Referat mavzu : jamg‘arma va investitsiyalar funksiyalari bajardi: Safarov s tekshirdi


Download 21.05 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi21.05 Kb.
#1408561
TuriReferat
Bog'liq
JAMG‘ARMA VA INVESTITSIYALAR FUNKSIYALARI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

REFERAT
MAVZU : JAMG‘ARMA VA INVESTITSIYALAR FUNKSIYALARI


Bajardi: Safarov S
Tekshirdi: ________________

Toshkent 2022

MAVZU : JAMG‘ARMA VA INVESTITSIYALAR FUNKSIYALARI


1. Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi

2. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi

3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar

4. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash muammolari

Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.



Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
SHaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi.
Iste’mol jarayonida turli xil moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalaniladi. Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog‘liq ravishda moddiy hamda nomoddiy ne’mat va xizmatlarni iste’mol qilish farqlanadi.
YAkka tartibdagi yoki jamoa bo‘lib iste’mol qilish ham farqlanadi. Alohida shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi iste’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda foydalanishi jamoa bo‘lib iste’mol qilishga kiradi.
Milliy daromadning jamiyat a’zolaring moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi iste’mol fondi deb ataladi. Iste’mol fondi butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni o‘z ichiga oladi.
Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo‘liga kelib tushadigan qismi iste’mol sarflari maqsadida ishlatiladi. Iste’mol sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Aholi o‘z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) iste’mol hamda kelgusidagi iste’mol hajmini oshirish o‘rtasida tanlovni amalga oshiradi.
Kelgusida iste’mol hajmini oshirish imkoniyati joriy davrdagi jamg‘armaga ham bog‘liq bo‘ladi. Jamg‘arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to‘planib borishi. Uning hajmi barcha xo‘jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag‘larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yo‘naltirilishini bildiradi.
SHunga ko‘ra, jamg‘arma – bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste’molni anglatadi. SHu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg‘arma joriy iste’molning chegirilgan qismidir, chunki jamg‘arma aholi va korxonalar ixtiyordagi daromadning iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi:
,
bu erda:
Y – barcha xo‘jaliklar ixtiyoridagi daromad;
C – iste’mol miqdori;
S – jamg‘arma miqdori.
SHu sababli daromad tarkibidagi iste’mol sarflari va jamg‘arma nisbatining o‘zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg‘armaga qo‘yish oqibatida u tovarlarda bo‘lgan talabda o‘z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishdan olingan daromad to‘liq sarflangandagina jami talabni ta’minlash uchun etarli bo‘ladi. Demak, jamg‘arma «daromadlar-xarajatlar» oqimida nomutanosiblik paydo bo‘lishiga olib keladi.
Jamg‘arma, yuqorida ta’kidlanganidek, daromadlarning ma’lum bir qismini iste’mol qilishdan chegirib qo‘yishni bildirib, natijada iste’mol sarflari hajmi barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotib olish uchun etarli bo‘lmay qoladi. Aholi daromadining jamg‘arilgan qismi o‘zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasida sotilmay qolgan tovarlarning ko‘payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi ro‘y berishi mumkin.
Ikkinchi tomondan, jamg‘arma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg‘arilgan mablag‘lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu jamg‘arma keltirib chiqaradigan iste’mol sarflaridagi har qanday etishmaslikni to‘ldiradi.
Uchinchidan, korxonalar ham o‘zining barcha mahsulotini pirovard iste’molchilarga sotishni ko‘zda tutmaydi, balki uning bir qismidan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishi mumkin. SHunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg‘armalariga teng miqdordagi mablag‘larni investitsiyalarga qo‘yishni ko‘zda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo‘lib qoladi.
Iste’mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to‘g‘ri soliqlar ham mavjud bo‘ladi. SHu sababli soliqlar to‘langandan keyin aholi qo‘lida qoladigan daromad iste’mol sarflari va shaxsiy jamg‘arma yig‘indisiga teng bo‘ladi. Iste’mol va shaxsiy jamg‘armaning darajasi bevosita soliqlar to‘langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Bu daromadni biz tahlil chog‘ida ixtiyordagi yoki sof daromad deb ataymiz. Demak bu daromad iste’molning ham, jamg‘armaning ham umumiy omili hisoblanadi. CHunki jamg‘arma daromadning iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‘armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‘lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste’mol miqdori va soliqlar to‘langandan keyingi daromad o‘rtasidagi farq shu yildagi jamg‘arma miqdorini aniqlaydi.
Iste’mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omilar o‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyalarni bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, kishilar o‘z mablag‘larini qo‘shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg‘armaga yo‘naltirishga harakat qiladilar. SHunga ko‘ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning jamg‘armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo‘ladi, ya’ni jamg‘arma real foiz stavkasining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Aholi daromadlari iste’mol va jamg‘arma mablag‘larining yig‘indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o‘sishi bilan iste’mol kamayib, pasayishi bilan esa ko‘payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra iste’mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi hisoblanadi.
J.M.Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog‘liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo‘jaliklarining joriy daromadlarini ko‘rsatadi. Demak, Keyns fikriga ko‘ra, iste’mol uy xo‘jaliklari joriy daromadlarining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi:
.
Iste’mol funksiyasini grafik ko‘rinishida ham tasvirlash mumkin (1-chizma). Bunda tik o‘qqa iste’mol sarflari, yotiq o‘qqa esa aholi ixtiyoridagi daromad miqdori joylashtiriladi.
Jamg‘arma tasviriy san'at, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohasidagi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etib boradi va shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Jamg‘arma O‘zbekiston madaniyatini jahon sahnasida targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.
Jamg‘armaning uzoq muddatli dasturlari qatoriga mamlakatdagi madaniyat muassasalarda inklyuziv va qulay muhitni yaratish, muzeylarni ta'mirlash, mesenatlikni rivojlantirish va muzeylar, teatrlar va boshqa muassasalar uchun yangi mutaxassislar tayyorlash kiradi.
Bundan tashqari, Jamg‘arma O‘zbekistondagi yirik me'moriy loyihalarning tashabbuskori va tashkilotchisi bo‘lib, ular, Davlat san'at muzeyini rekonstruksiya qilish, Toshkentda Zamonaviy san'at markazining tashkil topishi, Davlat bolalar kutubxonasini rekonstruktsiya qilish, shuningdek, shahzoda Romanov qarorgohini rekonstruktsiya qilish.

UZOQ MUDDATLI DASTURLAR


Inklyuziv muhit
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogiron odamlar ro‘yxatga olingan. Ularning 111000 nafari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlardir. 2019 yildan boshlab Jamg‘arma mamlakatning madaniyat muassasalarida uzoq muddatli inklyuziv dasturini ishlab chiqmoqda, mazkur loyiha madaniyat ob'ektlarni rekonstruktsiya qilish, shahar infratuzilmasini rekonstruktsiya qilish va mamlakatning madaniyat muassasalari xodimlari uchun o‘quv dasturlarini o‘z ichiga oladi.
Muzeylarni ta'mirlash
Jamg‘armaning asosiy uzoq muddatli dasturlaridan yana biri – O‘zbekistondagi muzeylarni qayta tiklashdir. Hozirda mamlaktning to‘rtta muassasasida tiklash ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, ular: O‘zbekistoln Davlat san'at muzeyi, O‘zbekiston amaliy san'at va qo‘l san'atlari tarixi davlat muzeyi, Oybek uy-muzeyi va I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san'at muzeyi. 2020 yil yanvar oyida ushbu muassasalar ichki elektron kataloglash tizimiga ega bo‘ldi, bu orqali muzeylarda o‘z xodimlarining ishini optimallashtirish va ichki arxivlarini tartibga solish imkonini beradi.
Mesenatlikni rivojlantirish
Jamg‘arma madaniyatni nodavlat moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va mesenatlik uchun huquqiy asos yaratadigan qonun loyihalarining tashabbuskori va muallifidir. Bular, "Mesenatlik to‘g‘risida"gi, "Notijorat tashkilotlarning ustav kapitali to‘g‘risida"gi qonunlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Madaniyat va san'at muassasalari vasiylik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida" qaroridir.

XALQARO KO‘RGAZMA LOYIHALARI


Venetsiya biennalesi
Zamonaviy san'at va me'morchilikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan asosiy xalqaro ko‘rgazma. Bu 70 dan ortiq mamlakatlar o‘z madaniyati va bilimlarini bir-birlari bilan baham ko‘radigan platforma hisoblanadi. 2021 yilda mazkur ko‘rgazmada ilk bor O‘zbekiston milliy paviloni namoyish etiladi. Pavilyonning buyurtmachisi - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasidir. Loyihaning kuratori 2020 yilda e'lon qilinishi rejalashtirilgan.
Luvr muzeyi
2021 yilning oktyabr oyida Jamg‘arma Yevropaning asosiy muzeyi - Luvr muzeyida keng ko‘lamli ko‘rgazma tashkil etishi rejalashtirilgan. “Ulug‘vor Markaziy Osiyo. O‘zbekistonning karvon yo‘llari” ko‘rgazmasida O‘zbekistonning 310 dona eksponatlari namoyish etiladi. Muzey loyihasiga 2,5 milliondan ortiq tomoshabinlar tashrif buyurishini taxmin qilmoqda. 2020 yilning fevral oyida qayta tiklash ishlari olib boriladi, shuningdek, loyiha doirasida Luvr mutaxassislari dunyodagi eng qadimgi va eng mashhur nusxalardan biri bo‘lgan Katta Langar - Qur'on sahifalarini tiklaydilar.
Berlindagi Jeyms Simon galereyasi
"O‘rta Osiyo merosi: Kushon sivilizasiyasi" ko‘rgazmasini 2022 yilning aprel' oyida Jeyms Simon galereyasida tashkil etish mo‘ljallangan. Jeyms Simon galereyasi G‘arbiy Yevropaning asosiy madaniy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Berlindagi Muzey orolida joylashgan. Har yili orolga 3 milliondan ortiq odam tashrif buyuradi. Ko‘rgazma O‘zbekiston tarixidagi ellinistik, Buyuk Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy)ning fath etishidan tortib Kushon imperiyasining voqealariga qadar bo‘lgan davr haqida hikoya qiladi.
Investitsiya tushunchasi.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib «qo`yish», «mablag`ni safarbar etish», «kapital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng ma`noda investitsiya mablag`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
O`zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilindi va o`tgan vaqt ichida ular ancha takomillashtirildi. Investitsiya to`g`risida O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda ko`rsatilishicha, investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag`lari, banklarga qo`yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog`ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir.Bu iqtisodiy ta`rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitida to`laligicha faoliyat ko`rsatishini aniq tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o`ziga va investitsiya faoliyatining ob`ektlariga keng ta`rif berilgan; ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog`liqligi ta`kidlab o`tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib berilgan ta`rifning o`zidayoq investitsion jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, ya`ni jamg`armalar (resurslar), qo`yilma mablag`lar (sarf-xarajatlar), samara (daromad, foyda) aniq, va ravshan ko`rsatib o`tilgan. Xuddi shu kabi yondashuv investitsion faoliyatning bozor munosabatlariga o`tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy moddiy va aqliy boyliklarni qayta taksimlashning vertikal va gorizontal usullaridan bir xilda foydalanishni ta`minlab beradi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:

Birlamchi (avaylangan) jamg`arilgan kapitalni ko`paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob`ektlariga joylashtirish;

Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o`rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.

Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida o`zimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin:


moliyaviy investitsiyalar;

moddiy investitsiyalar;

aqliy (intellektual) investitsiyalar.



Bozor iqtisodiyoti sharoitida shar bir investitsiya turining o`ziga xos o`rni bo`ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mashalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, veksel’’lar va boshqa qimmatli qog`ozlar shamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Download 21.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling