Referat mavzu : Qabul qildi : Andijon 2023 yil. Reja
LUG'ATNI QATORLARGA BO'LIB YOZISH
Download 0.79 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KeyError: hasan Lugatda hasan kalit sozi bolmagani uchun, yuqoridagi kod KeyError
- "Tom" , 2: "Bob" , 3: "Bill"
- "Tom" , "2" : True
LUG'ATNI QATORLARGA BO'LIB YOZISH
Uzung lug'atlarni bir necha qatorga bo'lib yozishimiz ham mumkin. Keling quyidagi misolni ko'ramiz, siz do'stlaringizdan ular qanday telefon ishlatishini so'radingiz va javoblarni bitta lug'atga joylamoqchisiz: telefonlar = { 'ali':'iphone x', 'vali':'galaxy s9', 'olim':'mi 10 pro', 'orif':'nokia 3310' } Demak, lug'atni qatorga bo'lib yozish uchun katta qavs ochamiz, yangi qatordan joy tashlab, birinchi klit so'z va qiymatni kiritamiz, qator oxirida vergul qo'yib, yangi qatordan keyingi juftlikni yozamiz va hokazo. Oxirgi juftlikdan so'ng vergul qo'ymasdan qator tashlab, katta qavsni yopamiz. Lug'atlarning ishlatilish doirasi juda keng va sizning yondoshuvingizga bog'liq xolos. Yuqoridagi lug'atga ham e'tibor qilsangiz, biz bir narsa (shaxs, avto) haqida ko'p ma'lumotlarni emas, ko'pchilik haqida bir hil ma'lumotlarni saqladik. get() METODI Biz shu vaqtgacha lug'atdagi qiymatlarni ko'rish uchun to'g'ridan-to'g'ri kalit so'z orqali murojat qilayotgan edik. Bu usulning kamchiligi shundaki, agar lug'atda siz so'ragan kalit topilmasa, dastur KeyError xatoligi bilan to'xtab qoladi. phone = telefonlar['ali'] print(f"Alining telefoni {phone}") Natija: Alining telefoni iphone x phone = telefonlar['hasan'] print(f"Hasanning telefoni {phone}") Natija: KeyError: 'hasan' Lug'atda 'hasan' kalit so'zi bo'lmagani uchun, yuqoridagi kod KeyError degan xatoni qaytardi. KeyError ham Run time error qatoriga kiradi. Biz kelgusi darslarimizda Pythondagi xatolarni dastur bajarilishi jarayonida "tutib olishni" o'rganamiz. Hozircha esa get() metodi yordamida lug'atga murojat qilish va mavjud bolmagan kalitning o'rniga biror xabar qaytarishni ko'raylik. phone = telefonlar.get('hasan','Bunday ism mavjud emas') Yuqorida, lug'at nomidan so'ng .get() metodini yozdik, va argumentlar sifatida kalit so'z ('hasan') va kalit mavjud bo'lmaganda chiqadigan xabarni yozdik ('Bunday ism mavjud emas'). print(phone) Natija: Bunday ism mavjud emas Agar .get() metodida ikkinchi argumentni tashlab ketsangiz, va kalit mavjud bo'lmasa .get() metodi None degan qiymatni qaytaradi. None - qiymat mavjud emas degan ma'noni beradi. phone = telefonlar.get('hasan') print(phone) Python dasturlash tilida ro’yxatlar va kortejlar bilan bir qatorda lug’atlar (dictinary) deb nomlanuvchi berilganlarning ichki tuzilmasi mavjud. Lug’atlar hamxuddi ro’yxatlar kabi elementlar to’plamini saqlaydi. Lug’atdagi har bir element unikal kalitga ega bo’ladi va unga biror bir qiymat bog’lanadi. Lug’at quyidagicha sistaksis bo’yicha aniqlanadi: dictionary = { kalit1:qiymat1, kalit2:qiymat2, } Quyida lug’atlarga misol keltirilgan:
Bu erda users ro’yxatida kalit sifatida son, qiymat sifatida satr qo’llanilgan. element ro’yxatida esa qiymat sifatida ham kalit sifatida ham satr ishlatilgan. Lekin kalitlar va qiymatlar bir turga mansub bo’lishi shart emas. Ular har xilturdagi qiymatlar bo’lishi mumkin:
Bundan tashqari bo’sh lug’atlarni ham yaratish mumkin:
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling