Referat Mavzu : O’zbekistonda xizmatlar soxasini rivojlantirish istiqbollari Bajardi
Download 295.42 Kb.
|
1O’zbekistonda xizmatlar soxasini rivojlantirish istiqbollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi va uning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi tahlili.
- 1-jadval O’zbekiston hududlarida ishlab chiqarilgan yalpi ichki (hududiy) mahsulot(2018 yil)
Referatning obekti: O’zbekistonda xizmat ko’rsatish soxasi
Referatning vazifasi: O’zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi va uning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi tahlili. O’zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini qo’llab-quvvatlashni takomillashtirish yo’nalishlari Bozor xizmatlari ko’rsatish sohasi tarkibi, shakllari O’zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi va uning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi tahlili. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, qo‘mita tomonidan har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotni (keyingi o‘rinlarda – YaHM) dastlabki baholash ishlari amalga oshiriladi. YaHM – milliy hisoblar tizimining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, muayyan davrda mintaqaning iqtisodiy hududida joylashgan rezident – institutsional birliklar ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi. YaHM ishlab chiqarish usulida, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi va mahsulotlarga sof soliqlar yig‘indisi orqali hisoblanadi. Olib borgan tadqiqotlarimiz asosida respublika hududlarida (viloyatlarda) ishlab chiqarilgan YaHM tarkibida xizmatlar soasining ulushini tahlil qilib chiqdik va bu orqali hududlarning xizmatlar ishlab chiqarish salohiyati hamda viloyatlarda xizmatlarga bo‘lgan talab hajmini aniqlab oldik. Xususan, o‘tgan 2018-yil mobaynida ishlab chiqarilgan YaHM ga nazar tashlaymiz: 1-jadval O’zbekiston hududlarida ishlab chiqarilgan yalpi ichki (hududiy) mahsulot(2018 yil) 1-jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, 2018-yil yakunlari bo‘yicha YaHM ko‘rsatkichlarida Toshkent shahri (108,1 %), Andijon (112,1 %) va Toshkent viloyatlarida (106,4 %) yuqori o‘sish sur‘atlari qayd etilgan. Respublika darajasiga (105,1 %) nisbatan past o‘sish sur`atlari Qashqadaryo (101,0 %), va Sirdaryo (102,1%) viloyatlarida kuzatilgan. Samarqand (99,3 %), Surxondaryo (98,9 %) viloyatlarida esa umuman o‘sish kuzatilmagan. O‘tgan yilda Respublika bo‘yicha YaIM ning shakllanishida Toshkent shahri 13,1 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent viloyati 9,4 % va Samarqand viloyati 7,7 % ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Respublika YaIM ni shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (2,0 %) va Jizzax viloyatlariga (2,9 %) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (3,5 %) to‘g‘ri kelmoqda (- rasmga qarang). Zamonaviy O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari milliy va mahalliy manfaatlarni hisobga olgan holda respublikaning har bir iqtisodiy tuman va viloyatlarining barcha resurslaridan oqilona foydalanishiga bog‘liqdir. Shuni hisobga olgan holda har bir hududning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil qilib chiqish hamda xulosalar asosida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga qaraydigan bo‘lsak, 2018-yilda hududlar o‘rtasida xizmatlar umumiy hajmida eng katta ulushni Toshkent shahri (32,9 %), Toshkent (7,5 %), Samarqand (6,7 %), Farg'ona (6,2 %) va Andijon (5,4%) viloyatlari egallaydi. Ma‘lumki, respublikamizda xizmatlar asosan 13 ta katta guruhga bo‘linadi, bular: aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, transport xizmatlari, yashash va ovqatlanish xizmatlari, savdo xizmatlari, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar, ta‘lim sohasidagi xizmatlar, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar, ijara xizmatlari, kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta‘mirlash bo‘yicha xizmatlar, shaxsiy xizmatlar, me‘morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hamda boshqa xizmatlar. Download 295.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling