligi juda katta; borning elektrga karshiligi xarorat oshganda kamayadi. Bor diamagnit modda. U ba'zan amorf xolatda xosil buladi. Amorf borni metallarda eri tib, kristall bor olinadi. Qattiqlik jixatidan bor olmosdan keyingi birinchi urinni egallaydi. Bor tarkok element. Bor ogirlik jixatidan Yer pustlogining 310-4% ini tashqil qiladi. Uning tabiatda uchraydigan asosiy minerallari borat kislota H3VO3 va uning tuzi bura Na2V4O410H2O dir. Toza bor BBr3 ni kvars nayda 800°-1000°S da vodorod bilan kaytarish orqali yoki bor galogenidlarni volfram yoki tantalda 1300°S da parchalash yuli bilan olinadi. Bor oksidi natriy yoki magniy metallari bilan kaytarilganida kungir tusli "amorf bor" olinadi: 3Mg + B2O2 --> 3MgO + 2B + 102 kkal Boratlarni elektroliz qilish usuli bilan xam bor olinadi. Bor odatdagi sharoitda faqat ftor bilan, qattiq kizdirilganda kislorod, azot, oltingugurt va boshka metalmaslar bilan birikadi. Suyultirilgan kislotalarda bor erimaydi. Bor 1300-2000°S da inert gaz atmosferasida kupchilik (ishqoriy metallardan tashkari) metallar bilan boridlar beradi. Boridlarning umumiy formulasi MexBu. Boridlarda metalli boglanish kovalent boglanish bilan murakkablashgan buladi. Shu sababli, bir metallning bir necha boridi bulishi mumkin. Ogir metallarning boridlarida kimyoviy boglanishda faqat valent elektronlar emas, metall atomining d-orbitallaridagi elektronlar xam ishtirok etadi. Buning natijasida juda mustaxkam kimyoviy boglanish vujudga keladi. Shunga kura, boridlar juda qattiq va kiyin suyuklanuvchan moddalardir. Bor gidridlari tarkibi BnHn+4 va BnHn+6 formulalar bilan ifodalanadi. Masalan: diboran V2H6, tetraboran V4H10; pentaboran V5H9, V5H14; dekaboran V10H14 va xakazo. Diboran BBr3 ni past bosimda vodorod bilan kaytarish orqali olinadi: 2BBr3 + 6H2 --> B2H6 + 6HBr Magniy boridni suyultirilgan HCl da eritib tetraboran olinadi. BH3 tarkibli boran olinan emas. Bor gidridlarida kovalent boglanish bilan bir katorda vodorod boglanish xam buladi. Masalan: Diboran ammiak bilan birikib B2H62NH3 tarkibli birikma xosil qiladi. Maxsulot 200°S gacha kizdirilganda borazol B3N3H6 "anorganik bengol" xosil buladi Borazolning tuzilish formulasi benzolni tuzilish formulasini eslatadi: Yukori xaroratda bor galogenlar bilan birikib bor galogenidlarni xosil qiladi. BF3 – 128,7oS da muzlaydi; 99,9oS da qaynaydi; d=1,58 g/sm3 (suyuk xolatda) BCl3 – 107,3oS da muzlaydi; +13oS da qaynaydi; d=1,35 g/sm3 BBr3 – 47,5oS da muzlaydi; +91,2oS da qaynaydi; d=2,65 g/sm3 BJ3 – 49,5oS da suyuklanadi; +210oS da qaynaydi; d=3,35 g/sm3 Bor galogenidlar juda yaxshi gidrolizlanadi. Bor ftorid uziga ftor ionini qushib olib bor tetra ftorid ioniga aylanadi: BF3 + F- --> [BF4]- Vodorod bor tetraftorid kislota H[BF4] flyuorit kislota HF ga qaraganda kuchlirok kislotadir. Bor xlorid BCl3 va bor bromid BBr3 rangsiz suyuklikdir. Bor yodid BI3 rangsiz gidroskopik kristallar xosil qiladi. Bor yodid CCJ4 da, CS2 da va benzolda eriydi. Bor oksid V2O3 - borat kislotani suvsizlash natijasida xosil buladi. U rangsiz shishasimion modda bulib, 209°S da yumshaydi. Bor oksid borat kislotaning angidrididir. Borat kislota H3VO3 rangsiz, yaprokchalar shaklida kristallanadi. Borat kislotaning suvda eruvchanligi xarorat ortishi bilan ortadi, u nixoyatda kuchsiz kislotadir. Borat kislota suvsizlantirilganda avval metaborat kislota HVO2, sungra tetraborat kislota H2V4O7 va nixoyat bor oksid V2O3 xosil qiladi. Borat kislotaga ishqorlar ta'sir etganida ortaborat kislota tuzlari olinadi: 2NaOH + 4H3BO3 --> Na2B4O7 + 7H2O Borat kislota konsentrlangan H2SO4 ishtirokida spirtlar bilan reaksiyaga kirishib uchuvchan efirlar xosil qiladi: H3BO3 + 3CH3OH --> 3H2O + B(OCH3)3 Bu reaksiyada borat kislotaning trimetil efiri xosil buladi. Borat kislotaning efirlari yashil rangli alanga bilan yonadi. Bu reaksiyadan analitik kimyoda bor elementi bor yoki yukligini aniklashda foydalaniladi. Borat kislota shisha sanoatida emallar tayyorlashda, kishlok xujaligida va medisinada qullaniladi. Bura metallarni payvandlashda, emal va sirlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Download 107.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling